ZUK kompaniyasi Helio P10 protsessorli kichik flagman ishlab chiqaradi

ZUK kompaniyasi Helio P10 protsessorli kichik flagman ishlab chiqaradi

Xitoyning ZUK brendi hozircha faqat bitta smartfon — Z1 “flagmanlar kushandasi”ni ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, yaqin bir necha oy ichida ishlab chiqaruvchi yangi modelni taqdim etish arafasida.

Axborot manbalarining xabariga ko‘ra, yangi ixcham smartfon 4,7 dyuymli HD-ekran (1280×720) va sakkiz yadroli Mediatek Helio P10 protsessori bilan ta’minlanadi. 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotiraga ega standart talqinidan tashqari, savdoda 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan namunasi ham paydo bo‘ladi.

Yangi mahsulot ZUK Z1`ning kichraytirilgan nusxasimi yoki butkul yangi modelmi – hozircha noma’lum. Smartfonda, shuningdek, barmoq izlari skaneri ham bo‘ladi. Ammo uning qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida esa xabar qilinganicha yo‘q.

Smartfonning aniq narxi ham ma’lum emas. Biroq ZUK Lenovo kompaniyasining tarmoq brendi bo‘lgani sababli uning onlayn do‘konlarida sotilishi va unchalik qimmat emasligi ehtimoli baland.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.