ZTE Axon 9 Pro: Xitoy flagmani savdoga chiqmoqda

  •   Saroy
  •  708
  •  10.10.2018 16:10

ZTE Axon 9 Pro: Xitoy flagmani savdoga chiqmoqda

ZTE AQSh sanksiyasidan keyin Berlindagi IFA ko‘rgazmasida o‘zining ilk flagmanini namoyish qilgandi. Shu bois qurilma muxlislarda alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Axon 9 Pro anonsdan keyin bir oy o‘tgach savdoga chiqarilmoqda. Hatto narxi ham ma’lum bo‘ldi. Eng qizig‘i apparat boshqa flagmanlardan arzon, Yevropada ham arzon. Nima bo‘ldi? 

Yevropada smartfon allaqachon 649 yevrodan sotilmoqda.  

O‘QING:AQSh ZTE texnikalarining “sinov muddati”ni yana cho‘zdi

Axon 9 Pro Huawei, Sony, Oppo, Samsung flagmanlaridan ham arzon sotilmoqda, iPhone Xs Max bilan-ku tenglashtirib ham bo‘lmaydi. Shunga qaramay, apparatda Xitoy smartfonlariga xos bo‘lgan kompromis yo‘q. IP68 korpusni suvdan himoyalovchi tizim haqida ham unitilmagan.  Ekrani  AMOLED bo‘lib, HDR10 texnologiyasini qo‘llab quvvatlaydi, yana Dolby Atmos’da ishlaydigan stereodinamikasi ham bor.

Smartfonning orqasi shishali qopqoq. Ekran  6,2-dyuymli, tomonlar nisbati 18,7:9 va  Full HD+ formatiga ega. Maxsus datchik atrof-muhitni yoritish sharoitlarini kuzatib turadi va displeyning optimal yorug‘lik haroratini tanlaydi. Bu Apple’ning TrueTone’ga muqobil bo‘ladi. Kartinkalarning sifati oshganiga va  videoni ishlatishning yaxshilanganiga  Axon Vision texnologiyasining grafik optimallashuvi sabab bo‘lgan.

O‘QING:ZTE turli rangda, romsiz va arzon smartfoni haqida ma’lumot berdi

Flagman ikkitalik kamera bilan jihozlangan. Birinchi modul 12 Mp formatiga ega, ikkinchisi esa 20 Mp. Old kamera  ham 20 Mp moduliga ega bo‘ldi. U nafaqat selfi uchun, balki smartfonni qulfdan yechish paytida yuzni tanish uchun ham foydalaniladi.

Smartfon qimmat Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi. Uning tezkor xotirasi  6 GB, doimiy xotirasi esa 64 GB. Unga Android 8.1 Oreo tizimi o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 4000 mAch’ga teng bo‘lib,  Quick Charge 4+ tez quvvatlantirgichga ham ega. Axon 9 qurilmasida Hi-Fi tovushi uchun ikkitalik tovush chipi ham bor.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!