Rasmiy namoyishdan oldin Galaxy Buds Pro sotuvga chiqdi – kutilganidan qimmat!

Kanadadagi riteyler – Staples onlayn do‘konida ushbu quloqchin sotuvga qo‘yilgan. Samsung Galaxy Buds Pro u yerda uch xil – kumushrang, qora va binafsharang tuslarda taklif etiladi.

OnePlus ilk taqiluvchi gadjetini chiqardi: Mi Band 5’ning arzon kushandasi! (+video)

OnePlus Band modelini uch o‘qli akselerometr, giroskop hamda pulsoksimetr (qonning kislorodga to‘yinganlik datchigi – SpO2) bilan ta’minlashgan.

iPhone 12’lar qadog‘idan aksessuarlarni olib qolish bilan Apple qancha pul tejadi?

Xo‘sh, tabiatni asrash bahonasida smartfon qutisidan ikkita muhim aksessuarini olib qolish orqali Apple qancha pulni tejaganiga qiziqyapsizmi? Counterpoint Research tadqiqot kompaniyasi buni hisoblab chiqdi.

Galaxy Buds Pro simsiz quloqchini taqdimotdan avval AirPods Pro’ga mag‘lub bo‘ldi (+video)

Samsung kompaniyasi o‘zining to‘liq simsiz Galaxy Buds Pro naushniklarini 14 yanvarda taqdim etadi. Ushbu qurilmaning «jonli» varianti ustida o‘tkazilgan test sinovlari tasvirlangan video internetga chiqdi.

2021 yili taqdim etishga Apple nimalarni tayyorlamoqda?

Tianfeng Securities tahlilchisi Ming-Chi Kuo kupertinolik korporatsiya bu yil qanday gadjetlarni namoyish etishiga doir prognozini e’lon qildi.

Samsung rasman Galaxy S21’lar taqdimot kunini aytdi – ulardan birini yutib olish mumkin! (+video)

Kompaniyaning va’da berishicha, tegishli sahifa orqali o‘z elektron pochta manzilini qoldirib, «yangi Galaxy’ning ilk egalaridan biri bo‘lish» mumkin.

Galaxy S21’lar bilan chiquvchi flagman quloqchin: narxi va xususiyatlari

Ushbu aksessuarning har bir pallasida 61 mA/soatlik akkumulyatorlar, g‘ilofida esa 472 mA/soatlik batareya qo‘llanmoqda. Shu tariqa, Galaxy Buds Pro bitta to‘la quvvat bilan 27 soatgacha ishlashi mumkin.

Yangi yil oldidan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari arzonlashdi, sovg‘alari ham bor!

23 dekabr kunining so‘ngigacha davom etuvchi «Yangi yilga uy bezaymiz» aksiyasida robot-changyutgich, smart-braslet, o‘yinbop monitor kabilarga ham chegirmalar, ayrim modellar xaridorlariga sovg‘alar ham bor.

Quvvati 9 kunga yetuvchi, GPS datchikli Mi Watch Lite taqdim etildi

Mi Watch Lite tomir urishi va uyqu monitoringi tizimiga, jismoniy mashg‘ulotlarning 11 xil rejimiga ega. Hozirda eng dolzarblaridan bo‘lib turgan nafas mashqlari uchun unga alohida ilova joriy etilgan.

AirPods Max taqdim etildi – 2020 yilgi iPhone’dan ham qimmat!

Quloqchinlar faqat simsiz rejimda ishlaydi, smartfon yoki kompyuterga ulanadi, zaryad olmasdan shovqinni bekor qilish bilan 20 soat ishlash qobiliyatiga ega. Zaryadlash uchun Lightning ulagichi ishlatiladi.

Samsung avtonomligi naq 18 soatga yetuvchi hamyonbop simsiz quloqchin chiqardi

Telefon qo‘ng‘iroqlari rejimida uning avtonomligi 13 soatga, kutish rejimida esa 500 soatga yetadi. Bu aksessuarni quvvatlash uchun korpusida zamonaviy USB-C porti qo‘llangan.

Redmi Watch ortidan uning yanada arzon, IP68-himoyali va avtonomligi yuqori raqibi chiqdi!

ZTE Watch Live’ning avtonomligi yuqoriroq – batareyaning bitta quvvatida uch haftagacha ishlay oladi! Korpusi IP68 standartiga ko‘ra chang va namdan himoyalangan, yana Xiaomi soatidan naq 10 dollarga arzon.

NFC chipli, ixcham va arzon Redmi Watch namoyish etildi

Yangi smartvochning avtonom ishlash davri 12 kungacha borishi mumkin; unga kompaniyaning Xiao Ai ovozli yordamchisi joriy etilgan. Redmi Watch suvdan himoyalangan (5ATM) va NFC moduli bilan ta’minlangan.

Note 9 turkumidagi arzon 5G-smartfonlardan tashqari, 26 noyabrda Redmi yana bir devaysini namoyish etadi!

Redmi brendining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy reklama posteri shundan darak bermoqda.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarini 22 noyabrgacha arzonroq olsa bo‘ladi!

Shuningdek, ayrim mahsulotlar xaridida turli aksessuarlar ham qo‘shib berilmoqda. Ba’zi aksessuarlarni esa rasmiy saytdan boshqa biror gadjetni xarid qilganda chegirma bilan olish imkoni mavjud.

Samsung O‘zbekiston: 30 noyabrgacha smartfon oling – poverbank sizga sovg‘a!

Sovg‘a ham chakki emas: kompaniyaning 10000 mA/soatlik sig‘imli tashqi akkumulyatori (poverbank) bo‘lib, tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega!

iPhone 12’ning «nozik joyi»ga Samsung zarba berishi mumkin

Galaxy S20 turkumining muvaffaqiyatsizligini yangi modelning savdolari bilan qoplash kerak bo‘lyapti, shuning uchun...

Xitoyliklar o‘z-o‘zini quvvatlovchi ilk smart-soatni tayyorlashdi!

Ixtirochilarning ta’kidlashicha, mazkur generator bozorga chiqarilgach, arzonligi bois talabgir bo‘lishi aniq – uning qiymati taxminan 13 dollarga teng.

Xiaomi smartfonlari, televizorlari va boshqa gadjetlariga 10 noyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor

Nafaqat bular, balki Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlar – aqlli tarozi, skuter, router va hokazolar uchun ham chegirmalar belgilangan.

Apple’ni masxara qilgach, Samsung o‘zi ham smartfonlar qadog‘idan muhim aksessuarlarni olib qolyapti!

Apple ustidan kulib, Samsung o‘z smartfonlari oldingidek quvvatlagich bilan birga yetkazib berilayotganiga ishora qilgan edi. Lekin endi uning o‘zi ham qadoqdan zaryadchik va quloqchinni olib tashlamoqchi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш