ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

  •   DiMaX
  •  1207
  •  03.04.2021 15:03

ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

Bilasizki, Xiaomi kompaniyasi 29 martdagi mega-taqdimotida Xiaomi Mi 11 Ultra premium-flagmanini namoyish etgan. Mazkur model allaqachon DxOMark reytingida birinchi o‘ringa chiqib ham ulgurgan.

O‘QING: Mi Mix Fold taqdim etildi: ilk Xiaomi buklamafoni, suyuq linzali kameraga ega birinchi smartfon! (+video)

ZTE kompaniyasi esa uning rekordini ham sindirishga bel bog‘ladi: uning ta’kidlashicha, yaqinda chiqadigan Axon 30 Pro modeli 2021 yilning eng kuchli kamerasiga ega bo‘ladi. Bu to‘g‘rida korporatsiyaning smartfonlar bo‘linmasi rahbari Ni Fey (Ni Fei) chiqish qilgan.

Quyidagi reklama posteriga ko‘ra, ZTE Axon 30 Pro bosh kamerasi to‘rtta moduldan iborat va ulardan biri periskop kameradir:

Xabarlarga ko‘ra, kvadrokameradagi uchta datchikning har biri 64 megapiksellik aniqlikka ega. Umuman smartfonlarda ilk bor qo‘llanayotgan bu tizimni kompaniya Trinity deb atamoqda.

Axon 30 Pro bosh kamerasidagi to‘rtinchi sensorning qanaqa bo‘lishi hozircha ochiqlanmagan; bu makro yoki oq-qora suratga oluvchi, kichikroq aniqlikdagi datchik bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi tizerdagi suratga ko‘ra, kvadrokamera modullarida turlicha, murakkab ob’yektivlar qo‘llanadi.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» texnobloger 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlarini e’lon qildi (+video)

Ilg‘or kamerasidan tashqari, ZTE Axon 30 Pro modeli Snapdragon 888 protsessoriga hamda 55 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 4500 mA/soatlik akkumulyatorga ega.

Flagmanga o‘rnatilayotgan, Visionox ishlanmasi bo‘lmish displey 120 gerslik chastotada kadr yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniyaning oldingi smartfoni – Axon 20 5G modelida dunyodagi ilk «ko‘rinmas» selfi-kamera qo‘llangan bo‘lsa, kutilayotgan kamerofonda ikkinchi avlod ekranosti kamera ishlatiladi.

O‘QING: Yashirin selfi-kamerali ilk smartfon savdoga chiqiboq rekord o‘rnatdi