ZTE zamonaviy Nubia Alpha smartfon-bilaguzugini 25 aprelda sotuvga chiqarmoqda

ZTE zamonaviy Nubia Alpha smartfon-bilaguzugini 25 aprelda sotuvga chiqarmoqda

Ayni damda Samsung Galaxy Fold qayrilma smartfoni barchaning og‘zida - kompaniya smartfon ishlatila boshlaganidan keyin ikkinchi kunidanoq ekrani o‘rtasiga chiziq tushib, yaxshi ishlamay qolishi va boshqa nosozliklar uchun uzr so‘rab, “buklamafon”ning sotuvga chiqish sanasini bekor qildi. Ammo, Nubia bugun qayrilma smartfonlarning boshqa turi bo‘lgan Nubia Alpha qayrilma soatini hafta oxirida  sotuvga chiqarishini ma’lum qildi.

Nubia Alpha futuristik dizaynga va 4 dyuymlik qayishqoq OLED-displeyga ega bo‘lgan bilakka taqiluvchi smartfon. Uning sotuvi 25 apreldan boshlab 449 dollar narxda AQSh va Yevropada  boshlanadi. Qolaversa, Xitoyda qurilmaning eSIM-kartali versiyasi sotib olish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ilk 50 xaridor sovg‘a sifatida Nubia Buds simsiz quloqchinlariga ega bo‘ladi.

Qurilmaga Snapdragon Wear 2100 protsessori va 1 gigabaytlik (Apple Watch Series 4 singari) tezkor xotira o‘rnatilgan, doimiy xotirasining hajmi esa 8 gigabaytga teng. Kompaniyaning ta’kidlashicha, 500 mA/soatlik akkumulyatorning quvvati Nubia Alpha’ni bir-ikki kun ishlatishga yetadi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 570 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli smart-soatlarni sotib olish mumkin.

O‘QING: Nubia Alpha taqdim etildi – bilakka taqiluvchi soat-smartfon (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!