Apple’ning hali taqdim etilmagan beshta yangi mahsulotini iOS kodi «sotib qo‘ydi»

Bular orasidan gadjetlarning yangi versiyalari avvaldan kutilayotgan edi. Apple News Magazines esa kupertinoliklarning navbatdagi taqdimot marosimida biz ko‘radigan mutlaqo yangi servis hisoblanadi.

Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Ushbu savolga Apple’ning sobiq xodimi – mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bo‘lmish Genius Bar seksiyasida yetti yil ishlagan kishi javob bergan.

iPhone yoki iPad himoyasini buza olsangiz, 2 million dollar mukofot tayyor!

Zerodium himoya «tuynugi»ni topganlik uchun mukofotni ikki karra oshirgan. iOS hamda Android-devayslarni ochish avval «atigi» 15 ming dollarga narxlangan bo‘lsa, hozirda bunga naq 100 ming dollar to‘lashadi.

Internetda allaqachon iOS 13 tizimli qurilmalar ko‘proq «qo‘lga tushmoqda»

iOS 13 tizimli gadjetlar internetda ilk bora o‘tgan yilning oktyabridayoq «ko‘zga tashlangan». Ammo ularning faolligi dekabrning o‘rtasida kuzatilgan, yil oxiriga kelib esa pasaygan.

Apple 10 dyuymlik arzon iPad va yangi iPad mini tayyorlayapti

Ushbu aypad shu dekabrning oxirigacha ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilishi mumkin. Bu esa, Apple uni 2019 yilning fevrali oxirigacha rasman namoyish etadi, deganidir.

Epic Games afsonaviy o‘yinlar turkumini App Store’dan butkul olib tashladi

App Store’da hozirda Infinity Blade o‘yinlarini izlasangiz, natija bermaydi. Ammo bu o‘yinni avval o‘rnatgan va o‘chirib tashlagan bo‘lsangiz, xaridlar tarixi orqali uni topib, qaytadan o‘rnatishingiz mumkin.

Microsoft o‘zining Surface Go plansheti reklamasida Apple iPad’ni masxara qildi! (+video)

Qizig‘i shundaki, u shunchaki Apple planshetiga shama qilib ham qo‘ymasdan, iPad nomini aniq aytgan. To‘g‘ri, avvallari Huawei va Samsung ham kupertinolik raqib ustidan kulishgan, ammo bu darajada emas...

Xitoy va AQShning savdo jangi sababli iPhone’lar boshqa mamlakatda tayyorlanishi mumkin

Agarda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi sovuqchilik savdo masalalariga shunday soya solaversa, Apple mahsulotlari ham qimmatlashda davom etishi mumkin.

Navbatdagi iPhone va iPad’lar muhim texnologiyani Galaxy S10’dan o‘zlashtiradi

Kupertinolik korporatsiyaning keyingi avlod smartfonlari hali 2019 yilning kuzida taqdim etiladi. Ammo hozirdanoq ularning ayrim xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqala boshladi.

Apple allaqachon arzonlashtirilgan iPad 2018’larni sota boshladi!

Qayta tiklangan iPad Pro 2018 barcha modifikatsiyalarda va barcha ranglarda rasman sotuvga qo‘yilgan. Zavodda ta’mirlangan ushbu aypadlar yangilariga nisbatan 14–15 foizga arzonlashtirilgan.

AQSh va Xitoy savdo jangi tufayli iPhone qanchaga qimmatlashiga Donald Tramp oydinlik kiritdi

Xitoy tovarlariga 10 foizdan 25 foizgacha hajmdagi bojlar 2019 yilning 1 yanvaridan amalga kiritilishi rejalashtirilgan. Tramp fikricha, buni amerikalik iste’molchilar «juda yengil» qabul qila olishadi.

iPhone va iPad’larda jildlar (papkalar) nomini ko‘rinmaydigan qilamiz

Xuddi shu usul bilan barcha jildlarga ko‘rinmas nom qo‘yib chiqsangiz, ayfoningizning ish stoli minimalistik uslubda – nomsiz, faqat jildlar belgichalaridan iborat bo‘lib qoladi.

iPhone va iPad quvvatini tejashning osongina yo‘li topildi!

Agarda siz ham ayfon yoki aypadingizni iOS 12 talqinigacha yangilagan va uning quvvati tez kamayib qolayotganini sezgan bo‘lsangiz, u holda shu usuldan foydalanib, muammoni osongina hal etishingiz mumkin.

iPhone, iPad yoki iPod’ga yangi – iOS 12 o‘zi kelmasa, proshivkani yuklab olib yangilash uchun tayyor havolalar bor!

iOS 12 dunyo bo‘ylab asta-sekin tarqatilyapti, lekin kutishni istamagan foydalanuvchilar uchun har bir modelga mos proshivkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish havolalarini taqdim etmoqdamiz.

Bu havolani ochmang – u barcha Apple gadjetlarini «qotirib» qo‘yadi!

Bu zaiflik iOS, watchOS va macOS tizimlarining barida mavjud: shu havola orqali o‘tishga urinish jarayonida ushbu tizimlar og‘irlashib, qotib qoladi va oqibatda iPhone, iPad, Apple Watch yoki Mac o‘chib qoladi.

iPad do‘konning o‘zidayoq yonib ketib, uch kishini jarohatladi!

«Tez yordam» mashinasi ularni o‘pkalarini tekshirtirish uchun kasalxonaga olib ketdi. Ushbu voqea tufayli do‘konni bir necha soatga yopib qo‘yishga to‘g‘ri keldi.

iPhone va iPad xotirasini kengaytirishning soddagina yo‘li topildi!

iOS-devays xotirasini kengaytirishning g‘alati, ammo juda oson usulini topishdi – bunda deyarli hech bir jiddiy ish qilmaysiz. Kerak bo‘ladigani esa odatiy kabel hamda iTunes o‘rnatilgan kompyuter, xolos.

«Kemtik»li ekranga va Face ID tizimiga ega «iPad X» chiqishini iOS 12 «sotib qo‘ydi»!

Videorolik va skrinshotlarga ko‘ra, iOS 12 operatsion tizimida iPad’lar uchun qo‘shilgan maxfiy Face ID kodi ham mavjud. Unda yana foydalanuvchi interfeysi hamda tegishli sozlamalar menyusi ham yashiringan.

EKSKLYuZIV VIDEO: Deputat iPad’ni namoyishkorona tepkiladi va boshqalarni ham shunday qilishga undadi!

Deputat bu jarayonni videoga tushirib, «Sen-chi, o‘z Ayfoningni tepkiladingmi? Yoki Aypadingni?» yozuvi bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkauntiga joylagan.

Toshkentda iPad narxlari (2018 yil 6 aprel)

Toshkentdagi elektron qurilmalar do‘konlarida Apple planshetlarining har xil modellarini uchratishingiz mumkin. Keling, ularning shu kunlarda so‘mda ifodalangan narxlariga bir nazar solamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш