Zamonaviy kasblarni egallashingiz va ta’lim uchun sizga kerak bo‘ladigan noutbuklar bilan tanishing!

Zamonaviy kasblarni egallashingiz va ta’lim uchun sizga kerak bo‘ladigan noutbuklar bilan tanishing!

Do‘kon rastalaridagi noutbuklarning xilma-xilligidan qay birini tanlashni bilmay qolishinigiz turgan gap. Noutbuk sotib olayotganda xato qilmaslik mumkinmi? Qanday qilib?

Professional va o‘yin uchun mo‘ljallangan modellar o‘rtasidagi chegara bugungi kunda unchalik ham katta emas. Muhimi – ayni damda sizning vazifalaringizga mos keladigan va bo‘lg‘usida yetarli kuch bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan modelni tanlash. Noutbukning konfiguratsiyasida videokarta muhim ahamiyatga ega, ularning orasida GeForce RTX 30 seriyasi bugungi kunda eng aktual hisoblanadi. Hatto 2018 yilda chiqarilgan 20 seriya ham biroz eskirdi, GeForce MX grafikasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bu videokarta katta resurs talab qiladigan vazifalar va o‘yinlar uchun mos emas. RTX grafik kartalari GPU neyron tarmoqlarga asoslangan sun’iy intellekt (AI) algoritmlarini tezlashtirish uchun alohida tenzor va RT – nurlarni kuzatishni tezlashtirish yadrolariga ega. Foto va video ilovalardagi sun’iy intellekt vositalari kadrlar tezligi va piksellar sonini oshirish, avtomatik ravishda kadrlash va treking qilish, bir klik bilan ob’yektlarni tanlash, portret suratga olishda yorug‘likni o‘zgartirish va boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi. Nurlarni kuzatish uch o‘lchamli sahnalarni, dizayn va kompyuter grafikalarini fotorealistik ko‘rsatish uchun ishlatiladi.

GeForce RTX va GeForce RTX grafik kartalari 75 dan ortiq ilovalarni, jumladan Adobe, Dassault, Autodesk va boshqa grafika va videoni tahrirlashga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan loyihalarga mo‘ljalangan dasturlarni tezlashtiradi.

30-seriya videokartalari klassifikatsiyasi qo‘yidagicha:

RTX 3050 va 3050 Ti 2D dizayn, 4K formatgacha bo‘lgan foto va videolarga mos keladi;

RTX 3060 va 3070 esa – 3D grafikalar, 6K o‘lchamgacha bo‘lgan video va oqimlar uchun;

RTX 3080 – Katta 3D va SAPR loyihalari, shuningdek, 8K videolar uchun.

Yana nimalarga e’tibor qaratish kerak? Ko‘plab vazifalarda Windows noutbuklari bir xil yoki kamroq pul evaziga Appleʼdagi analoglariga qaraganda tezroq va ko‘proq funksiya va’da qiladi. Sizga olti yoki sakkiz yadroli zamonaviy protsessor kerak bo‘lsa: bu 11 yoki 12-avlod Intel Core, AMD Ryzen 5000 va 6000 seriyali. Shuningdek, kamida 16 GB operativ xotira, kamida 512 Gb hajmli tezkor SSD va grafik ilovalar uchun yuqori rang aniqligi bilan yaxshi displey.

GeForce RTX 30 o‘rnatilgan noutbuklarning 2022 yilgi modellari Max-Q texnologiyalarining to‘rtinchi avlodi bilan jihozlangan. Ular energiya samaradorligini oshiradi, tizim ish faoliyatini oshiradi, shovqin darajasini pasaytiradi va tarmoqqa ulanmasdan uzoqroq ishlash va o‘ynash imkonini beradi.

Xarid qilishdan oldin, albatta, sizni qiziqtirgan modellarning sharh va tavsiflarini diqqat bilan o‘qing! Biz esa sizga o‘zimiz e’tiborga loyiq deb hisoblagan 5 ta noutbuk ro‘yxatini taqdim etamiz.

Acer Nitro 5

Intel Core i5 protsessori, GeForce RTX 3050 Ti grafikasi. Tez javob beruvchi (144 Ggs yangilanish tezligi) miltillovchisiz 15,6 dyuymli FHD sensori. RTX 3050 Ti mashhur 1080p onlayn o‘yinlar va og‘ir dasturlarni o‘rta va yuqori sozlamalarda osonlik bilan “ko‘taradi”. Model 4K foto va videolarni qayta ishlash uchun javob beradi. Har qanday burchakdan o‘qish imkonini beruvchi keng ko‘rish burchagi displeyning afzalliklaridan biri. Biroq ochiq havoda qulay foydalanish faqat quyosh nuri juda porloq bo‘lmaganda mumkin.

OMEN HP noutbuki

Yuqori samaradorlikka ega AMD Ryzen 5 protsessor va RTX 3050 Ti grafik. RTX 3050 Ti mashhur o‘yinlarni 1080p va eng so‘nggilarini o‘rta-yuqori sozlamalarda boshqaradi, shuningdek, 4K formatida foto va videolarni qayta ishlashda yordam beradi. Noutbuk OMEN kompaniyasining xususiy Tempest sovutish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u uch tomonlama sovitish va besh tomonlama havo oqimini ta’minlaydi. Acerʼga qaraganda engilroq va ixchamroq, ekran ramkalari yupqaroq.

Victus HP noutbuki

8 yadroli Intel Core i7 protsessori, GeForce RTX 3060 grafik kartasi bilan OMENʼga nisbatan yaxshilangan grafik unumdorligi RTX 3060 sizga 1080p da nurlarni kuzatish va DLSS bilan maksimal sozlamalarda o‘ynash imkoniyatini beradi. Model 3D modellashni o‘rganish, 6K gacha ruxsatdagi fotosuratlar va videolarni qayta ishlash va o‘yin oqimlarini o‘tkazish uchun javob beradi.

Lenovo Legion 5 Pro

Ryzen 5 protsessori, RTX 3060 Lenovo modellari 165 Ggs yuqori yangilanish tezligiga ega. RTX 3060 sizga DLSS va Reflex bilan 1080p o‘yinlarni maksimal tezlikda ishlatish imkonini beradi va shuningdek, oqim, 3D modellashtirish, fotosuratlarni tahrirlash va 6K video uchun mos keladi. Noutbuk Coldfront 3.0 sovitish tizimidan foydalanadi va samarali quvvat taqsimotiga AI Dvigatelidagi maxsus neyron tarmoq yordamida erishiladi. Og‘irligi va o‘lchamlari bo‘yicha u Acerʼdan unchalik farq qilmaydi. Biroq ba’zi sabablarga ko‘ra, ayrim modellar faqat 256 GB hajmli SSD drayveri bilan jihozlangan.

Lenovo Legion 7

Intel Core i9 protsessori, GeForce RTX 3080 grafik kartasi va 2TB xotirasi bilan bizning ro‘yxatdagi eng kuchli model. Eng talabchan o‘yinlar va ilovalar uchun javob beradi. NVIDIA DLSS sizga 2K da ham yuqori nurlar trassirovkasini kuzatish sozlamalarida o‘ynash imkonini beradi. RTX 3070 3D modellashtirish, renderlash, 6K videoni qayta ishlash va o‘yinlar oqimini boshqarishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.