Bill Geyts qovun tushirdi: qaysi mobil operatsion tizimni yaxshi ko‘rishini boshqa tizimli qurilmasida aytdi!

Bundan avval Facebook asoschisi Mark Sukerberg ham intervyuda o‘zining qaysi kompaniya smartfonlari ishqibozi ekanini va qaysi operatsion tizimni ma’qul ko‘rishini aniq aytgan edi.

Telegram’ning yangi Android-ilovasida ishkal chiqdi

Hozirda ushbu muammo Xiaomi, Asus, OnePlus smartfonlarida, shuningdek, ayrim Samsung modellarida uchramoqda.

Android-smartfonlar uchun ham Clubhouse paydo bo‘ldi!

Clubhouse’ning faqat iOS uchungina rasmiy kliyenti chiqqan. Sankt-Peterburglik dasturchi esa Android uchun uning norasmiy talqinini yaratdi. O‘zining aytishicha, buning uchun bir kungina kifoya bo‘lgan.

Samsung’ning barcha smartfon va planshetlari egalariga zo‘r xushxabar bor!

Ro‘yxatda ko‘rish mumkinki, Samsung nafaqat Galaxy A10 va M10s kabi eng arzon modellar, balki korpusi mustahkam himoyali Galaxy Xcover seriyasidagi smartfonlarni ham e’tibordan chetda qoldirmagan.

2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari (Google Play talqini)

Xabardagi har bir o‘yinning nomiga joylangan havola orqali uni yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Barcha Android-smartfonlar sohiblariga Microsoft’dan xushxabar bor!

Microsoft hozir Windows 10 tizimli kompyuterlarda Android-ilovalarni ishga tushirish ustida ishlamoqda. Bu imkoniyat ayrim Samsung smartfonlarida allaqachon bor, biz ularning ro‘yxatini ham berganmiz.

2021-yilgi Android'lar borasida 10 bashorat

TechRepublic nashri jurnalisti Jek Uallen Android kelajagiga oid savollarga javob beradi.

Android-smartfonlar uchun Apple dizayneri yaratgan grafik qobiq chiqyapti!

Origin OS grafik qobig‘i asosidagi yangicha proshivka ushbu kompaniyaning nafaqat yangi, balki allaqachon bozorga chiqqan smartfonlariga ham taqdim etiladi.

Smartfonga masofadan turib ilova yuklashni o‘rganamiz

Smartoningiz qo‘lingizda bo‘lmasa ham, unga sevgan dasturingizni o‘rnatsangiz bo‘ladi.

Android’da avvaldan bo‘lgan YouTube funksiyasi, nihoyat, iPhone va iPad’larga ham yetib keldi! (+video)

Hozirda u kam sonli foydalanuvchilarga taqdim etilgan va faqatgina onlayn-translyasiyalarda ishlaydi. Ya’ni, bu holatni mazkur funksiyaning sinovdan o‘tkazilishi deya baholash mumkin.

Telegram’ning Android, iOS va desktop versiyasi yangilandi: videoqo‘ng‘iroq va boshqa imkoniyatlar!

Muloqot mobaynida ovozli suhbatni videosuhbatga va aksincha aylantirish mumkin. Shuningdek, videoqo‘ng‘iroq davomida uning oynasini kichraytirib burchakka taqab qo‘yib, boshqa chatlarda yozishish imkoni ham bor.

Fuchsia OS sertifikatsiyadan o‘tdi – Android’ning kuni bitdimi?

Android, Chrome OS va boshqa operatsion tizimlarning o‘rnini bosuvchi Fuchsia OS, mobil qurilmalar va kompyuterlardan tashqari, «aqlli uy» gadjetlarida ham qo‘llanadi.

Android uchun ham Civilization VI strategiya o‘yini chiqdi, tag‘in boshida bepul! (+video)

Steam do‘konida bultur eng ko‘p sotilgan o‘yinlar reytingida ikkinchi o‘rinni Civilization VI egallagan. Qadam-baqadam strategiya yo‘nalishidagi mazkur o‘yin «yashil robotchali» tizimga ham endi yetib keldi.

Nihoyat, Telegram videoqo‘ng‘iroqlari Android va macOS’da ham ishlay boshladi!

Videoqo‘ng‘iroq qila olishingiz uchun, suhbatdoshingizda ham Telegram’ning shu talqini o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Shunday ekan, bu xabarni yaqinlaringizga ham ulashing va birgalikda yangi imkoniyatdan bahra oling!

Ayfonlardagi ajoyib funksiya barcha Android-smartfonlarga ham qo‘shilyapti! (+video)

Nearby Share texnologiyasi allaqachon Android 6.0 va undan yangi operatsion tizimlardagi smartfonlarda paydo bo‘la boshlagan. Google uni kompyuterlardagi Chrome brauzeriga ham qo‘shishni rejalashtirgan.

Android 11’ning «shirin» nomi ma’lum bo‘ldi

Google kompaniyasi Android 10’dan boshlab, operatsion tizimlarni shirinliklar nomi bilan atashdan voz kechgan. Lekin xodimlar ularni kompaniya ichida shirinliklar nomlari bilan atab kelishayotgan ekan.

Android-smartfonlar uchun Microsoft antivirusi taqdim etildi

Microsoft Defender smartfonda ziyonkor dasturlar bor-yo‘qligini tekshiradi va fishing hujumlarining oldini oladi. U yana xavfsiz bo‘lmagan ulanishlarni bloklovchi SmartScreen funksiyasiga ham ega.

2021-yilgi Android'lar qaysi yadrolarda ishlaydi?

Samaradorlik oshadi, energiya sarfi kamayadi.

Google Play’dan naq 16 ta o‘yinni bepul olishga ulguring! (tayyor havolalar)

Ikkita o‘yinning bepul berilishi bugun, uchinchisiniki esa ertaga tugaydi. Qolganlarining ham bepullik muddati cheklangan, shu boisdan tezroq yuklab olishga shoshiling va bu xabarni do‘stlaringizga ham ulashing!

Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Harmony OS tizimidan tashqari, asosiy o‘ziga xosligi – old kamera uchun ekranda kemtik yoki tirqish yo‘q. Faqat displeyning yuqori qismi o‘rtasida bitta kvadrat, ikkita doiracha shakli sal-pal ko‘zga tashlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш