Zo‘r imkoniyat: OnePlus flagmanini tekinga qo‘lga kiriting!

Zo‘r imkoniyat: OnePlus flagmanini tekinga qo‘lga kiriting!

OnePlus kompaniyasi jamoatchilik o‘rtasida aksiya o‘tkazmoqda. Smartfonsoz mijozlar va mobil qurilmalarga qiziquvchilarga taqdimotdan oldin o‘zining yangi flagmanlarini sinov tariqasida foydalanishga bermoqchi. Sinov qatnashchilari smartfonni o‘zlariga olib qolishlari mumkin.

OnePlus smartfonini sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘lganlar 1 aprel soat 10:00 gacha aksiya doirasida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Istalgan odam, hatto OnePlus qurilmalarini oldin ishlatib ko‘rmaganlar ham, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ammo tanlanganlar orasida bo‘lish uchun o‘ziga xos qobiliyatingiz bo‘lishi talab qilinadi. Kompaniyaning jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi press-relizda bu borada, jumladan, shunday yozilgan:

«Sinovda qatnashuvchilar matn yaratish, fotografiya, video borasidagi va hammasidan ham ahamiyatlirog‘i, o‘z yaratuvchanligini amalga tatbiq qila bilish qobiliyatlariga ko‘ra saralab olinadi».

Agar siz ham sinovda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, shaxsiy ma’lumotlariningizni ko‘rsatilgan formatda (video, matn yoki foto) taqdim qilishingiz hamda qisqagina kompetentlik testini topshirishingiz kerak.

Avvaldan OnePlus smartfonini ishlatuvchilar OnePlus'ni nima uchun do‘stlariga tavsiya qilishlari haqida matn yozishlari, OnePlus ishlatmaganlar esa o‘zlari ishlatadigan istalgan mobil qurilmaning qisqa tavsifini video shaklida bayon qilishlari mumkin.

Ishtirokchilar kompaniya tomonidan, asosan, yaratuvchanlik qobiliyatiga ko‘ra tanlab olinadi. Chiroyli matn yarata olish, fotografiya va video olish borasidagi qobiliyatlar bu yerda muhim rol o‘ynaydi. Ishtirokchilar orasidan tanlagan 10 ta qatnashchi nomi 2 aprelda e’lon qilinib, ularga hali taqdim qilinmagan va yap-yangi OnePlus smartfoni TEKINGA beriladi va ulardan smartfonning obzorini tayyorlash so‘raladi.Saralangan ishtirokchilar 21 kunlik sinov davri tugaganidan keyin ham smartfonni o‘zlariga olib qolishlari va kompaniyaning savol-javoblar fonferensiyasida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda, konfedensiallik shartnomasi ham imzolanadi.

Kreativligingizga erk berib, sinovda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, OnePlus Lab'ga o‘z arizangizni bu yerdan topshiring. Jarayon ingliz tilida tushuntirilgan bo‘lsada, arizangiz nemis yoki fransuz tilida bo‘lsa ham bo‘ladi.

Kompaniya aynan qaysi smartfon sinovdan o‘tkazilishi haqida aniq ma’lumot bermagan. Lekin, bizningcha, ishtirokchilarga OnePlus 8 Pro beriladi. Ushbu smartfon aprel oxirida taqdim qilinishi haqida mish-mishlar yurgan edi. 21 kunlik sinov davri tugashi ham aynan shu davrga to‘g‘ri keladi.

Yangi flagman Snapdragon 865 chipida ishlab, 1206Hz yangilanish chastotali 6.7" AMOLED displeyga ega bo‘lishi va asosiy kamera sifatida 64 megapiksellik linza qo‘yilishi kutilmoqda.

O‘z omadingizni sinab ko‘ring va sinovda ishtirok eting. Omad yor bo‘lsin!

O‘QING: OnePlus 8'lar muddatidan avvalroq taqdim etiladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.