Terashop.uz’ga yoshlarbop Mi Play ham keldi! Xiaomi smartfonlarining arzonlashgan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 3 aprel)

Bu galgi narxnomamizda ikkita yangi model – yoshlarbop Mi Play hamda 32 gigabaytlik, global versiyadagi Redmi Note 7 ham bor. Umuman, Xiaomi smartfonlari narxlari pasaydi, ro‘yxatda naq 63 ta gadjet bor!

AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)

Bugungi narxnomamizda biz uchun yangi ikkita model – AnTuTu rekordchisi Mi 9 flagmani hamda arzon Redmi 7 smartfoni ham bor. Umuman, Xiaomi smartfonlari narxlari pasaydi, ro‘yxatda naq 58 ta model bor!

Xiaomi ikkinchi avlod Black Shark o‘yinbop smartfonini taqdim etdi – xususiyat va narxlarini ko‘rib chiqamiz!

Bir qator yangi texnologiyalar bo‘yicha eng ilg‘or bo‘lgan Black Shark 2 geymerofoni 475 dollardan boshlanuvchi narxlarda taklif etiladi.

«Jonli» video: Xiaomi ko‘rsatmayotgan Black Shark 3 smartfonida PUBG o‘yini!

18 martda taqdim etiladigan Black Shark 3 (Skywalker) modelining Liquid Cooling 3.0 suyuqlikli sovitish tizimiga va allaqanday «kibersportiv akkumulyator»ga ega bo‘lishi aytilmoqda.

«Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 va eng arzon Redmi Go ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 12 mart)

Bugungi narxnomamizda biz uchun yangi uchta model – «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7, kompaniyaning eng arzon Redmi Go smartfoni hamda ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1s ham bor. Tag‘in aksiyani aytmaysizmi...

Xiaomi yangi geymerofonining taqdimot kunini aytdi, lekin u allaqachon AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

430 000 ball bu – Android-smartfonlar orasida mutlaq rekord, degani! Aftidan, «xitoycha Apple» Snapdragon 855 protsessorining barcha imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishning o‘ziga xos yo‘lini topgan.

Eng zo‘r smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil mart): yangi qirolni qarshi oling!

Ro‘yxatda Huawei’ning naq to‘rtta modeli bor, ammo eng zo‘r flagmani – Mate 20 ham atigi to‘rtinchi o‘rinda! Hatto nisbatan eski Snapdragon 845 chipli bitta smartfon ham undan yuqorida. Reyting g‘olibi esa...

Mi 9 flagmanidagi «Game Booster» o‘yin rejimini Xiaomi endi boshqa smartfonlariga ham qo‘shyapti!

Xiaomi dasturchilari «Game Booster» rejimiga ega MIUI 10 Global Beta 9.2.28 proshivkasining global beta-versiyasini tayyorlashdi va u allaqachon tarqatila boshlagan.

AnTuTu’ning yangi rekordchisi, tag‘in hamyonbop iQOO Monster geymerofoni taqdim etildi!

iQOO Monster asosan mobil geymerlarga mo‘ljallangan, shu bois ham unga bir qator «turbo-texnologiyalar» joriy etilganki, bunaqasi hali birinchi marta uchramoqda.

Xiaomi Black Shark 3 o‘yinbop smartfonini ilk «jonli» suratda ko‘ramiz!

Uchinchi «Qora Akula» ham original Black Shark hamda Black Shark Helo kabi futuristik dizaynga ega. Lekin unda RGB-chiroqlar ko‘rinmaydi – aftidan, Xiaomi bu gal ularni korpusning yonlariga o‘rnatgan.

Mi Mix 3 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 25 fevral) – aksiyasi ham bor!

Ro‘yxatda naq 53 ta smartfon bor – Toshkent shahri bo‘yicha 12 ish soati, viloyatlar markazlariga esa ikki kunda BEPUL yetkaziladi, pulini bo‘lsa keyin ham to‘layverasiz! Tag‘in aksiyani aytmaysizmi...

RASMAN: Mi 9 va Mi 9 Explorer Edition flagmanlaridan keyinoq Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti!

Kompaniya Barselonada namoyish qilinadigan smartfon modelini taxmin qilib bilib olishni fanatlarga qoldirgan. Lekin keyingi paytlarda Xiaomi shu qadar ko‘p rusumlarda smartfonlar tayyorlaganki...

Xiaomi Mi 9 prototipi «jonli» suratda!

Biroq bu qurilma birmuncha farqli – uch modulli kamera tuzilishi sal boshqacharoq, fotochaqnoq ham ko‘rinmaydi. Eng asosiysi – orqa panelda barmoq izi skaneri bor!

Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli yana bir 5G-smartfoni – Black Shark Skywalker benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan Black Shark Skywalker modeli 8 GB tezkor xotiraga ega. Ammo Xiaomi uning 10 va hatto 12 GBlik «operativka»ga ega variantlarini ham taqdim etishi kutilmoqda.

TOP-10: eng kuchli Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil fevral)

AnTuTu benchmarki jamoasi Android-smartfonlarning an’anaviy oylik reytingini e’lon qildi. Unda 2019 yilning yanvari so‘ngigacha savdoga chiqqan, ya’ni shu kunlarda amalda bo‘lgan eng kuchli modellar aks etgan.

809 000 so‘mdan boshlanuvchi Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 11 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Ro‘yxatda naq 43 ta smartfon bor – Toshkent shahri bo‘yicha 12 ish soati, viloyatlar markazlariga esa ikki kunda BEPUL yetkaziladi, pulini bo‘lsa keyin ham to‘layverasiz!

2019 yil boshidagi eng kuchli o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi): uloqni endi yana bir xitoylik ilib ketdi!

O‘tgan galgi ro‘yxatda eng yuksak to‘rtta o‘rinni birovga bermagan Huawei smartfonlari bu gal ham yuqori pog‘onalarda turishibdi. Lekin yetakchi flagman baribir boshqa kompaniyaniki.

Xiaomi yana bitta o‘yinbop smartfon – sirli Mi Play’ni taqdim etyapti!

Bu – jahon bozoriga mo‘ljallangan Pocophone F1’ning Xitoy uchun tayyorlangan modifikatsiyasi yoki Huawei’ning Honor Play smartfonlariga javob tariqasida – o‘sha narx toifasida tayyorlangan yangi model bo‘ladi.

Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Ekran «kemtigi»dagi 20 MPlik selfi-kamerasi Face Unlock funksiyali, barmoq izi skaneri displeyga joylangan Mi 8 Pro flagmani va arzonlashtirilgan boshqa Xiaomi smartfonlarining narxlari bilan tanishing!

AnTuTu reytingi: 2018 yil dekabrgacha eng zo‘r Android-smartfonlar!

Bu oyda ham eng zo‘r o‘nta smartfon reytingiga na Samsung, na xitoydan tashqaridagi boshqa biror mashhur smartfonsoz qurilmasi kira olmagan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш