Zeiss optikali va Snapdragon 888 chipli Vivo X60 Pro+ chiqdi: mobil fotografiya taxtiga yangi da’vogar!

  •   DiMaX
  •  1699
  •  22.01.2021 10:12

Zeiss optikali va Snapdragon 888 chipli Vivo X60 Pro+ chiqdi: mobil fotografiya taxtiga yangi da’vogar!

Vivo kompaniyasi o‘tgan yilning dekabrida o‘zining Vivo X60 va X60 Pro kamerofonlarini namoyish qilgan edi. Endi esa ularning yanada ilg‘or versiyasi – Vivo X60 Pro+ flagmani ham taqdim etildi.

O‘QING: Exynos 1080 chipli, Zeiss optikali va OriginOS tizimli ilk kamerofon: taqdimot kuni va anboksing videosi!

Oldingi ikkita smartfon Samsung kompaniyasi Exynos 1080 rusumli mobil chipseti bazasida tayyorlangan bo‘lsa, bunisi Qualcomm flagmani – Snapdragon 888 protsessoriga ega. Vivo X60 Pro+ kamerofonining yana bir kuchli jihati esa kamerasida nufuzli Zeiss optikasi qo‘llanganidir.

Bosh kamerada asosiy tarzida Samsung ISOCELL GN1 moduli tanlangan – uning aniqligi 50 megapiksellik, o‘lchami esa 1/1,3 dyuymlik. Diafragmasi f/1,57 bo‘lgan ushbu sensor tasvirni optik barqarorlashtirish tizimiga ega.

Ikkinchi – 48 megapiksellik Sony IMX598 moduli esa o‘ta keng burchakli ob’yektiv bilan qo‘llangan. Unga to‘rtta o‘qli stabilizator (Big Eye tizimi) joriy etilgan. Uchinchisi 8 megapiksellik periskop kamera bo‘lib, 5 karralik optik zum bilan ta’minlangan. Va nihoyat, kvadrokamera jamlanmasiga teleob’yektivli, 32 megapiksellik portret moduli ham kiritilgan. Vivo X60 Pro+ bunaqa kameralar va texnologiyalar bilan mobil fotografiya qiroli bo‘lishga bemalol da’vogarlik qiladi, lekin bu borada DxOMark laboratoriyasining xolis testi natijasini kutamiz.

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni (DxOMark reytingi)

Vivo X60 Pro+ smartfoni 6,56 dyuymlik, chetlari qayrilma AMOLED-ekranga ega, unda tasvir aniqligi 1080p+ formatida (2376x1080 piksellik). Displeyda kadr yangilanish chastotasi 120 gerslik bo‘lsa, sensor qatlamining diskretizatsiya chastotasi 240 gerslik. Yorqinligi 1300 nit bo‘lgan displey HDR10+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi; uning tirqishiga 32 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan.

Kamerofonning 4200 mA/soatlik akkumulyatori 55 vattlik tezkor quvvatlana oladi, lekin simsiz zaryadlash texnologiyasi qo‘shilmagan. Kompaniya uni eng so‘nggi tezkor va doimiy (tegishlicha LPDDR5 hamda UFS 3.1 standartli) xotira chiplari bilan ta’minlagan.

Vivo X60 Pro+ ikki xil – Phantom Blue hamda Classic Orange rangli korpuslarda taklif etadi; har ikkalasida orqa panel charmga o‘xshash materialdan ishlangan.

Ishlab chiqaruvchi allaqachon Vivo X60 Pro Plus uchun oldindan buyurtma olishni boshlagan, ochiq savdoga esa uni 30 yanvardan chiqarishadi. Xitoyda bu fotoflagmanning 8/128 gigabaytligini 774 dollar, 12/256 gigabaytligini esa 928 dollarga baholashgan. Uning boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!