YPX xodimining surati yoki videosini internetda tarqatish taqiqlanadi

  •   DiMaX
  •  1443
  •  25.06.2019 12:16

YPX xodimining surati yoki videosini internetda tarqatish taqiqlanadi

Yo‘l-patrul xizmati xodimi va haydovchi o‘rtasidagi muomala yozib olingan audio, foto va videoyozuvlarni xodimning ruxsatisiz internetda tarqatish taqiqlanadi. IIV taklif etgan mazkur norma 26 iyungacha muhokama qo‘yilgan, deb yozadi Minbar nashri.

O‘QING: Ichki ishlar vaziri ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib kelmoqda

Hujjat loyihasiga ko‘ra YPX xodimining majburiyati haqidagi 14-bandga quyidagi xatboshi qo‘shiladi:

«o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilgan yo‘l harakati qatnashchilariga ushbu ma’lumotlarni internet jahon axborot tarmog‘iga o‘zining ruxsatisiz tarqatishi mumkin emasligini tushuntirish».

Yo‘l harakati qatnashchilarining majburiyatlari haqidagi 19-bandga esa quyidagi xatboshi qo‘shiladi:

«o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga YPX xodimi bilan o‘zaro munosabati qayd qilingan ma’lumotlarni internet jahon axborot tarmog‘iga ruxsatsiz joylashtirmaslik».

O‘QING: IIV soxta xabarnoma tarqatgan odamning «iziga tushdi»

Ya’ni, haydovchi YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilishi mumkin, lekin bu foto, videoni internetga joylashi taqiqlanadi, agar YPX xodimining bunga alohida (og‘zaki yoki yozma) ruxsati bo‘lmasa.

Bu navbatdagi cheklov bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin shaxsning roziligisiz uning suratini tarqatish deyarli barcha davlatlarda taqiqlangan. Xususan, xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimining ham muayyan shaxsiy huquqlari mavjud.

Lekin aksariyat davlatlarda «davlat va jamoat manfaatlari uchun» YPX yoki boshqa «organ» xodimi qilayotgan huquqbuzarlikning rasmi yoki videosini tarqatsa bo‘ladi. O‘zbekistonda ba’zida bunday internetga chiqib ketgan videolarga jamoatchilik o‘z munosabatini bildirishi adolatni tiklashning yagona yo‘li bo‘lib qolishi mumkin, deyiladi xabarda.

O‘QING: O‘zbekistonlik Facebook foydalanuvchisi bo‘htoni uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi