ZTE Blade Spark – 100 dollarga 5,5 dyuym displeyli smartfon

  •   DiMaX
  •  1341
  •  17.07.2017 11:01

ZTE Blade Spark – 100 dollarga 5,5 dyuym displeyli smartfon

ZTE kompaniyasi hamyonbop Blade Spark smartfonini taqdim etdi. Unda Android 7.x Nougat operatsion tizimi o‘rnatilgan, deb yozadi Engadget.

Qurilmaga Qualcomm Snapdragon 425 protsessori o‘rnatilgan. Mazkur chip 1,4 GGs chastotasida ishlovchi to‘rtta ARM Cortex-A53 yadrosiga, Adreno 308 grafik tezlatgichiga va X6 LTE modemiga ega.

Garchi narxi hamyonbop bo‘lsa-da, Blade Spark devaysiga diagonali 5,5 dyuymga teng,  1280×720 pikselli (720r) sensor displey o‘rnatilgan. Uni shikastlanishdan muhofazalashga esa Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi mas’ul.

Smartfon tezkor xotirasi 2 gigabayt hajmga ega. Ichki flesh-xotirasining sig‘imi esa 16 gigabaytni tashkil etadi. Shuningdek, telefonga qo‘shimcha 128 gigabaytgacha hajmli microSD xotira kartasini qo‘yish imkoni mavjud.

ZTE Blade Spark korpusining orqa tomonidagi 13 megapikselli kameraning fazali avtofokusi hamda yorug‘lik-diodli chaqnog‘i bor. Uning ostida bo‘lsa barmoq izi skaneri joylashgan. Old kameraning sig‘imi 5 megapikselni tashkil etadi.

Yuqoridagilardan tashqari, ushbu modelda simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11b/g/n hamda Bluetooth 4.2 interfeyslari, GPS navigatsion tizimi priyomnigi bor. Uning akkumulyatori esa 3140 mA/soat sig‘imga ega.

Shuncha xususiyatlari bo‘lsa-da, ZTE kompaniyasi Blade Spark modeliga yuqori narx belgilamagan. Mazkur smartfon taxminan 100 AQSh dollari qiymatida sotuvga chiqadi, deyiladi xabarda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!