Yozda chiqayotgan Galaxy Z Flip 3 birinchi «jonli» va sifatli suratlarda!

  •   DiMaX
  •  1442
  •  03.05.2021 16:54

Yozda chiqayotgan Galaxy Z Flip 3 birinchi «jonli» va sifatli suratlarda!

Samsung yaqinda o‘zining Galaxy Z Flip buklamafonini Trade-in dasturi doirasida atigi 200 dollardan sotayotgani haqida yozgan edik. Ushbu saxiylik sabablaridan biri shundaki, kompaniya tez orada ushbu turkumning yangi vakili – Galaxy Z Flip 3 modelini taqdim etadi.

O‘QING: Galaxy S21 FE allaqachon surati bilan Samsung rasmiy saytiga chiqdi!

 Samsung Galaxy Z Flip 3 smartfoni «raskladushka» form-faktoriga ega bo‘lib, kuni kecha uning render suratlari tarqaldi:

Aytish kerakki, yuqoridagi rasmlar insayderlik ma’lumotlari asosida italiyalik grafik dizayner Juzeppe Spinelli (Giuseppe Spinelli) tomonidan ishlangan.

O‘QING: Yevropaliklar eng ko‘p qaysi brendlar smartfonlarini olishyapti?

Shu bilan birga, Galaxy Z Flip 3 modelining «jonli» suratlari ham sizib chiqdi. Aniqrog‘i, ular – mazkur buklamafonning reklama videosidan olingan skrinshotlardir.

Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, Samsung ushbu «raskladushka»sining korpusini ikki xil rangda chiqaradi. Korpusning vertikal qo‘shaloq kamera joylashgan yuqori qismi hamda tashqi displey qora tusda, smartfonning pastki qismi esa turli ranglarda taqdim etiladi.

Samsung Galaxy Z Flip 3 qo‘shimcha ekranining ekrani biroz kattaygan, Gorilla Glass Victus himoya shishasi korpusning tashqi yuzasini shikastlardan saqlaydi. Insayderlar bu buklamafonning asosiy displeyi 6,9 dyuymlik hamda old kamera uchun mitti tirqishli bo‘lishini aytishyapti.

O‘QING: Galaxy S21 flagmanlari tannarxi hatto Galaxy S20’larnikidan ham past ekan: nimalarda tejashgan?

Joriy yilning yanvarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Galaxy Z Flip 3 narxi oldingi avlod «raskladushka»dan atigi 50 dollarga qimmat, ya’ni 1499 dollar bo‘ladi. Uni kompaniyaning yana bir buklamafoni – Galaxy Fold 3 bilan birga iyulda namoyish qilishlari kutilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, Galaxy Z Flip 3 flagman bo‘lmagan protsessor bazasida ishlaydi va 3300 mA/soatlik batareyaga ega. Samsung uni ikki xil – 4G LTE hamda 5G-versiyalarda chiqaradi.

O‘QING: Snapdragon 750G chipi va 5,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy M42 5G smartfoni taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!