Butun jahondagi iPhone egalari aynan qaysi modellarni tutishyapti?

Apple’ning so‘nggi avlod smartfonlaridan standart iPhone 12 modeli ommaboplik reytingida beshinchi, iPhone 12 Pro Max esa to‘qqizinchi o‘rinlarda turibdi.

2018 yilgi bu ayfon tezkorlik testida iPhone 11 va hatto iPhone 12’ni ham yengdi! («jonli» video)

Ikki yarim yil avvalgi smartfon o‘zidan keyin chiqqan ayfonlardan ham kuchli bo‘lishiga ishonasizmi? Ishonmasangiz, mana – o‘zingiz ko‘raqoling...

Eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘li topildi!

Qo‘lingizda zamonaviy iPhone 12 bilan maqtangingiz keladi-yu, lekin uni cho‘ntak ko‘tarmayaptimi? Tinib-tinchimagan xitoyliklar buning chorasini topishdi!

Rossiyada eng ommabop 10 smartfon va uchta brend («Yandeks.Market» talqini, 2020 yil)

Bu ikkita reytingdan tashqari, «Yandeks.Market» yana rossiyaliklarning smartfon tanlashda qanday mezonlarga tayanishlarini, gadjetlarning aynan qaysi xususiyatlariga ko‘proq qiziqishganini ham e’lon qilgan.

TOP-5: Rossiyada 2020 yili eng ommalashgan smartfonsozlar va modellar

Sotilish soniga ko‘ra beshtalik reytingni ham, savdosidan tushgan pul hajmiga ko‘ra top-beshtalikni ham ikkitagina brendning turli modellari band etgan. Bu ro‘yxatlarda Xiaomi’ning birorta smartfoni yo‘q.

Jonli test videosi: iPhone’lardan qay birining quvvati uzoq vaqtga yetadi?

Mrwhosetheboss kanali iPhone 12 hamda uning Pro-versiyasi avtonomligini Apple’ning bundan oldingi beshta smartfoni bilan taqqoslab ko‘rsatdi – kutilmagan natija!

Ikkita rusumdagi iPhone arzonlashib, yana ikkitasi savdodan olib tashlandi

Yangi turkum smartfonlari taqdim etilgach, Apple darhol o‘z rasmiy saytida sotilayotgan smartfonlar assortimentiga va ularning narxlariga o‘zgarish kiritdi.

Smartfon bozoridagi tengsiz lider ikkinchi o‘rin egasidan uch yarim marta o‘zib ketdi!

Reyting shohsupasini va naq yarmini bitta vakillari band etgan bo‘lsa, faqat ikkinchi o‘rinda janubiy koreyaliklar smartfoni turibdi, qolgan to‘rtta o‘rinni Xitoy brendi egallagan.

iPhone 12 chiqqach, dunyodagi eng ommabop smartfon yanada arzonlashadi!

Kupertinolik kompaniya odatda har yili yangi smartfonlarni bozorga chiqargach, eskilaridan ayrimlarining narxlarini pasaytiradi, ba’zilarini savdodan olib tashlaydi.

2019 yilning eng xaridorgir smartfoni 200 dollargacha chegirma bilan sotilyapti!

Uning xaridida, modifikatsiyasiga qarab, 100 dollardan 200 dollargacha (dastlabki narxiga nisbatan) tejash mumkin. Tejamkorlik tanlangan modelning narxiga mos ravishda o‘sib boradi.

iPhone SE (2020), iPhone SE, iPhone 11, iPhone XR va iPhone 8'larni bitta joyda taqqoslaymiz

Flagman bo‘lmasa ham, yangi iPhone'ning texnik jihatlari maqatarli darajada.

Eng xaridorgir smartfon endi qimmatlaydi – uning ishlab chiqarilishi to‘xtatildi

Bu model, garchi 2018 yili taqdim etilgan bo‘lsa-da, bultur ham dolzarbligini yo‘qotmagan. 2019 yilda ayni shu smartfon eng xaridorgir bo‘lib, 46,3 millionta sotilgan va reyting shohsupasidan joy olgan.

TOP-10: Dunyo bo‘ylab 2019 yili eng ko‘p sotilgan smartfonlar

Omdia tadqiqot kompaniyasi 2019 yilda jahon bozorida eng xaridorgir bo‘lgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. Buni qarangki, unda 2018 yilgi model birinchi o‘rinni egallagan!

TOP-10: Dunyodagi eng xaridorgir smartfonlar (2019 yil, dekabr)

2019 yilning uchinchi choragida jahon smartfon bozorida sotilgan barcha qurilmalarning taxminan 17 foizi mana shu o‘nta modelga to‘g‘ri kelgan.

TOP-10: Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida kutilmagan yetakchi!

Eng xaridorgir smartfonlarning o‘ntaligiga faqat to‘rttagina ishlab chiqaruvchining turli rusumli smartfonlari kirgan.

Ikkinchi marta “yetim qolgan“ iPhone xronologiyasi

Butun dunyoni lol qoldirgan iPhone'ning rivojlanish tarixi bilan bir tanishib chiqing.

Video: Apple reklamada iPhone XR’ning rekordchi jihatini aytib maqtandi

Chindan ham, iPhone XR modeli shu xususiyatiga ko‘ra barcha ayfonlarni va hatto aksariyat Android-smartfonlarni ham ortda qoldiradi.

Galaxy S10e avtonomligini ham iPhone XR bilan solishtirib ko‘rishdi. Afsus...

iPhone XR nafaqat Galaxy S10e’dan, balki Galaxy S10+ va Galaxy Note 9 kabi flagmanlaridan ham ustun kelgan! Unga bu yo‘nalishda salgina yaqinlashgan model esa xitoyliklarning bir flagmani bo‘lgan...

Eng ko‘p sotilayotgan ayfon qaysi biri? Tim Kuk aniqlik kiritdi

Tim Kukning aytishicha, savdosi boshlanganidan buyon shu model eng xaridorgir ayfon bo‘lib kelayotir. Butun dunyoda uning sotilish ko‘rsatkichlari iPhone XS va iPhone XS Max ko‘rsatkichlaridan anchagina yuqori.

iPhone XR’ning asosiy afzalliklarini Apple antiqa reklama roligida ko‘rsatib berdi

«Rang uchun joy qoldiring, – deyiladi ushbu video tavsifida. – iPhone XR’dagi to‘liq ekranli Liquid Retina displeyiga baho bering – avtonomlik vaqti bo‘yicha eng yaxshi smartfon».

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш