2019 yilgi ayfon hatto iPhone 12’lardan ham zo‘r sotilyapti! (2021 yil 1-chorak)

Hisobotga ko‘ra, bu davrda Apple sotgan smartfonlarning 61 foizi yangi – iPhone 12 oilasiga tegishli ekan. Shunga qaramasdan, eng xaridorgir ayfon baribir boshqa modeli bo‘lib chiqqan!

Supermarket o‘z xaridoriga olma o‘rniga... iPhone eltib berdi!

Supermarketlar tarmog‘i yo‘lga qo‘ygan ushbu marketing kampaniyasi «Super almashtirish» deb nomlanadi. Unda onlayn buyurtmalar orasidan tasodifiy bir tovar o‘rniga kutilmagan sovg‘ani solib jo‘natishadi.

Oylik bermagani uchun ishchilar iPhone zavodini vayron qilishdi

Mojaro tartibsizliklarni keltirib chiqardi, ishchilar mashinaga o‘t qo‘yishdi. Shundan so‘ng politsiya namoyishchilarni tarqatib yubordi.

Dunyo bo‘yicha eng xaridorgir o‘nta smartfon (2020 yil 3-chorak)

Ro‘yxatda uchtagina kompaniya nomi bor, shulardan birining vakillari naq beshta o‘rinni band etgan. Lekin reyting yetakchisi baribir boshqasi.

Jonli test videosi: iPhone’lardan qay birining quvvati uzoq vaqtga yetadi?

Mrwhosetheboss kanali iPhone 12 hamda uning Pro-versiyasi avtonomligini Apple’ning bundan oldingi beshta smartfoni bilan taqqoslab ko‘rsatdi – kutilmagan natija!

Smartfon bozoridagi tengsiz lider ikkinchi o‘rin egasidan uch yarim marta o‘zib ketdi!

Reyting shohsupasini va naq yarmini bitta vakillari band etgan bo‘lsa, faqat ikkinchi o‘rinda janubiy koreyaliklar smartfoni turibdi, qolgan to‘rtta o‘rinni Xitoy brendi egallagan.

Endi bor-yo‘g‘i 350 dollarga yap-yangi iPhone olish mumkin bo‘ladi!

iPhone 12 turkumi taqdimotidan so‘ng Apple naq uchta, shu jumladan eng arzon ayfonning va dunyodagi eng ommabop smartfonning ham narxini pasaytiradi!

2021 yili uchta modelda arzon iPhone SE chiqadi, biri iPhone 11 dizaynida!

Apple ixlosmandlari bu yil chiqqan hamyonbop iPhone SE 2020 modelini uzoq kutishgan edi. Insayderlarga ko‘ra, mazkur turkum yana davom etadi va kupertinoliklar endi o‘z fanatlarini intiq qilishmaydi.

iPhone SE 2020 vs Pixel 4a vs OnePlus Nord: kamera jangida kutilmagan g‘olib! (video)

Kamera jangida g‘olib kelgan smartfon har ikkala raqibidan ham arzonligi qiziq. Biroq narigi modellarda ham o‘ziga yarasha kuchli jihatlar mavjud.

Pixel 4a taqdim etildi: iPhone SE 2020 kushandasi undan 100 dollarga arzon! (+video)

Pixel 4a uchun Snapdragon 730G protsessori hamda 3140 mA/soatlik akkumulyator tanlangan. Qurilma 18 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega va tegishli zaryadnik ham smartfon jamlanmasiga kiritilgan.

Pandemiya pallasida bittagina kompaniya smartfonlari savdosi o‘sdi, tag‘in naq 25 foizga!

Eng jiddiy pasayish esa Samsung kompaniyasida kuzatilgan – janubiy okreyalik texnogigant bu chorakda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga kam smartfon sota olgan.

iPhone 12’lar bilan birga iPhone SE Plus, keyin esa – iPhone SE 3 ham chiqadi!

2020 yilgi iPhone SE modeli diagonaliga 4,7 dyuymlik ekranli va iPhone 8 smartfoniga o‘xshash bo‘lsa, uning «plyusli» avlodi biroz kattaytirilgan – 5,5 dyuymlik displeyga ega.

«Jonli» test videosi: iPhone avtonomligi va tezkorligiga iOS 14 qanchalik ta’sir ko‘rsatgan?

Blogerlar iOS 14 operatsion tizimining ayfon avtonomligiga qanchalik ta’sir etganini tekshirib ko‘rishdi. Buning uchun iPhone SE 2020 hamda iPhone 11 rusumli ikkita smartfon ustida tajriba o‘tkazib ko‘rishdi.

iPhone SE 2’ning yana bitta salbiy jihati fosh bo‘ldi

Hamyonbop ayfon 18 vattlik zaryadlana oladi, ammo shunday adapterni ham, unga tushadigan kabelni ham alohida sotib olish kerak. Lekin iPhone SE 2’ni tezkor quvvatlash borasidagi yagona kamchilik bu emas ekan.

iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

To‘g‘ri, iPhone SE 2 narxiga va xususiyatlariga ko‘ra Galaxy S20’larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib emas. Lekin Samsung aynan u sotila boshlashi bilan bu flagmanlarini bozorda ilgari surishga zo‘r bermoqda.

iPhone SE 2020 kuchliroqmi yoki 2018 yilgi iPhone XS? «Jonli» testda taqqoslaymiz!

Tim Kuk da’vosicha, iPhone SE 2 modeliga birorta ham Android-smartfon bas kela olmaydi. Xo‘sh, boshqa ayfonlarga solishtirganda, ikkinchi avlod iPhone SE qanaqa ko‘rsatkichlar namoyon etadi?

Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Korporatsiya rahbariga ko‘ra, iPhone SE 2020 aholining o‘rtacha daromadi pastroq bo‘lgan mamlakatlarda yaxshi sotilishi kerak. Bu model ko‘plab Android-smartfonlar egalarining ayfonga o‘tishlarini ta’minlaydi.

iPhone SE 2’ning haqiqiy «kushanda»si chiqyapti! (+«jonli» surat)

Yevropda uning savdosi 22 maydan boshlanadi. Smartfon bundan bir yil avval taqdim etilgan «ajdod»i bilan bir xil narxda, ya’ni 400 dollar/yevro atrofida sotiladi.

iPhone SE 2020’ning asosiy raqibi sotuvga chiqdi – uning yarim narxidan ham arzon!

Rossiyada ushbu ayfon 39 990 rubl (537 dollar) turadi. Biroq rossiyaliklar endi uning bevosita raqibi bo‘lgan boshqa smartfonni yarim narxidan ham arzonga olishlari mumkin.

Narxlarni solishtiramiz: iPhone SE 2 qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

iPhone SE 2’ning turli mamlakatlardagi narxlarini taqqoslab ko‘rishdi. Bunda uning 64 gigabaytlik varianti hisoblangan hamda tushunarli bo‘lishi uchun narxlari AQSh dollarida ham berilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш