Zoom sizning ma’lumotlaringizni FBRga berib kelayotganini rasman tan oldi!

  •   DiMaX
  •  492
  •  03.06.2020 18:11

Zoom sizning ma’lumotlaringizni FBRga berib kelayotganini rasman tan oldi!

Koronavirus pandemiyasi davrida Zoom videokonferensiyalar servisi o‘ta ommalashdi, ammo himoyasi zaifligi tufayli xakerlar hujumiga ko‘p uchramoqda. Biznes maqsadlarida undan foydalanish SpaceX’dan NASA’ga qadar ko‘plab kompaniya va korxonalar tomonidan taqiqlangan. Yana...

O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

Zoom ijrochi direktori Erik Yuan (Eric Yuan) kompaniyaning moliyaviy hisobotiga bag‘ishlangan anjumanda boshqa ayrim masalalarga ham oydinlik kiritib o‘tdi. Jumladan, videokonferensiyalar servisidan bepul foydalanganda trafikning shifrlanmasligini rasman tan oldi.

Erik Yuanning ta’kidlashicha, mazkur funksiya Zoom’ning pulli obunachilaridagina amal qiladi. Servisdan bepul foydalanayotganlarning ma’lumotlari esa Federal qidiruv byurosi (FBI – FBR) va mahalliy hukumatga taqdim etilar ekan!

Aytish kerakki, keyingi 4 oy mobaynida Zoom foydalanuvchilari soni 30 karraga (!) ortgan.

O‘QING: Yarim million Zoom akkaunti rus tilli anonim Telegram-kanalda sotildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!