4G chipli, videoqo‘ng‘iroq funksiyali smart-soat 58 dollardan sotuvga chiqdi!

Qurilma namlikdan himoyalangan, akkumulyator sig‘imi 900 mA/soat. Shuningdek, u o‘z egasiga turgan joyni aniq kuzatish va XiaoAI ovozli yordamchisidan foydalanish imkoniyatini beradi.

Uyg‘otish o‘rniga «uxlatadi»: eng xavfli budilnik-ilovalar («Roskachestvo»ning to‘rtta reytingi)

Ekspertlar yetmishta budilnik-ilovani ekspertizadan o‘tkazib, eng xavfsizini ma’lum qilishgan. Qolganlarining esa tegishli parametrlarga ko‘ra eng xavflilarini muayyan reytinglar shaklida ko‘rsatishgan.

Mashhur antivirus ijodkori qamoqda o‘zini o‘ldirdi

U o‘z qo‘shnisini qiynash va o‘ldirish maqsadida 5000 dollarga qotil yollagani, bundan tashqari, biznes bo‘yicha hamkori Ellison Adonizo ismli ayolga narkotiklar berib, nomusiga tekkani ham aytilgan.

Jeyms Kemeronning «Avatar» filmi asosida o‘yin chiqdi! (treyler)

Avatar: Frontiers of Pandora o‘yinining birinchi treylerida o‘sha kinodagi manzaralarni ko‘ramiz: ko‘k tanli Navi odamlari, g‘aroyib jonivorlar, harbiy texnikali yovuz bosqinchi askarlar...

Jaziramada smartfoningizni asrash uchun beshta maslahat

Yoz oylari yurtimizda juda issiq kechadi va bu holat elektrotexnika jihozlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jaziramada smartfonning qizib ketishiga va ishdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun esa...

Barcha sun’iy yo‘ldoshlar birdaniga o‘chib qolsa, bizni qanday halokat kutadi? (+video)

Germaniya Aerokosmik agentligi shu masalaga qiziqib ko‘rib, bunday ehtimoliy nosozlik qanchalik fojiaviy qiyofa kasb etishini videoda ko‘rsatib berdi.

iPhone SE 2022 modeli Apple’ning eng arzon va ixcham 5G-smartfoni bo‘ladi

Korporatsiya bu smartfonida hozirgi iPhone SE dizaynini saqlab qoladi, ammo yangi protsessor qo‘llaydi. Aftidan, bu iPhone 12 turkumining «elektron yuragi» – Apple A14 Bionic chipseti bo‘ladi.

HarmonyOS 2.0 yakuniy proshivkasi allaqachon 16 smartfon va 2 planshetga tarqatildi

Korporatsiya 23 iyun kuni bayonot berishicha, o‘zining 16 rusumdagi smartfoniga va ikki xil modeldagi planshetiga yakuniy talqindagi HarmonyOS 2.0 proshivkasini chiqarib ulgurgan.

O‘n oylik chaqaloq Tesla elektromobili uchun 10 ming dollarlik xarid qildi

Ushbu dasturiy ta’minot yordamida elektromobil avtopilotda harakatlana oladi, avtomatik ravishda qatnov qismlarini o‘zgartiradi va to‘xtab turadi, to‘liq avtonom kompyuterga o‘tib, svetoforlarni taniy oladi.

Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan Xiaomi smartfonlarini topish imkonlari ko‘paymoqda (+video)

Smartfonni o‘g‘irlagan yoki topib olgan kishi endi grafik kalitni chizish orqali qurilmani o‘chira olmaydi. Grafik kalitni beshta urinishda buzish mumkinligini hisobga olsak, bu yaxshi yechimdir.

2021 yilning 1-yarmidagi eng ommabop o‘nta o‘yin (Twitter reytingi)

Xo‘sh, siz bulardan qaysilarini o‘ynab turasiz, qay birlarining muhokamalariga qo‘shilib kelyapsiz?

SpaceX shu yozning oxirigacha butun dunyoga simsiz internet va’da qilmoqda

Mazkur loyiha doirasida birinchi sun’iy yo‘ldoshlar 2019 yil bahorida orbitaga chiqarilgan. Hammasi bo‘lib Starlink tarmog‘i uchun 30 mingga yaqin kichik moslamalarni joylashtirish rejalashtirilgan.

Galaxy S22'ning kamerasi borasidagi ma’lumotlar sizdirildi. Samsung ijobiy o‘zgarish qilmoqda

Bu yilgi Galaxy S21 va S21+ modellari o‘tgan yilgi S20/S20+ lardan kamera borasida uncha katta farqqa ega emas. Vaholanki, keyingi yilgi flagmanlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

Windows 11 o‘rnatish uchun internet so‘raydi, lekin uni aldash yo‘li topildi! (+video)

Mazkur talab Windows 10 operatsion tizim talqinidayoq paydo bo‘lgandi, ammo unda «Menda internet yo‘q» opsiyasini tanlab va lokal akkaunt yaratib, bu bosqichdan o‘tib ketish mumkin edi.

Pullaringizni o‘g‘irlayotgan bu sakkizta Android-ilovani tezda o‘chirib tashlang!

Google allaqachon ushbu xavfdan ogoh qilingan va Google Play do‘konidan mazkur ilovalarni o‘chirib tashlagan. Ammo shungacha smartfonlarga o‘rnatib olinganlari foydalanuvchilarga zarar yetkazishda davom etmoqda.

iPhone 13’larning taqdimot va sotuvga chiqish kunlari ma’lum bo‘ldi!

Apple ularning rasmiy namoyishidan uch kun o‘tib oldindan buyurtma ochadi, yana bir haftadan so‘ng esa yangi avlod ayfonlari ochiq savdoga ham chiqadi.

«Fleshkani yeb qo‘ygan» hokimlik vakilini haqorat qilganlar qamaldi

Shuningdek, ularga nisbatan qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun har bir kunga eng kam ish haqining 15 foiz miqdorida davlat daromadiga pul undirilishi ham belgilangan.

Eng zo‘r flagman va turli jihatlardan eng yaxshi hamyonbop smartfonlar («Roskachestvo» oltita reytingi, 2021 yil iyun)

«Roskachestvo» eng qudratli flagmanni, yana eng kuchli hamyonbop smartfonlarni, kamerasi, akkumulyatori, o‘yin imkoniyatlari eng yaxshi, shuningdek, katta ekranli eng maqbul o‘rta narxli modellarni aytdi.

IT yo‘nalishidagi universitet rektori: «Tanka»siz o‘qishga kirish mumkin! (+video)

«O‘tgan yili 1 o‘ringa 40 ta abituriyent ariza topshirgan, lekin biz sifatni tushirmaslik uchun qo‘yiladigan talabni kuchaytirdik. Maqsad kvotani to‘ldirish emas, eng yaxshi abituriyentlarni tanlab olish edi...»

Android-smartfonlarda global muammo chiqdi: Google aybdor, lekin o‘zingiz tuzata olasiz!

Butun dunyo bo‘ylab aksariyat Android-smartfonlar ekranlarida Google ilovasi va Google Play servislarida nuqson yuzaga kelganligi haqida xabar chiqaverdi. Yana shu holat uchrasa, undan qutulish yo‘li bor...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш