Zamonaviy texnologiya “shayton yozuvini” o‘qiy oldi

  •   Saroy
  •  5566
  •  20.09.2018 15:21

Zamonaviy texnologiya “shayton yozuvini” o‘qiy oldi

Sitsiliyalik  monax ayolning «Shaytonning o‘zi aytib turgan» maktubini razvedka xizmati foydalanadigan dastur yordamida o‘qiy olishdi.

1676 yilda Sitsiliyadagi Palma-di-Montexiaro monastiridagi monax ayollardan birining ma’lum qilishicha, unga shayton yopishib olgan. U ertalab turganida, to‘shagining yonida bir varaq yotganiga ko‘zi tushadi. Qog‘oz notanish belgilar bilan to‘lgan edi. Monax ayolning ta’kidlashicha, iblisning o‘zi uning yoniga kelgan va Xudoga qarshi qayrash uchun ushbu matnlarni aytib yozdirgan.

300 yildan ko‘proq vaqt mobaynida kiptograflar «Shaytondan Yevangeliyaga» atamasini tushinishga urinib keladi, ushbu so‘zning ma’nosi nima va umuman unda qandaydir ma’no bormi, degan savolga javob qidirishadi. Italiyaning Lyudum ilmiy markazi olimlari ushbu hujjat  shifrini aniqlay olishdi. Buning uchun ular internetga noqonuniy joylangan shifrlarni buzib kiruvchi dasturdan foydalanishdi. Mazkur dastur razvedka xizmatlari tomonidan ishlatiladi.

Manax ayol qoldirgan xat matnining bir bo‘lagi

Tadqiqotchilar latin, arab, qadimiy grek va  runi alfavitlari yuklangan dasturni ishga tushirishdi. Shunday ko‘p miqdorda ma’lumotlar bazasi bilan tarjima qisqa vaqtda amalga oshirildi. Matn esa haqiqatan ham “iblisona” bo‘lib chiqdi. Unda Xudoni odamlar o‘ylab topganligini, Iisus Xristos va Muqaddas Ruh esa murda ekanligi yozilgandi.

Olimlarning ta’kidlashicha, monax ayol shayton ixtiyoriga tushib qolmagan, balki ruhiy kasallikning bir turi bo‘lmish shizofreniyadan aziyat chekkan bo‘lishi mumkin yoki atay firibgarlik qilgan, ya’ni atrofdagilarni laqillatgan. Matn shu qadar ravon tuzilgan ediki, uni yozish uchun monax ayol bir nechta tilni bilishi va ko‘pgina mifologiyalarni yaxshi tushingan bo‘lishi kerak bo‘lgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.