ZTE turli rangda, romsiz va arzon smartfoni haqida ma’lumot berdi

  •   Saroy
  •  1679
  •  10.09.2018 09:47

ZTE turli rangda, romsiz va  arzon smartfoni haqida ma’lumot berdi

ZTE kompaniyasi ZTE Blade V9 Vita smartfoniga avvaldan buyurtma qabul qilishini e’lon qildi. Bu qurilmani ZTE Blade V9 modelining ukasi deyish ham mumkin.

ZTE Blade V9 Vita 5,45-dyuymli formati HD+ (1440 x 720 piksel) bo‘lgan  IPS-displeyi bilan ta’minlandi. Qolaversa, barmoq izlari skaneri (orqa panelda), ikki asosiy kamera 13+3 Mp va 8-megapikselli old kamera ham bor. Apparat asosini Qualcomm Snapdragon 435, 2 yoki 3 GB tezkor va 16 yoki 32 GB ichki flesh-xotira tashkil etadi.  microSD formatida karta xotirasini 128 GB gacha kengaytirish imkoniyati ham bor. Akkumulyator sig‘imi 3200 mAch.

O‘QING:Eng muhimi milliy xavfsizlik: Avstraliya ham endi Huawei va ZTE’ga ishonmaydi

Qurilma Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydi. Shuningdek ikkita SIM-karta, LTE, Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 4.2, NFC, FM-radio, GPS ham qo‘llab quvvatlanadi. Qurilmaning o‘lchami 146,8 x 68,7 x 7,6 mm, og‘irligi esa 135 gramm.

Qurilma 17 sentyabrdan boshlab savdoga chiqariladi va turli ranglarda, albatta. Hozircha faqat Rossiya bozori uchun, shu bois apparatning narxlari  ham rublda berilgan: 2 GB +16 GB varianti 9990 rublda, 3 GB +32 GB varianti esa 10990 rublda taklif etilmoqda. Tez orada boshqa mintaqalarda ham sotilishi kutilmoqda.

O‘QING:ZTE Axon 9 Pro smartfonining ilk fotosuratini namoyish qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!