YOZGI TA’TILNI FOYDALI O‘TKAZISH UCHUN ZO‘R IMKONIYAT

  •   DiMaX
  •  1535
  •  23.05.2019 15:00

YOZGI TA’TILNI FOYDALI O‘TKAZISH UCHUN ZO‘R IMKONIYAT

Kompyuterda, telefonda yoki planshetda o‘yin o‘ynashni va 3D-multfilmlarini tomosha qilishni yoqtirishingiz shubhasiz. Ularning qanday yaratilishini bilasizmi? Buning uchun dasturlar, ya’ni kompyuterga qahramonlarning ekran bo‘ylab harakatlanishini buyuruvchi buyruqlar to‘plami kerak bo‘ladi.

Endi esa – eng muhimi: bunday dasturlarni siz o‘zingiz yaratishingiz mumkin! O‘z qahramonlaringiz ishtirok etuvchi o‘yinlarni o‘ylab topish, multfilmlarni chizish – xohlagan narsangizni qilishingiz mumkin. Ushbu maqsadda bolalar uchun maxsus Scratch dasturlash muhiti yaratilgan. Dasturlarni yig‘ish qulay bo‘lishi uchun, undagi barcha buyruqlar rangli blokli belgilar ko‘rinishida tasvirlangan. Bu xuddi «Lego» konstruktoriga o‘xshashdir. Shunchaki kubikchalarni olasiz va murakkab dastur yoki o‘yinni bir joyda yig‘asiz.

Scratch — bu bolalar uchun oddiy, tushunarli va nihoyatda qiziqarli dasturlash tilidir. Unda yodda tutish va xatosiz yozish lozim bo‘lgan kodlarni shunchaki uchratmaysiz. Sizdan talab etiladigani — bu faqat o‘qish va hisoblashni bilishdir. «Lego» konstruktori bilan bo‘lgani kabi, Scratch yordamida turli rangdagi «g‘ishtchalar» — bloklardan dasturlarni yig‘ish mumkin. Dasturda har qanday o‘zgartirishlarni istalgan paytda amalga oshirish va buning dastur ishlashiga qanday ta’sir etganini darhol ko‘rish mumkin. Batafsil tushuntirishlar, qadamma-qadam ko‘rib chiqilgan misollar va ko‘plab mashqlar Scratch’ni qiyinchiliksiz o‘rganishda yordam beradi.

O‘quv kursi 8 yoshdan boshlab bolalar (va ularning ota-onalari), shuningdek dasturlashni noldan o‘rganish istagini bildirgan barcha uchun to‘g‘ri keladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun farzandlaringizni dasturlash bo‘yicha o‘quv kurslariga taklif etadi!

Bolalar uchun vizual dasturlash (Scratch) o‘quv kursida farzandlaringiz turli xil multfilmlar, o‘yinlar, musiqali roliklar, «jonli» rasmlar yaratish orqali dasturlash asoslari va mantig‘i bilan tanishadi.

O‘quv kursining umumiy davomiyligi 1 oy bo‘lib, haftasiga 3 marotaba 2 soatdan o‘zbek va rus guruhlarida olib boriladi. O‘quv kurslari mos tarzda iyun, iyul va avgust oylarida tashkil etiladi.

Bundan tashqari web-dasturlash asoslari (HTML5, CSS3) va web-dasturlashning Backend qismi bo‘lgan  PHP dasturlash asoslari kurslari orqali siz real loyihalar asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tishingiz mumkin.

Dasturlashning g‘aroyib olamiga birgalikda yo‘l olamiz!

O‘quv kurslariga qatnash uchun rasmiy web-saytimizda yoki +998712386524 telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Telegram: @uicit

Web-sayt: uicit.uz

Reklama huquqi asosida

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!