Zoom o‘z foydalanuvchilariga $85 million kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  541
  •  02.08.2021 15:55

Zoom o‘z foydalanuvchilariga $85 million kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi

Shaxsga oid ma’lumotlarning maxfiyligi haqidagi qonunni buzganlikda ayblab, bir guruh Zoom foydalanuvchilari uni sudga berishgan edi. Sud da’vogarlarning talabini haqli deb topdi va videokonferensiyalar servisini tomonidan tovon puli to‘lanishi haqida hukm chiqardi.

O‘QING: Shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi messenjer eng kam, qaysilari ko‘proq «kavlashtiradi»?

Bu yerda gap Kaliforniya shtati qonunlari buzilganligi haqida ketmoqda. Jamoaviy da’vo arizasida ko‘rsatilishicha, Zoom o‘z foydalanuvchilarini ogohlantirmay turib, ular haqidagi ma’lumotlarni Facebook kompaniyasiga bergan.

Bundan tashqari, videoaloqaga xakerlar hujum qilganida ham mazkur servis mojarolar orasida qolib ketgan. Shuningdek, Zoom aloqada qo‘llanuvchi shifrlash texnologiyalari borasida kishilarga noto‘g‘ri ma’lumot berganlikda ham ayblangan.

Sud hukmiga ko‘ra, Zoom servisi endi jami 85 million AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lashi lozim. Bunda jamoaviy ariza bergan har bir pulli Zoom akkaunti egasiga 25 dollardan, pulli asosdagi obunaga ega bo‘lmagan yuzerlarga esa 15 dollardan to‘lanadi.

Ushbu to‘lovlardan tashqari, Zoom servisidan o‘zining maxfiylik siyosatini yaxshilash ham talab etilmoqda.

O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!