O‘n yillikning eng zo‘r o‘nta gadjeti (Time talqini)

Ushbu reyting gadjetlarning ahamiyati hamda atrofdagi olamga ta’siri darajasiga ko‘ra tuzilgan. Undagi har bir devays bizning hayotimizga, fikrlash tarzimizga u yoki bu darajada ta’sir o‘tkazgan.

iPhone, iPad va boshqa Apple devayslari uchun 2019 yilning eng zo‘r ilova hamda o‘yinlari

Apple qurilmalari uchun eng yaxshi deya e’tirof etilgan o‘yinlar va ilovalar ro‘yxati bilan tanishing! Har birining nomiga o‘rnatilgan havola orqali ularni yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Apple barcha iPhone va iPad’larga maxfiy tachpad joylagan, uni ishga tushiramiz!

Kupertinolik gigant o‘zining smartfonlari va planshetlarida tachpad yashirib qo‘yganini bilarmidingiz? Qurilmaning modeliga bog‘liq holda, uni faollashtirishning ikki usuli bor va ularni quyida ko‘rib chiqamiz.

RASMAN: 3 noyabrda ayrim iPhone va iPad’larda sana, GPS va Wi-Fi orqali yangilanish buziladi, hoziroq buning oldini oling!

Apple’ning rasman ta’kidlashicha, buning sababi – GPS vaqtlarining ko‘chirilish muammosidir; ushbu ko‘chirish GPS’ni qo‘llovchi chet mahsulotlarga 2019 yilning 6 aprelidan ta’sir o‘tkazib kelayotir.

iPhone va iPad’lar kelib-kelib... Xitoy uchun josuslik qilayotgan ekan!

iOS operatsion tizimidagi Safari brauzeri qurilmalarning IP-manzillarini Tencent konglomeratiga jo‘natib turar ekan. Apple ham buni tan olgan – tegishli ma’lumot Safari sozlamalariga rasman kiritilgan.

Apple yangi iPad va yangilangan iPadOS’ni taqdim etdi

7-avlodga mansub ilk iPad plansheti 10,2 dyuymlik Retina displeyi hamda A10 Fusion protsessori bilan jihozlangan. iPadOS esa planshetlarning iPhone’ga bog‘liqligini kamaytirgan va samaradorligini oshirgan.

RASMAN: Apple yangi ayfonlarning namoyish kunini aytdi!

Kupertinolik kompaniya o‘zining kuzgi taqdimot tadbirining sanasini rasman ma’lum qildi. Unda kutilayotgan asosiy yangiliklar – iPhone XR, iPhone XS hamda XS Max davomchilari bo‘lmish smartfonlardir.

Terashop.uz’da 985 000 so‘mdan boshlanuvchi Apple, Samsung va Huawei planshetlari narxlari (2019 yil 27 iyun)

Terashop.uz’dagi planshetlar tegishli muddatli rasmiy kafolatga ega va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib beriladi! Qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va elektron to‘lov) bor.

iOS 13 yoki iPadOS beta-versiyasini qaysi iPhone va iPad’larga, qanday o‘rnatamiz?

Public beta talqinini o‘rnatish uchun bir nechta harakat hamda biroz vaqt (internet ulanmasi ham) kerak bo‘ladi. Shuningdek, ularning qaysi rusumlardagi Apple qurilmalariga mos kelishiga nazar solamiz.

iPhone va iPad’lardagi YouTube ilovasida reklamadan qutulishning bepul usuli

YouTube servisi reklama ko‘rsatmasligi uchun unda pulli obunani rasmiylashtirish talab etiladi. Ammo Apple gadjetlari sohiblari uchun reklamani olib tashlashning bepul usuli ham mavjud.

Apple xavf tug‘ilishi bilan Xitoydan «juftakni rostlash»ga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi

Agarda Xitoyda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun qo‘shimcha boj joriy etilsa, AQSh bozorida Apple mahsulotlari anchagina qimmatlaydi. Kupertinolik gigant nima bo‘lganda ham bundan yutqazadi...

Apple iOS 13 operatsion tizimi taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

WWDC 2019 tadbirining eng kutilgan taqdimotlaridan biri iOS 13 tizimi bo‘lsa kerak. Mazkur namoyish chindan ham Apple ixlosmandlarining kutishlari behuda emasligini isbotladi.

iPhone va iPad’larning qaysilari iOS 13’gacha yangilanadi, qaysilari – yo‘q?

iOS 12 taqdim etilganida, o‘sha paytgacha iOS 11 talqinida ishlab kelayotgan barcha qurilmalar uchun yangilanish imkoni berilgan edi. Ammo iOS 13 versiyasini qabul qilish uchun qat’iyroq talablar qo‘yilmoqda.

Apple’ning eng ko‘p sotilayotgan gadjeti ma’lum bo‘ldi – bu iPhone emas!

Above Avalon ekspertlari gadjetlarni baholashga o‘zgacha yondashuvni amalga oshirishdi. Ya’ni, har bir devaysning savdosi boshlaganidan keyingi ikki yil mobaynidagi sotilish ko‘rsatkichlari hisobga olindi.

iPhone va iPad’larning «ota»si – Apple ko‘rsatmagan W.A.L.T ilk «jonli» videoda!

Kupertinolik korporatsiya 2007 yili moddiy klaviaturasi bo‘lmagan birinchi smartfonni taqdim etgandi. Biroq ayni shunday texnologiyaga ega ilk qurilmasini u hali 1993 yildayoq ishlab chiqargan ekan!

AnTuTu reytingi (2019 yil aprel): g‘olib – bulturgi iPad Pro, eng zo‘r iPhone esa – atigi beshinchi o‘rinda!

Android-gadjetlar reytingida faqatgina smartfonlar bo‘lsa, iOS bazasida ishlovchi qurilmalarning AnTuTu reytingida planshetlar ham bor. Nafaqat bor, balki ular eng yuqori to‘rtta o‘rinni egallagan ham!

«Qotib» ishlayotgan iPhone yoki iPad tezkor xotirasini tozalashning eng oddiy va samarali usuli

iPhone yoki iPad’ning sekinlashib qolishiga ko‘pincha tezkor xotiraning o‘ta band qilib tashlanganligi sababchi bo‘ladi. Bunda esa uni o‘chirib-yoqish shartmas, tezkor xotirani tozalash ham kifoya.

RASMAN: Apple bahorgi taqdimoti sanasini e’lon qildi!

Korporatsiya unda yangi 10 dyuymlik iPad, iPad mini 5, AirPods 2, 7-avlod iPod kabi gadjetlarni, shuningdek, yangilangan dasturiy ta’minot va media-servislarini taqdim etishi kutilmoqda.

Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

KGI Securities kompaniyasi vakili Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) o‘zining Apple bilan bog‘liq aniq prognozlari orqali mashhur. Bugun – 2019 yilning 18 fevralida u o‘zining navbatdagi prognozini e’lon qildi.

iPad odam o‘ldirgani uchun Apple’ni sudga berishdi

Bredli Ayrlend chindan ham iPad sababli kvartirada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan. Yong‘in aynan planshet nuqsoni, aniqrog‘i – uning akkumulyatori portlashi sababli kelib chiqqan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш