Zlatan Ibragimovich iPhone 7'ni boshqa smartfonga almashtirdi

Zlatan Ibragimovich iPhone 7'ni boshqa smartfonga almashtirdi

Manchester United hujumchisi Zlatan Ibragimovich 2017 yilda rasman iPhone 7 flagmanini tutishini ma’lum qilgan edi. Bu yil esa futbolchi yaqindagina taqdim qilingan va savdoga chiqarilgan Galaxy S9 modelini sinab ko‘rishga qaror qildi.

Futbolchi Samsung bilan imzolagan bir necha million yevrolik shartnomaga asosan, u koreyalik IT-brendning Skandinaviya davlatlaridagi elchisiga aylangan va ayni kunlarda bu davlatlar aholisini yangi flagmandan foydalanib ko‘rishga chorlamoqda.

O‘qing: Xiaomi rahbari dunyoning eng yaxshi smartfonini aytdi

Samsung kompaniyasining matbuot relizida yozilishicha, Zlatan Ibragimovich anchadan beri Samsung mahsulotlaridan foydalanib ko‘rish ishtiyoqida bo‘lgan.

Mazkur shartnomaga ko‘ra tayyorlangan videoda futbolchining Galaxy S9 modelidagi AR Emoji hamda Galaxy Note 8 modelidagi S Pen qalamchasidan foydalanib turgan holati aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro bozorda Galaxy S9 modeli 1050 AQSh dollari, Galaxy S9+ esa 1177 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.