Zamonaviy smartfonlarda surat olish texnologiyasi

Zamonaviy smartfonlarda surat olish texnologiyasi

Smartfon kamerasi uchun megapiksel muhimmi yoki ob’yektivlar sonimi? Suratga olishda eng yaxshi smarfton qaysi? Quyida shu haqida fikr yuritamiz.

So‘nggi vaqtda e’lon qilinayotgan smartfonlarda asosiy e’tibor kamerani takomillashtirishga qaratilmoqda. Misol uchun, Microsoft Lumia 950 XL 20 MP bosh kamerasi bilan maqtansa, u olgan suratlar iPhone 6S gadjetining hamda Samsung Galaxy S7’ning 12 megapikselli kameralarida olingan suratlar sifatidan yuqori emas.

Selfi ishqibozlari uchun esa yaqinda namoyish qilingan ZTE Axon Max gadjetining 13 PM old kamerasi ayni muddao bo‘ldi.

Xo‘sh, smartfon kamerasi uchun yaxshi surat olishda piksel muhimmi yoki ob’yektivmi? Gongkongda ijod qiluvchi fotograf Frans Estermanning ta’kidlashicha, yaxshi surat olishda kamera ob’yektivining ahamiyati yuqori.

“Smartfonlarda DSLR, ya’ni professional kameralarga xos avtomatik suratga olish tizimiga ega. Ammo suratning tiniq chiqishi yorug‘lik va fokusga bog‘liq. Bu esa ob’yektivga xos qobiliyat.”

Тунги Гонг Конг. Samsung Note 3 гаджетида олинган.

Tungi Gong Kong. Samsung Note 3 gadjetida olingan.

So‘nggi vaqtlarda Samsung’ning Note 3 tableti ham suratkashlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Katta va yorqin displey, akkumulyatorning quvvat sig‘imi ham yuqori.

Ammo Samsung Galaxy S7’ning muhim jihatlari yanada ko‘proq. Kamera ob’yektivining f1.7 o‘lchamdagi katta tuynugi, avtofokus tizimi tungi osmonni suratga olishda ham qo‘l keladi. Vaholanki bu ishni shu vaqtga qadar faqatgina professional kameralar yordamida amalga oshirish mumkin edi. Kameraning optik barqarorlik funksiyasi ravshan suratlar olinishiga xizmat qilsa, Ultra HD texnologiyasi 4K TV’da videolarni ko‘rishni ta’minlaydi.

Samsung S7 smartfonida olingan suratlar yanada kengroq panoramada namoyon bo‘lishi bilan o‘ziga xosdir.

Ultra HD 4K videoga olish texnologiyasi esa bugungi mobil aloqa vositalarining navbatdagi muhim jihati. Ayniqsa, iPhone – 6S, 6S Plus hamda iPhone SE, Lumia smartfonlari, Samsung’ning so‘nggi Galaxy gadjetlarida olish mumkin bo‘lgan 2 sekundlik video formatidagi “jonli surat”lar olish funksiyasi ham yo‘l-yo‘lakay ko‘rgan-kechirganini Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylab ketadiganlarning diqqatini tortdi.

Shu bilan birga, muhim grafik effekt hisoblangan HDR (High dynamic range) yuqori dinamikali diapazon ham smartfon foydalanuvchisiga suratni yorug‘ yoki qorong‘uroq effektda olish imkonini beradi. U rang-tasvir uyg‘unligini ta’minlaydi. Yangi HP Elite X3 smartfonining old kamerasida ilk marotaba mana shu texnologiya tatbiq qilindi.

Alcatel Idol 4S smartfoni ham yaxshi surat olish ko‘nikmasi bilan ko‘pchilikning diqqat-e’tiboriga tushdi.

So‘nggi vaqtda urf bo‘layotgan qo‘sh kamerali smartfonlar telefon apparatiga suratga olgandan keyin ham suratni qayta fokuslash imkonini beradi. HTC One M8, Honor 6 Plus hamda LG G5 qurilmalarini shular qatoriga qo‘shish mumkin. Qo‘sh kamerali smartfonlar 2016 yilning muhim yangiligi bo‘ldi.