ZTE endi O‘zbekistondagi operatorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi

  •   DiMaX
  •  409
  •  14.06.2019 08:59

ZTE endi O‘zbekistondagi operatorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi

Kuni kecha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning Xitoyning ZTE telekommunikatsiya kompaniyasi katta vitse-prezidenti Van Siang bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Yuqori texnologiyalar sohasida nega oqsayapmiz?

Mazkur uchrashuv uzoq yillar mobaynida tomonlar o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan muzokaralarning davomi hisoblanadi.

Vazir mehmonni qutlar ekan, Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi faol ishtiroki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi samarali hamkorlik hamda respublikamizda qulay investitsiya muhiti yaratilgani natijasi ekanini ta’kidladi.

Simli va mobil keng polosali ulanish (Internet) tarmoqlarini kengaytirishning istiqbollari muhokamalarning markaziy mavzusiga aylandi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

ZTE korporatsiyasining katta vitse-prezidenti kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yanada faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

Vazirlik tomonidan ham zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun eng yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ZTE korporatsiyasining O‘zbekistondagi telekommunikatsiya operatorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.

O‘QING: ZTE Axon 10 Pro 5G smartfoni sotuvga chiqish sanasi ma’lum qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!