Yangicha Galaxy S21 5G chiqdi, lekin Samsung bu gal ancha ehtiyotkor!

Samsung bulturgi Galaxy S20+ 5G Olympic Edition talqinining orqa paneliga Tokyo 2020 logotipini tushirgan edi. Biroq pandemiya tufayli olimpiya o‘yinlari tadbiri o‘tkazilmay qoldi, shunga bu gal…

Google I/O 2021: ilk Android 12 beta-versiyasi 26 modeldagi smartfonga taqdim etildi! (+ro‘yxat)

Qidiruv giganti Google I/O 2021 tadbirining birinchi kunida Android 12 Beta 1 versiyasini namoyish etdi va uni o‘rnatib sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

Bill Geyts ajrashayotib, uning Microsoft’dan ketishiga sabab bo‘lgan «ishdagi ishq mojarosi» fosh bo‘ldi

WSJ jurnalistlarining ta’kidlashlaricha, bu «ishdagi ishq mojarosi» bo‘yicha surishtiruv 2000 yili boshlangan. Lekin oradan yigirma yil o‘tibgina «qing‘ir ishning qiyig‘i chiqqan».

Android 12 rasmiy promo-roligini insayder tarqatib yubordi: yangi tizimda nimalar bor?

Bizni bir qator yangi vidjetlar va tugmachalar, bir nechta yangi animatsiyalar kutmoqda. Shuningdek, unda hatto turli ilovalardan kelgan bildirishnomalarni ham guruhlarga ajratish mumkin bo‘ladi.

Google video, o‘yin va kitoblarni bitta servisga jamladi

Pandemiya ta’sirida planshetlarga talab ham ortdi; Google bu bozorni qo‘llab-quvvatlash uchun videolar, o‘yinlar hamda kitoblarni o‘zida birlashtiruvchi yangi – Entertainment Space servisini taqdim etdi.

Bill Geyts 27 yillik turmushidan keyin rafiqasi bilan ajrashmoqda

Geytsning aytishicha, 27 yillik turmushda ular uch nafar ajoyib farzandni voyaga yetkazishgan va butun dunyoda faoliyat yuritadigan yirik xayriya jamg‘armasini yaratishgan.

O‘zbekiston davlat sektoriga Zoom o‘z xizmatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotadi. Avvalroq kompaniya buni taqiqlagandi

«Biz mazkur hududlardagi videokonferensaloqa xizmati bozoridagi yondashuvimizni rivojlantirish bosqichidamiz», — deyiladi Zoom bayonotida.

Koronavirusga chalingach, Ilon Mask endi vaksina olishni qo‘llab-quvvatladi

2020 yilda koronavirus bilan kasallangan milliarder vaksinadan keyin allergik hodisalar paydo bo‘lishini ham aytgan va uni osonlikcha hal etishga yordam beruvchi vositani ham ma’lum qilgan.

Android 12 taqdim etiladigan Google I/O 2021 sanasi rasman e’lon qilindi

Kompaniya bu yil dasturchilarga mo‘ljallangan konferensiyaning onlayn tarzda o‘tishini va vaqtini oldindan aytib qo‘yaqoldi.

Barcha MDH mamlakatlarida Zoom videoaloqasidan foydalanish cheklandi!

«Endi biz keyingi harakatlarning tafsilotlarini aniqlaymiz, men kompaniyaning davlat sektori uchun alohida mahsulot ishlab chiqarishini istisno qilmayman», – degan kompaniya vakili.

Apple rasman WWDC 2021 sanasini aytdi: ilk tizerda uzoq kutilgan gadjetga ishora bor

Odatda dasturchilar uchun Worldwide Developers Conference anjumani pulli bo‘lardi, o‘tgan yil esa koronavirus pandemiyasi tufayli WWDC 2020 anjumani ilk bora bepul va onlayn o‘tkazilgan.

Qochoq mafiozni o‘zining YouTube-kanali fosh etdi

Uning Italiya milliy taomlariga bo‘lgan muhabbati internet va ijtimoiy tarmoqlarda izini topishga, shuningdek, videoda doimo yuzsiz tasvirlanadigan oshpazni tatuirovkasi orqali aniqlashga yordam berdi.

PUBG Mobile o‘z yaratuvchilariga $5 mlrd.dan oshiq foyda keltirdi: ko‘proq kimlarning cho‘ntagidan?

PlayerUnknown's Battlegrounds kompyuterlar uchun 2017 yili taqdim etilib, yangi «shohona jang» janrini ommalashtirib yuborgan. PUBG Mobile bo‘lsa 2018 yilda chiqib, uch yilda milliard martadan ko‘p yuklangan.

Mark Sukerberg internetni isloh qilishni taklif etdi

Hukumat rasmiylari tomonidan koronavirus pandemiyasi hamda 2016 va 2020 yildagi AQSh prezidentligiga saylovlar haqidagi noto‘g‘ri axborot uchun tanqid qilingandan keyin Facebook, Twitter va Google bosh direktorlari virtual tinglov doirasida Kongress

Bu yangi dastur koronavirusni yo‘tal orqali aniqlaydi!

DeepCough3D allaqachon Ispaniya va Meksikadagi shifoxonalarda yo‘talayotgan odamlarning deyarli 8,4 ming audio yozuvlarida sinovdan o‘tkazilgan.

Facebook endi gazetalarga pul to‘laydi

Hammasi Avstraliyada boshlangandi — mamlakat hukumati yangi qabul qilgan qonun Facebook va Google kompaniyalariga mahalliy nashrlarning yangiliklarini chop etgani pul to‘lash majburiyatini yukladi.

«Uzbekistan Airways»: endi ro‘yxatdan onlayn tarzda o‘tishingiz mumkin!

Endi har kim uydan chiqmasdan, vaqtini tejagan holda, aviakompaniyaning qatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishi hamda koronavirus tarqalishi sharoitida istalmagan aloqalarni kamaytirishi mumkin.

Yangi trend: Clubhouse qanday ijtimoiy tarmoq?

Ovozli muloqotga asoslangan bu tarmoqqa 1,1 mln yangi a’zo qo‘shilishi uchun yanvar oxiridagi olti kunlik kifoya bo‘ldi. Qoyilmisiz?

Bill Geyts yana bir global loyihaga 2 milliard dollar ajratdi

Geytsning fikriga ko‘ra, ekologik tadqiqotlar uchun sarflanadigan mablag‘ yetakchi davlatlar tomonidan besh yil davomida ko‘paytirib borilishi lozim.

Ilon Mask rus tilida Putinni muloqotga chorladi!

Bu shunchaki suhbatga emas, balki a’zoligi bir necha yuz dollar turadigan yangi ijtimoiy tarmoqda muloqotga chorlovdir!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш