YPX xodimining smartfoni bodi-kamera bo‘la oladimi?

  •   DiMaX
  •  2890
  •  03.01.2020 09:23

YPX xodimining smartfoni bodi-kamera bo‘la oladimi?

Xabaringiz borki, 2020 yilning 1 yanvaridan yurtimizdagi yo‘l-patrul xizmati xodimlari bodi-kamera, ya’ni mobil kameradan foydalangan holda xizmat o‘tashni boshladilar. Shu munosabat bilan, Ichki ishlar vazirligi YHXBB Axborot xizmati mobil kameralardan foydalanish tartibi bo‘yicha ayrim savollarga javob bergan.

O‘QING: Bodi-kameralar bo‘yicha shubhali tender: unda yutib chiqqan kompaniyaning AQShdagi dala hovliga qanday aloqasi bor?

Murojaatda yo‘l harakati qatnashchilariga shuni eslatib o‘tadiki, YPX xodimi Sizni to‘xtatib muloqotga kirishganda, mazkur muloqot mobil kameraga yozib olinadi. Kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsangiz, aybingizni isbotlash uchun videoyozuvdan foydalanilishi mumkin.

Xodimlar tomonidan foydalanilayotgan mobil kameralar, xodimning yo‘l harakati ishtirokchilari bilan o‘zaro muloqotini tasvirga olib, ushbu muloqotning samimiy, xushmuomalalik asosida bo‘lishiga hamda ziddiyatli va noxush vaziyatlarning, shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrim hollarda esa xodimning xatti-harakatlari ustidan ariza va shikoyatlar bildirilganida, ushbu videoyozuvlar holatga oydinlik kiritishga yordam beradi.

O‘QING: Haydovchilar, diqqat qiling: mobil kamera nigohidasiz!

Shu o‘rinda fuqarolardan kelayotgan ayrim savollarga to‘xtalib o‘tilgan:

- mobil kameradan YPX xodimning yo‘l harakati qatnashchisi bilan muloqotini tasvirga olish uchun foydalaniladi;

- YPX xodimi haydovchiga, uning sodir etgan qoidabuzarligi videotasvirini ko‘rsatib berishga majbur emas;

- barcha xizmatga jalb etilayotgan xodimlar mobil kameradan foydalangan holda xizmat o‘taydilar. YPX xodimining mobil kamerasiz xizmat o‘tashiga yo‘l qo‘yilmaydi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 18-bandiga asosan, yo‘l harakati qatnashchilari xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egalar.

Ko‘rinib turibdiki, amalga oshirilayotgan bu sa’y-harakatlarning barchasi birinchi navbatda Siz uchun, Sizning xavfsizligingiz va qonuniy manfaatlaringizni himoyasi uchun amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, yaratilayotgan sharoitlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishlaringizni, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlariga munosib xissa qo‘shishingizni so‘raymiz, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati murojaatida.

Taniqli huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev esa o‘z Telegram-kanalida ko‘pchilikni qiziqtirgan yana bir savolga oydinlik kiritib o‘tgan. Unga ko‘ra, YPH inspektorining mobil telefoni bodi-kamera vazifasini o‘tamaydi hamda inspektorlar mobil telefondagi videodagi yozib olayotganini ro‘kach qilib, haydovchilar bilan muloqotga kirishishlari mumkin emas. IIV YHXBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bodi-kameralar keragicha xarid qilingan va barcha inspektorlar ta’minlangan.

O‘QING: Toshkentda jamoat transporti avtomatlashtirilgan tizimga o‘tyapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!