Zamonaviy smartfonlarning eng keraksiz funksiyalari aytildi

  •   DiMaX
  •  1110
  •  12.08.2021 10:01

Zamonaviy smartfonlarning eng keraksiz funksiyalari aytildi

So‘nggi yillarda taqdim etilayotgan smartfonlar, ayniqsa flagman modellar turli yangi texnologiyalar va imkoniyatlarga boy. Lekin oddiy foydalanuvchiga kundalik hayotda ularning keragi bormi o‘zi?

O‘QING: Smartfonda nechta va qanday datchiklar bo‘ladi?

«Praym» agentligi bilan kechgan suhbatda Telecom daily axborot-tahlil agentligi rahbari Denis Kuskov smartfonlarning eng kam ishlatiladigan funksiyalarini sanab o‘tdi. Rossiyaliklar uchun umuman foydasi bo‘lmagan opsiyalardan biri sifatida u smartfonlardagi beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llashini ta’kidlagan. Gap shundaki, mamlakatda hali 5G tarmog‘i joriy etilmagan va 2023 yilgacha kutmasa ham bo‘ladi.

Xabaringiz borki, O‘zbekistondagi operatorlardan biri 2021 yilning 8 aprel sanasidan mobil aloqaning beshinchi avlodi – 5G texnologiyasini foydalanuvchilarga taqdim etgan.

Shuningdek, simsiz quvvatlash funksiyasining ham amaliy foydasi sezilmadi, chunki aksar hollarda u uy sharoitlarida yoki mashinada kerak bo‘ladi. Uning o‘rniga poverbank yoki simli oddiy quvvatlash uskunasidan foydalanish qulay.

Kuskov yana smartfonlarni ishoralar bilan boshqarish funksiyasi, 3D-kameralar, 3D-ekranlar va qo‘shimcha displeyni ham keraksiz, deb aytgan.

O‘QING: iPhone 13’larning rekordchi jihati aytildi: Apple ishqibozlari buni yillab kutishgan!