Huawei Nova 3 taqdim qilindi: yuqori imkoniyat va o‘rta narxli

Huawei Nova 3 taqdim qilindi: yuqori imkoniyat va o‘rta narxli

Huawei bugun navbatdagi smartfonlarini taqdim qildi. Huawei Nova 3 hamda Huawei Nova 3i deb nom olgan modellar ekran usti kesig‘i hamda ikkita old hamda ikkita bosh kameralari bilan o‘ziga xos.

Huawei Nova 3 modeli 6.3 dyuymli, FHD+ aniqligidagi hamda 19:5:9 o‘lchamli, qayrilma shakldagi, yuqorisida o‘yig‘i bor ekran bilan ta’minlangan. Bu devaysdagi protsessor Kirin 970 bo‘lib, u ilk marotaba Huawei Mate 10 Pro modeliga o‘rnatilgan. Bu chip tasvirga olish chog‘ida "sun’iy aql" texnologiyasidan foydalanadi. Benchmarklarda bu chip Qualcomm Snapdragon 845 kabi yuqori ball to‘plamagan bo‘lsa ham, aslida foydalanuvchi uchun zarur samaradorlikni ta’minlaydi.

"Sun’iy aql" texnologiyasi evaziga chipset tezkor ishlaydi, mustaqil ravishda o‘z imkoniyatlarini kengaytiradi.

Old paneldagi infra qizil moduli foydalanuvchi qiyofasi to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘playdi va tizimga yetkazadi. Ya’ni, devaysda qiyofa orqali tizimga kirish funksiyasi joriy qilingan. Bu texnologiya tunda ham ishlaydi.

Shu bilan birga, 3D Qmoji funksiyasi ishlashiga ko‘ra, Apple’ning Animoji texnologiyasini eslatadi va foydalanuvchining virtual-animatsion qiyofasini yaratadi. Huawei Nova 3 orqa paneli shisha bilan qoplangan. U yerda barmoq izi skaneri ham mavjud. Ikki sim-kartali devays 4G VoLTE, WiFi 802.11ac (2.4GHz/5GHz), Bluetooth 4.2 LE, GPS kabi aloqa tarmoqlariga mo‘ljallangan. Unda USB Type-C porti bo‘lib, bu port orqali tok sig‘imi 3750 mA soat bo‘lgan akkumulyatorni tezkor quvvatlash mumkin.

Huawei Nova 3 modelining texnik jihatlari:
Ekran: 6.3 dyuymli (2340 x 1080 pikselli), Full HD+, 19:5:9 o‘lchamli, 3D shaklidagi qayrilma shisha bilan qoplangan, old panelning 85% qismi ekran, NTSC Color Gamut;
Protsessor: 8 yadroli Huawei Kirin 970 (4 x 2.4 GHz A73+ 4 x 1.8 GHz A53) 10 nanometrli chip, Mali-G72 MP12 video karta, i7 yordamchi chipi, NPU, GPU Turbo texnologiyalari;
Operativ xotira: 6 Gb, doimiy xotira 128 Gb, microSD orqali 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo) EMUI 8.2;
SIM-karta: 2 ta bo‘lmacha, biri gibrid -- nano + nano / microSD;
Bosh kamera: qo‘sh sensorli 16 (f/1.8 diafragma, PDAF, CAF) hamda 24 (f/1.8) megapikselli;
Old kamera: qo‘sh sensorli -- 24 Mp (f/2.0) hamda 2 megapikselli;
Barmoq izi skaneri: bor;
O‘lchamlari:157.0×73.7×7.3 mm; Vazni: 166 gramm;
Aloqa imkoniyatlari: Dual 4G VoLTE, WiFi 802.11ac (2.4GHz/5GHz), Bluetooth 4.2 LE, GPS, USB Type-C;
Akkumulyator: 3750, tezkor quvvat oladi.

O‘qing: AirPods kutilmagan texnologiyaga ega bo‘ladi

Huawei Nova 3i ham 6.3 dyuymli, FHD+ aniqligidagi, 19:5:9 o‘lchamli, qayrilma shishali ekran bilan ta’minlangan. Bunga yetakchi chipdan bir qadam orqada bo‘lgan Kirin 710 chipi o‘rnatilgan. Uning operativ xotirasi 4, doimiy xotira 128 Gb.

Android 8.1 (Oreo) ning o‘zlashtirilgan EMUI 8.2 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatuvchi devaysning old paneliga 24 hamda 2 megapikselli kameralar o‘rnatilgan. Nova 3 modelidan farqli ravishda, uning bosh kamerasi 16 va 2 megapikselli sensorlardan tarkib topgan. Bu kamera "aqlli tizim" orqali sahnalarni aniqlaydi va sifatli surat oladi.

O‘qing: Qizlarga kim yoqadi: iPhone yoki Android'li yigitlar?

Ushbu devaysda ham 3D Qmoji funksyaisi bor.

Huawei Nova 3i modelining texnik jihatlari:
Ekran: 6.3 dyuymli, 2340 x 1080 pikselli (Full HD+) 19:5:9 o‘lchamli, 2.5D shaklidagi shisha bilan qoplangan, old panelning 85% qismini egallab olgan, NTSC Color Gamut;
Protsessor: 8 yadroli Kirin 710 12nm (4 x 2.2GHz Cortex-A73 +4 x 1.7GHz Cortex-A53 1.7GHz);
Xotira: 4 Gb operativ va 128 Gb doimiy, microSD bor (256 Gb.gacha);
Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo) ning EMUI 8.2 talqini;
SIM-karta: qo‘sh va gibrid -- nano + nano / microSD;
Bosh kamera: 16+2 Mp, fotochaqnoq bor;
Old kamera: 24+2 Mp;
O‘lchamlari: 157.6×75.2×7.6 mm; Vazni: 169 gramm;
Barmoq izi skaneri: bor.
Aloqa imkoniyatlari: 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4GHz / 5GHz) 2×2 MIMO, Bluetooth 4.2 LE, GPS + GLONASS;
Akkumulyator: 3340 mA soat.

Narx-navo
Huawei Nova 3 modeli 510 AQSh dollari, Nova 3i modeli 305 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

O‘qing: Sony flagmani aqlbovarqilmas narxda sotiladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.