Yurtimizda mobil aloqa abonentlari salkam 27 millionga yetdi

  •   DiMaX
  •  448
  •  14.06.2021 08:32

Yurtimizda mobil aloqa abonentlari salkam 27 millionga yetdi

O‘zbekistonda mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra 26,9 milliontani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga yoki 2,6 milliontaga ko‘p, deyiladi Davlat statistika qo‘mitasi xabarida.

O‘QING: Uyali operator ommabop xizmatining narxini oshiryapti

Shuningdek, aholida 24 million 795,4 mingta abonentni tashkil etgan. 2020 yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizga yoki 1 million 424,1 mingtaga oshgan. Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni:

2019 yil 1 aprel holatiga ko‘ra:

  • jami: 21 960,2 ming
  • aholida: 21 331,2 ming

2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra:

  • jami: 24 316,7 ming
  • aholida: 23 371,3 ming

2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra:

  • jami: 26 953,5 ming
  • aholida: 24 795,4 ming

Davlat statistika qo‘mitasi avvalroq O‘zbekiston joriy yilning yanvar–aprel oylarida xorijdan qancha mobil telefon import qilganini ma’lum qilgan edi.

O‘QING: O‘zbekistonlik tiktoker layk uchun 26 yillik qabrni kavladi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!