Yurtimizda har 100 ta xonadonga nechta kompyuter to‘g‘ri kelyapti?

  •   DiMaX
  •  658
  •  10.11.2020 12:19

Yurtimizda har 100 ta xonadonga nechta kompyuter to‘g‘ri kelyapti?

Davlat statistika qo‘mitasi yaqinda O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta mobil telefon to‘g‘ri kelishini e’lon qilgan edi. Endi esa qo‘mita shaxsiy kompyuterlar soni bo‘yicha ma’lumotni ham ulashdi.

O‘QING: 2020 yilda O‘zbekistonga qayerlardan va qancha telefon olib kelingan?

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-sentyabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni 56 tani tashkil etdi. Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich 2010 yilda 12 tani, 2015 yilda 47 tani tashkil qilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar–sentyabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni esa 161 tani tashkil etgani haqida xabarlar berilgan.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning qancha aholisi internet tarmog‘iga ulangani haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 yanvar holatiga internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 16 million 386 ming 200 nafarni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 23,0 foizga yoki 3,1 millionga o‘sgan.

O‘QING: O‘zbekiston to‘qqiz oyda qayerlardan va nechta elektromobil sotib olgan?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.