Zoom ham, Skype ham kerak emas: WhatsApp’da endi 50 kishilik videokonferensiya qila olasiz!

  •   DiMaX
  •  716
  •  18.05.2020 09:56

Zoom ham, Skype ham kerak emas: WhatsApp’da endi 50 kishilik videokonferensiya qila olasiz!

Facebook kompaniyasi aprelning oxirida Zoom servisining raqobatchisi – Messenger Rooms servisini taqdim etgan edi. Endi esa uni WhatsApp messenjeriga ham integratsiya qildi.

O‘QING: Zoom ishlatasiz-a? NASA va Ilon Mask esa uni taqiqlagan!

Messenger Rooms servisi 50 nafargacha kishi ishtirokida guruhli videochatlar o‘tkazish imkonini beradi. Uni dastlab WhatsApp Web desktop ilovasiga o‘rnatishgan edi. Endi esa Android hamda iOS tizimlariga mo‘ljallangan WhatsApp kliyentlarida ham Messenger Rooms’ga o‘tkazuvchi havolalar paydo bo‘ldi.

Hozircha bu funksiya messenjerning beta-versiyalarida (Android uchun 2.20.163, iOS uchun esa 2.20.52.6 raqamli jamlanmalarda) mavjud. Mazkur talqinlarni o‘rnatib olgan WhatsApp testerlari bevosita shu messenjerning o‘zidan turib Messenger Rooms guruhli videoqo‘ng‘iroqlarini yaratishlari va unga suhbatdoshlarni taklif etishlari mumkin.

WhatsApp’ning ushbu imkoniyatidan hozircha AQSh va boshqa ayrim mamlakatlardagi yuzerlar foydalana olishadi. Uning barqaror talqiniga Messenger Rooms keyinroq rasman va to‘liq qo‘shiladi.

O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.