Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas! (BBI reytingi, 2021 yil 17 fevral)

  •   DiMaX
  •  11539
  •  17.02.2021 11:31

Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas! (BBI reytingi, 2021 yil 17 fevral)

SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Mask shu yilning 7 yanvar kuni sayyoradagi eng badavlat kishiga aylangan edi. Ungacha esa, 2017 yildan buyon Jeff Bezos jahondagi eng boy kishi bo‘lib kelayotgandi.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Bugun – 17 fevral kuniga oid Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingiga ko‘ra, Amazon asoschisi yana birinchi o‘rinni qaytarib olgan. Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, Bezos aktivlarining umumiy qiymati fond savdolari natijalariga ko‘ra keyingi kunlarda 372 million dollarga kamayib, hozir 190 milliard dollarni tashkil etadi.

Shunga qaramay, u baribir Ilon Maskdan boyroq – mazkur muhandis oxirgi paytlarda 4,58 milliard dollarga «kambag‘allashgan» va sarmoyasi 190 milliard dollarga tushib qolgan.

Jahonning eng boylari reytingida kuchli uchlikni Microsoft korporatsiyasi muassisi Bill Geyts yakunlab bermoqda – uning mol-davlati 137 milliard dollarga baholangan. «Dunyo manim deganlar» o‘ntaligi esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

Darvoqe, joriy oyning boshida Amazon bosh direktori Jeff Bezos bu lavozimidan ketishi ma’lum bo‘lgan. Ushbu tadbirkor haqidagi qiziq ma’lumotlarni «Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar» maqolamizda o‘qishingiz mumkin.

O‘QING: Toshkentlik tadbirkor ilovasi AQShda eng serdaromadlar TOP-o‘ntaligiga kirdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.