«Yovuzlik makoni 2»: hali taqdim etilmagan Resident Evil 2 o‘yinining 20 daqiqalik geympleyini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1646
  •  06.12.2018 17:12

«Yovuzlik makoni 2»: hali taqdim etilmagan Resident Evil 2 o‘yinining 20 daqiqalik geympleyini tomosha qiling!

Keyingi yillarda o‘yinlar sanoati ancha rivojlanib, bu borada ham raqobat kuchaygan. Turli o‘yin konsollari, kompyuter va mobil qurilmalar uchun o‘yinlar taqdim etuvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarining ommabopligini oshirish yo‘lida jon kuydirishyapti.

O‘QING: Samsung eng zo‘r Fortnite o‘yinchilariga Galaxy Note 9 hadya etyapti! (+video)

Jumladan, Resident Evil («Yovuzlik makoni») o‘yinining ikkinchi avlodi taqdim etilishiga bir oycha vaqt bor. Ammo uning ishlab chiquvchisi – Capcom kompaniyasi yopiq tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun mazkur o‘yinning «jonli» geympleyini namoyish qildi.

Tadbirda qatnashgan Arekkz nikli bloger Resident Evil 2 o‘yinining 20 daqiqalik geympleyini yozib oldi. Uni quyidagi videolavhada tomosha qilish mumkin:

Yangilangan «Yovuzlik makoni» avvalgi – original o‘yinning davomi, ikkinchi qismidek o‘ynaladi. Resident Evil 2 kelasi yilning 25 yanvarida PS4, XONE va kompyuterlar uchun rasman taqdim etiladi.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.