Meizu hayot ekan: uning maxfiy kamerali yangi flagmanini videoda ko‘rsatishdi!

Xiaomi’ning asosiy raqibi – Meizu kompaniyasi bultur 8 mayda Meizu 17 smartfonlarini taqdim qilgandi. Ungacha testda ushbu model Mi 10, Huawei P40 Pro va Oppo Find X2 Pro flagmanlarini ortda qoldirgan.

O‘z narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingi: iPhone 11 atigi 9-o‘rinda!

Xitoyning Huishoubao nashri ommabop smartfonlarning yangi reytingini taqdim etdi. Unda qurilmalarning taqdim etilganidan bir yil o‘tib arzonlashuvi bo‘yicha ro‘yxat aks ettirilgan.

O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Qizig‘i shundaki, foydalanuvchilarga ko‘ra eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatida eng ko‘p o‘rinni olgan kompaniya yetakchi yoki o‘ta mashhur smartfonsozlar qatoriga kirmaydi.

2019 yilning eng barqaror smartfonlari va proshivkalari (Master Lu reytingi)

Master Lu smartfonlarning bir tekis va barqaror ishlashi, shuningdek, eng barqaror proshivka bo‘yicha 2019 yil yakunlarini ham e’lon qildi. Har ikkala reytingda ham xitoylik kompaniyalar mahsulotlari yetakchi.

To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

AnTuTu endi masalaga o‘zgacha yondashib, o‘z narxi va kuchliligi o‘zaro eng mutanosib bo‘lgan smartfonlar reytinglarini to‘rtta narx toifasiga ko‘ra tuzib chiqardi.

AnTuTu ikkita reyting chiqardi: eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar (2019 yil, oktyabr)

Benchmark jamoasi bu gal yangicha yondashdi: flagmanlar va o‘rta narxli smartfonlar uchun alohida-alohida reytinglarni taqdim etdi. Qizig‘i – ikkala ro‘yxatda ham birorta Samsung Galaxy smartfoni yo‘q!

Eng qudratli smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu, 2019 yil, sentyabr)

AnTuTu benchmarki Android-smartfonlarning samaradorlik testiga ko‘ra kuchli o‘nligini e’lon qildi. Unda joriy yilning sentyabrida mana shu servisda sinab ko‘rilgan modellarning eng qudratlilari aks etgan.

TOP-10: Eng kuchli smartfonlar bilan tanishamiz! (AnTuTu, 2019 yil avgust)

Kuchli o‘nlikning naq to‘rtta pog‘onasini bitta kompaniya smartfonlari egallagan va birinchi marta uning hamyonbop brendi vakili qudratlilar reytingiga kirgan.

AnTuTu: Eng kuchli smartfonlar safiga bu gal arzon modellar ham kirdi! (2019 yil, avgust)

Benchmark xizmatlarini ko‘rsatuvchi xitoylik mashhur kompaniya yangi reytingini e’lon qildi. Unda shu yilning avgust oyida taqdim etilgan va AnTuTu’da sinab ko‘rilgan yangi modellar samaradorligi baholangan.

Flyme 8 taqdim etildi, uning Meizu smartfonlariga tarqatilish jadvali bilan tanishing

Ushbu grafik qobiqda bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan. Meizu o‘z smartfonlarining ungachaa yangilanish jadvalini ham e’lon qildi.

AnTuTu'da yangi rekord!

Yangi vivo IQOO Pro 5G smartfoni 497,179 ball to‘plab ilgari hech bir mobil devays ko‘rsatmagan natijani qayd etdi.

Meizu 16s Pro old panelini tomosha qilamiz

Slashleaks resursi Meizu 16s Pro’ning old himoya panelini ko‘rsatdi. Suratda model yon taraflari ancha ingichka bo‘lgan hoshiyalarga ega bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Shuningdek, yuqori va pastdagi romlar ozgina uzaygan.

TOP-10: Antutu’ga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlar (2019 yil iyul)

 Ommabop Antutu benchmark-testi jamoasi ayni kundagi eng qudratli Android-smartfonlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat mahalliy – Xitoydagi foydalanuvchilar tomonidan may oyida o‘tkazilgan testlar asosida tuzilgan.

TOP-10: Antutu’ga ko‘ra mahalliy bozordagi eng kuchli Android-smartfonlar (2019 yil iyun)

Ommabop Antutu benchmark-testi jamoasi ayni kundagi eng qudratli Android-smartfonlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Ulardan ayrimlari Terashop.uz internet-do‘konimizda ham sotilmoqda.

Eng kuchli smartfonlar AnTuTu mahalliy reytingi (2019 yil may): yuqori uchtalikda faqat Xiaomi!

Qiziq tomoni – yetakchilardan sanalmish Huawei’ning bittagina smartfoni bu reytingga kirgan, uyam Honor brendiga oid.

Master Lu eng zo‘r smartfonlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2019 yil aprel)

Reytingning dastlabki to‘rtta pog‘onasidagi smartfonlar Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlaydi. Yana bir qiziq tomoni – ushbu ro‘yxatda Xiaomi’ning birorta ham modeli yo‘q!

Meizu 17 – kompaniyaning hali taqdim etilmagan ilk 5G-smartfonini «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Ushbu ilg‘or flagmanning rasmlariga qarab, bu – umuman tugmachasiz va tirqishsiz birinchi smartfon, ya’ni Mezu Zero’ning seriyali ishlab chiqarilayotgan versiyasi ekanini taxmin qilish mumkin.

Meizu 16s’ning ilk partiyasi allaqachon sotib bo‘lindi

23 aprel kuni Meizu kompanisi o‘zining yangi flagman smartfoni Meizu 16s’ni namoyish etdi. Yangi qurilmaning asosiy o‘ziga xosliklari ekran ostiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri va yuzni 0,2 soniyada aniqlash imkonini beruvchi selfi kamera bo‘lgan. Meizu

Meizu 16s namoyish etildi: SD 855 chipli va 48 MPlik kamerali flagman – 476 dollardan!

Kompaniya ushbu flagmanida ilk bora kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipini qo‘llagan. Unda zamonaviy USB Type-C porti mavjud, lekin an’anaviy 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi olib tashlangan.

«Giperkamerali» Lenovo Z6 Pro taqdim etilyapti: barcha xususiyatlari va «jonli» videosi

Lenovo Z6 Pro’ning naq 100 MPlik aniqlikda surat olishini ta’kidlashmoqda. Kamera fotochaqnog‘i yonida yangi texnologiyaning nomi – «HyperVideo» yozuvi mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш