Zoom’ning endi keragi yo‘q: Facebook’ning bepul Messenger Rooms servisini qarshi oling! (+video)

  •   DiMaX
  •  2070
  •  27.04.2020 13:43

Zoom’ning endi keragi yo‘q: Facebook’ning bepul Messenger Rooms servisini qarshi oling! (+video)

Facebook kompaniyasi o‘zining yangi dasturiy ta’minot mahsuloti – Messenger Rooms servisini taqdim etdi. Bu – hozirda koronavirus pandemiyasi sharoitida o‘z-o‘zini yakkalash rejimi tufayli ommalashgan Zoom servisining raqobatchisidir.

O‘QING: Zoom ishlatasiz-a? NASA va Ilon Mask esa uni taqiqlagan!

To‘g‘ri, shu paytgacha Facebook Messenger ilovasida ham videochat funksiyasi mavjud edi, ammo unda guruhli videoqo‘ng‘iroqqa qo‘shiladigan kishilar soni cheklangan va ular albatta Facebook profili orqali kirishlari shart. Messenger Rooms servisida esa erkinlik bor: naq 50 nafargacha kishi ishtirokida videochat uyushtirish mumkin.

Messenger Rooms chatlaridan foydalanish uchun kishidan Facebook akkaunti bo‘lishi ham talab etilmaydi: chatxona tashkilotchisi konferensiya havolasini istalgan usulda boshqalarga jo‘natadi, u orqali xohlagan kishi videosuhbatga qo‘shilib ketaveradi. Lekin Facebook profili orqali kirganlar to‘ldirilgan borliq effektlardan, qo‘shimcha funksiyalardan foydalana oladilar. Zoom’dan farqli ravishda, Messenger Rooms konferensiyasi vaqt bo‘yicha ham cheklanmaydi.

O‘QING: Yevrokomissiya: «Smartfoningizdan bu uchta ilovani tezda o‘chirib tashlang!»

Messenger Rooms’da videoqo‘ng‘iroq tashkilotchisi istasa chatxonani bloklab qo‘ya oladi; shunday qilmasa, havolani odamlar bir-biriga yuborishi, u orqali uchinchi shaxslar ham chatga qo‘shilib ketaverishi mumkin bo‘ladi. Videosuhbat tashkilotchisi istalgan payt qatnashchilardan birini chatdan chiqarishi mumkin; shuningdek, ishtirokchilar o‘z xohishlariga ko‘ra chiqib ketsalar ham bo‘laveradi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Messenger Rooms shu haftada ayrim mamlakatlarda ishga tushadi, keyin – yaqin haftalar ichida esa butun dunyoga tarqaladi.

O‘QING: «Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!