TeraDayjest – haftaning eng muhim yangiliklari! (Smartfonlar)

Aziz mushtariylarimiz uchun yangi rukn ish boshladi. Ushbu ruknda hafta davomida ulashilgan eng muhim axborotlar jamlanib taqdim qilinadi. Ro‘yxatdagi maqolani o‘qish uchun, undagi oxirgi so‘zga berilgan linkka bosishingiz kerak bo‘ladi.

Nihoyat, Redmi flagmanlari nomini Xiaomi rasman aytdi: ular «Qotil» ekan! (+narxi)

Shu paytgacha mazkur flagman Redmi X, Redmi 855, Redmi Pro 2, Redmi Q va hatto Redmi K20 Pro deb nomlanib kelayotgandi, endi aniq bo‘ldi.

Barcha Mi 9’lardan kuchli Redmi 855 flagmani taqdimot oldidan Xiaomi rasmiy saytida!

Xitoylik manba tarqatgan suratda Xiaomi sayti ochilgan holdagi monitor tasvirlangan. Veb-sahifada esa Snapdragon 855 protsessorli Redmi smartfoni rasmi va asosiy xususiyatlari bilan aks ettirilgan.

Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

Mi 9 flagmani AnTuTu testida 380 000 ball olayotgan bo‘lsa, kuzatuvchilarning taxminicha, Redmi K20 Pro bemalol 400 000 ballik ko‘rsatkichdan oshgan.

RASMAN: Keyingi haftadayoq chiqayotgan Redmi K20 Pro’ning ekrani daktiloskopli va «beli baquvvat»!

7 may kuni Lu Veybing ushbu smartfonning ekranidan olingan skrinshotni e’lon qildi. Eng qizig‘i – unga ko‘ra, Redmi K20 Pro barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga integratsiyalangan ekan!

Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli arzon flagmani Redmi K20 Pro ekan! («jonli» rasm va video)

Videolavhada orqa qopqog‘i bo‘lmagan Redmi K20 Pro modelining old kamerasi mexanizmi qanday ishlashi ko‘rsatib berilgan.

Xiaomi periskop kamerali «Rafael» va «da Vinchi» smartfonlarini tayyorlayapti

Bularning ikkalasi ham Snapdragon 855 chipli flagman modellar bo‘lib, selfi-kamerasi korpus ichidan chiqadi. Tasvir aniqligi kamida Full HD+ formatli displeyga daktiloskop ham integratsiya qilinadi.

«Jonli» foto: Xiaomi xodimi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD 855 chipli Redmi flagmanini «sotib qo‘ydi»!

Suratni dastlab Xiaomi yangi mahsulotlar bo‘limi rahbari Weibo ijtimoiy tarmog‘iga yuklagan. Keyin u xatosini anglab, tezda o‘z akkauntidan bu rasmni olib tashlagan.

Redmi Note 7 Pro’ning yana bir raqibi – Realme 3 Pro taqdimoti ham e’lon qilindi (+«jonli» rasm)

Oppo qo‘sh kamerasining bosh moduli 48 MPlik, Snapdragon 710 protsessoriga ega va Fortnite videoo‘yiniga yaraydigan darajada quvvatli Realme 3 Pro smartfonini «Tezlikning uyg‘onishi» deya reklama qilyapti.

Snapdragon 855 chipli arzon Redmi 855 (yoki Redmi Pro 2) ilk «jonli» videoda: daktiloskop va old kamerasi kutilganidan boshqacha!

Redmi rahbari bu flagmanning old kamerasi korpus ichidan chiqishi haqidagi xabarlarni inkor qilgandi. Kecha esa «Redmi 855» nomli yangi smartfonning «jonli» videosi internetga chiqarilgan.

Snapdragon 855 protsessorli Redmi Pro 2 flagmani «jonli» rasmlarda: Mi 9 kabi «uchko‘z», faqat old kamerasi korpusdan chiqadi!

Redmi Pro 2’ning hech qanday «tirqish» yoki «kemtik»siz va romsiz displeyiga barmoq izi datchigi ham joylangan. Old kamera korpus ichidan chiqadi, bosh kamera esa uch modulli!

Snapdragon 855 chipli Redmi Pro 2 suratda: daktiloskopli displey, uch modulli asosiy va korpusdan chiquvchi old kamera!

Redmi Pro 2 modeli «xitoycha Apple»ning korpusdan chiquvchi kameraga ega ilk smartfoni bo‘ladi, uning optik moduli 48 megapiksellik aniqlikda selfilar olishga imkon beradi.

MIUI 11 tayyor bo‘lyapti, unga yangilanuvchi va yangilanmaydigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining mobil qurilmalari uchun grafik qobiqning keyingi – MIUI 11 versiyasini e’lon qildi. Shuningdek, joriy yilda u asosidagi proshivkani qabul qiluvchi smartfon va planshetlarini aytdi.

Xiaomi hali taqdim etilmagan Redmi X’ning «jonli» suratlarini tarqatdi!

Rasmlarni kompaniya rahbari Ley Szyun o‘zining Weibo-akkauntida e’lon qilgan. Xitoyning yirik onlayn savdo maydonchasi – JD.com saytida ham Redmi X deb nomlangan yangi smartfon paydo bo‘lgan.

«JONLI» VIDEO: Xiaomi taqdim etilmagan Redmi Note 7’ni uloqtirib-tepkilab sinab ko‘rsatdi!

Xiaomi’ning o‘zi e’lon qilgan videorolik yangi – Redmi Note 7 smartfonining mustahkamligini namoyish etishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni yerga tashlab, ustidan bir necha kishi tepkilab o‘tib ko‘rsatgan!

RASMAN: Redmi mustaqil brend bo‘lyapti, ilk smartfon taqdimoti – 10 yanvarda!

Xiaomi kompaniyasi 10 yanvarda muhim tadbir o‘tkazishini ma’lum qildi. Unda «xitoycha Apple» o‘z faoliyatidagi tub burilish haqida so‘zlab beradi va yangi smartfon taqdim etadi.

Redmi 7 yoki Redmi Pro 2: Xiaomi bu yilgi ilk taqdimotini bugunoq o‘tkazyapti!

Posterda «Forever believe that good things are about to happen» shiori bitilgan, buni esa quyidagicha o‘girish mumkin: «Biror yaxshi voqea hoziroq yuz berishiga hamisha ishoning».

QISQA VIDEO: 2018 yilda Xiaomi nimalarni taqdim etdi?

Ushbu lavhadan Mi 8 hamda yil Mi Mix 3 flagmanlarining, «sun’iy ong» hamda kraudfanding maydonchasidagi yangi mahsulotlar taqdimotlari, IKEA bilan kelishuv va yig‘ma elektr velosipedi kabilar o‘rin olgan.

Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Ekran «kemtigi»dagi 20 MPlik selfi-kamerasi Face Unlock funksiyali, barmoq izi skaneri displeyga joylangan Mi 8 Pro flagmani va arzonlashtirilgan boshqa Xiaomi smartfonlarining narxlari bilan tanishing!

48 MPlik kamerali Redmi Pro 2 – «teshik» ekranli eng arzon smartfon ham tayyor! («jonli» rasmlar)

Redmi turkumidagi yangi flagman 48 megapiksellik kamera datchigidan tashqari, ekrani «tirqish»li ilk Xiaomi smartfoni ham bo‘layotir!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш