Yubiley flagmani chiqishi oldidan Redmi K30 5G rekord darajada arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  2319
  •  07.08.2020 13:43

Yubiley flagmani chiqishi oldidan Redmi K30 5G rekord darajada arzonlashdi!

«Xitoycha Apple»ning arzonchi subbrendiga mansub Redmi K30 flagmani eng arzon 5G-smartfon sifatida taqdim etilgan edi. Ushbu model AnTuTu servisining iyuldagi eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar reytingiga ham kirgan.

O‘QING: RASMAN: 11 avgustda Redmi eng zo‘r flagmanini taqdim etadi!

Xiaomi kompaniyasi yubiley flagmanining namoyishi oldidan o‘z yurtida Redmi K30 5G devaysini arzonlashtirdi. Hozir bu smartfon o‘z tarixidagi rekord darajada past narxiga tushdi.

Redmi K30 modelining tezkor/ichki xotirasi 6/64 gigabaytlik varianti dastlab 349 dollardan sotilgan bo‘lsa, xitoyliklar uni endi atigi 216 dollarga olishlari mumkin! Smartfonning 6/128 gigabaytligini bundan keyin 259 dollarga, 8/256 gigabaytligini bo‘lsa 288 dollarga olsa bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Xitoyda mazkur turkumda Redmi K30, Redmi K30 Pro, Redmi K30i, Redmi K30 4G, Redmi K30 Pro Zoom Edition hamda Redmi K30 5G Extreme Edition modellari sotuvga chiqqan.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

 O‘QING: Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?