ZTE Axon 30 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

ZTE Axon 30 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

ZTE kompaniyasi yana bir ekranosti selfi kameraga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etdi. Kompaniya Axon 30 5G smartfonning ikkinchi avlod ekranosti selfi kamerasi yaxshi suratga ola olishini hamda displeyda ekranosti kameraning ko‘rinmasligiga va’da bermoqda. Avvalgi Axon 20 5G'ning displeyida ushbu ekranosti selfi kamera yaqqol ko‘rinib turar edi.

Foto: GSMArena

O‘QING: «2021 yilning eng kuchli kamerasiga ega» Axon 30 Ultra hamda Axon 30 Pro smartfonlari chiqdi

Qurilma faqatgina kamera takomillashuvi bilan cheklanib qolmagan. Displeydagi piksellar zichligi ham 200ppi dan 400ppi ga oshgan.

ZTE Axon 30 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 170.2x77.8x7.8mm, 189g; old panel shisha, orqa panel plastik, plastik rom.

> Displey: 6.92 dyuymli AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 1080x2460 piksel rezolyutsiya, 20.5:9 forma faktori, 400ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8250-AC Snapdragon 870 5G (7 nm): Sakkiz yadroli (1x3.2 GHz Kryo 585 & 3x2.42 GHz Kryo 585 & 4x1.80 GHz Kryo 585); Adreno 650.

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB; UFS 3.1; microSDXC sloti.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MyOS 11.

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP, f/1.8, 25mm, 1/1.73“, 0.8µm, PDAF; Ultrakeng: 8MP, f/2.2, 120˚, 16mm; Makro: 5MP, f/2.4; Sath kamera: 2 MP, f/2.4.

> Selfi kamera: ekranosti 16MP, f/2.5, (keng).

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected]/60 kadr/sek., [email protected] kadr/sek., HDR, 10‑bit video; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,200; 65 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, USB Power Delivery, Quick Charge 4+.

Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC.

Smartfonning ekran yangilanish chastotasi ham 120Hz o‘zgargan, bu yangilangan Snapdragon 870 chipsetiga ham juda mos keladi.

Smartfonning qolgan texnik jihatlari o‘tgan yilgi Axon 20 bilan bir xil. Smartfon 500 dollardan sotila boshlagan. Narx va texnik jihatdan smartfon falgamnlarga yaqin, biroq uni flagman darajadagi smartfon deb bo‘lmaydi.

Qadoq tarkibi

Smartfon qutisidan 65 vattlik quvvatlash adaperi, USB-C kabeli, 3.5mm audio jek uchun kabel, hamda Apple'ning EarPods'iga o‘xshash quloqchinlar o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: Yashirin selfi-kamerali ilk smartfon savdoga chiqiboq rekord o‘rnatdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!