HarmonyOS tizimli ilk qurilmani Huawei’dan ham oldin boshqasi chiqaryapti!

31 may kuni namoyish qilinadigan gadjetning tizerida «Hello, HongMeng» yozuvi ham aks ettirilgan. «HongMeng» – bu Harmony OS tizimining xitoycha nomidir.

TOP-5: Dunyo bozorida qaysi aqlli soatlar eng ko‘p sotilyapti? (2021 yil 1-chorak)

Counterpoint Research hisobotiga ko‘ra, mazkur muddatda jahon bo‘yicha sotilgan aqlli soatlar soni 2020 yilning shu davriga nisbatan 35 foizga oshgan.

Simsiz quvvatlanib, 28 soat avtonom ishlovchi Redmi AirDots 3 Pro chiqdi

Shovqinlarni tahlil etish va telefondagi suhbat chog‘ida foydalanuvchining ovozini sifatli yetkazish uchun quloqchinning har bir pallasida uchtadan – jami oltita mikrofon o‘rnatilgan.

HarmonyOS tizimli gadjetlar namoyishini Huawei videotizerda e’lon qildi

Huawei korporatsiyasi ularning taqdimot kunini Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida hamda rasmiy YouTube-kanalidagi videoda tasdiqladi.

Milliard martadan ko‘p o‘rnatib olingan navbatdagi Samsung ilovasi

Shu paytgacha janubiy koreyalik gigantning Samsung Internet, Samsung Email, Samsung Voice Recorder va boshqa ayrim dasturiy ta’minot mahsulotlari milliard martadan ziyod ko‘chirib olingan edi.

Avtonomligi 14 kunga boruvchi, GPS chipli va IP68 himoyali Realme Watch 2 Pro chiqdi (video)

Realme Watch 2 Pro smartvotchi katta – 1,78 dyuymlik, tasvir aniqligi 32x285 piksellik ekranga ega. Displeyning maksimal yorqinligi 600 nit, kadr yangilanish chastotasi esa 30 gersga teng.

Realme to‘rt xil yangi gadjetining namoyish kunini va suratlarini e’lon qildi

Joriy yilning 1-choragida Yevropa bozorida smartfon sotish hajmini eng ko‘p – naq 183 foizga oshirgan brend Realme bo‘ladi. Mazkur kompaniya boshqa devayslar yo‘nalishida ham o‘zini ko‘rsatmoqda...

Bojxonada jami $7 millionlik – salkam 40 ming juft qalbaki AirPods musodara etildi!

Agarda haqiqiy AirPods qulochinining bir jufti 200 dollar turishini hisobga olsak, kontrabandachilar ushbu bir partiya tovardan taxminan 7 million AQSh dollari miqdorida noqonuniy foyda olishlari mumkin edi.

Galaxy Buds Pro quloq kasalliklarini keltirib chiqaryapti

Samsung rasmiy saytining ta’kidlashicha, naushniklar tarkibida akrilat va nikel mavjud, shu sababli allergiyadan aziyat chekuvchi insonlarga uni uzoq vaqt taqmaslik tavsiya etiladi.

10 daqiqa quvvatlanib, 8 soat ishlovchi simsiz quloqchin chiqdi

Mazkur gadjet Bluetooth 5.2 interfeysini qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda, ammo faol shovqin so‘ndirgichlari bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noma’lum.

13 may kuni Xiaomi yana bir gadjetini namoyish etadi (+video)

Xiaomi kompaniyasi Hindiston bozoriga Redmi Note 10S smartfonini taqdim etayotgani haqida yozgan edik. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha tadbirning o‘zida Redmi brendi navbatdagi aqlli soatini ham namoyish qilar ekan.

Yangi smart-soat qon bosimini ham, qondagi shakar va alkogol miqdorini ham ayta oladi!

Uchta yangi ko‘rsatkich sensorlari salomatlikni monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ular yordamida diabet, gipertoniya va boshqa xastaliklar rivojlanishining oldini olish mumkin bo‘ladi.

Apple’ning eng yangi gadjetiga g‘ilof olish shartmas – bittagina drel bo‘lsa bas!

Devaysning qadoq jamlanmasida g‘ilof yo‘q – uni alohida xarid qilishga to‘g‘ri keladi va oddiy g‘iloflar ham uncha arzon emas. Biroq foydalanuvchilar uning uchun alohida xarajat qilmaslik yo‘lini topishdi.

2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

Apple Watch Series 6 smart-soati hamda arzonlashtirilgan smartvoch – Apple Watch SE modeli 2020 yil 15 sentyabrdagi onlayn marosimda namoyish qilingan edi.

Bitta quvvatda 12 kun ishlay oluvchi Realme Watch 2 taqdim etildi

Smartvotch boshida 14 xil sport rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq ishlab chiqaruvchi keyinroq unga yangilanishlar orqali 90 ta rejim yetkazib berishni va’da qilmoqda.

Viloyatlardagi «O‘zbektelekom» ofislarida Galaxy smartfoni xarid qilib, sovg‘aga Samsung poverbanki oling!

2021 yil 24 maygacha bo‘lgan davr mobaynida smartfonlardan biri xarid qilganda, har bir abonent sovg‘a sifatida Samsung poverbankini qo‘lga kiritadi.

Namoyishidan avval anboksing videosida Realme Watch 2 texnik jihatlari bilan tanishing!

IP68 standartiga ko‘ra suv va chang kirishidan himoyalangan Realme Watch 2 avtonomligiga 305 mA/soatlik akkumulyator mas’ul – uning to‘la quvvati qurilmaning 12 kungacha ishlashiga yetadi.

AirTag uchun g‘ilof chiqdi – aksessuarning aksessuari smartfondan ham qimmat!

Sotuv jamlanmasiga AirTag’ning o‘zi ham kirgan, sumkaga ilib qo‘yiluvchi g‘ilof – Hermès’ning bu turkum mahsulotlari orasida eng arzoni bo‘lib, 299 AQSh dollariga baholangan.

Apple bir necha yil kutilgan AirTag trekerini taqdim etdi (+video)

Brelok korpusi zanglamas po‘latdan bo‘lib, IP67 standartiga ko‘ra chang va suvdan himoyalangan. Mazkur gadjet Apple Find My ilovasi yordamida ishlaydi, akkumulyatorining quvvati bir yil ishlashga yetadi.

Aloqa operatoridan zo‘r tanlov: raqsga tushib TikTok’ka yuklang va smartfon, planshet, smart-soat yutib oling!

Yutuqqa jami 15 dona Huawei P40 hamda 30 dona Huawei P40 Lite smartfonlari, shuningdek 15 tadan Huawei MediaPad T10 plansheti va Huawei GT2 smart-soati qo‘yilgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш