Ekspert eng oson buziladigan parol turlarini aytdi

Mutaxassisning ta’kidlashicha, aksariyat foydalanuvchilarning eng katta muammosi shundaki, ular «qwerty» turidagi yoki tug‘ilgan kuni sanasidan iborat bo‘lgan eng sodda parollarni qo‘llashadi.

TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

iOS 14 tizimi almashuv buferiga «mo‘ralaydigan» ilovalarni ham fosh eta boshladi. TikTok shu bilan qo‘lga tushgach, xitoyliklar ilovaning bu opsiyasini olib tashlashdi, lekin bu bilan u josuslikni to‘xtatmadi...

Islom akademiyasida internetdagi mafkuraviy va diniy tahdidlarga qarshi turuvchi mutaxassislar tayyorlanadi

2020-2021 o‘quv yilida davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlariga ko‘ra, «Axborot xavfsizligini boshqarish» mutaxassislik yo‘nalishiga jami 25 nafar talaba qabul qilinishi nazarda tutilmoqda.

Ekspert maslahati: Smartfonda Bluetooth’ni nega o‘chirib qo‘yishingiz kerak?

Bluetooth hamisha yoqiq turishi akkumulyator quvvatining tezroq sarflanishiga olib keladi. Lekin ushbu moduli yoqiq qolishining eng katta xavfi bu emas, deydi mutaxassis...

Bugun hech kimning tug‘ilgan kuni emas! Buni hammaga tarqating va «bonus»ga ega bo‘ling!

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi va dezinformatsiya haqida so‘z boradi.

WhatsApp’dagi kontaktlar va yozishmalar Google’ga chiqib ketdi!

Axborot xavfsizligi mutaxassisi aniqlashicha, WhatsApp funksiyalaridan biri tufayli messenjerdagi kontakt raqami va hatto u jo‘natgan xabar matni ham Google qidiruvida chiqar ekan!

Zoom sizning ma’lumotlaringizni FBRga berib kelayotganini rasman tan oldi!

Zoom ijrochi direktori Erik Yuanning ta’kidlashicha, videokonferensiyalar servisidan bepul foydalanganda trafik shifrlanmaydi. Mazkur funksiya Zoom’ning pulli obunachilaridagina amal qiladi.

Pandemiya sharoitida AQSh va Isroilga kiberhujumlar oshmoqda

Isroil – kiberxavfsizlik sohasida yetakchilardan: maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan minglab askarlari harbiy xizmatini razvedka va kiber bo‘limlarda o‘tab, so‘ng shu yo‘nalishdagi noharbiy kompaniyalarda ishlaydi.

2014 yildan beri chiqqan barcha Samsung smartfonlari xavf ostida ekan! (+«jonli» video)

Mazkur himoya tuynugini topgan xavfsizlik mutaxassisi xakerlar undan qanday foydalanishlari mumkinligini ham ko‘rsatib bergan! Shundan so‘ng Samsung’ning paytavasiga qurt tushgan...

Yarim million Zoom akkaunti tus tilli anonim Telegram-kanalda sotildi

Yil boshidan beri kapitallashuvi ikki baravar o‘sgan Zoom servisi konferensiyalar xavfsizligi ustida ish olib borayotganligini va kiberjinoyatlarni tekshirish uchun uchinchi tomon kompaniyalarini yollaganini aytdi.

Koronavirus haqida yozib kelayotgan blogerlar izsiz g‘oyib bo‘ldi

Blogerlar tarafidan ishlatilgan Terminus2049 nomli saytda, hukumat tomonidan senzuraga uchragan, bloklangan yoki o‘chirilgan xabarlar boshqatdan e’lon qilinib borilgan edi.

Chrome foydalanuvchilari yana xavf ostida!

Chrome 81 tarqatila boshlaganidan keyin bir necha kun o‘tib, uning kodida xavfli zaiflik mavjudligini Google tan oldi. Himoyadagi mazkur tirqish ovozni tanish funksiyasiga bog‘liq ekanligi aytilmoqda.

Maxfiylik bo‘yicha eng kuchli va eng yomon brauzerlar reytingi

Deyarli barcha brauzerlar foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi, ammo ayrimlari bu borada faolroq bo‘lib, ko‘proq joylarga jo‘natadi...

Xakerning onasi turmaga kirib, barcha kompyuterlarning himoyasini buzib chiqdi!

Soqchilar nafaqat uni qarshiliksiz kiritib yuborishgan, balki hatto qo‘lidagi smartfonini ham olib qo‘yishmagan. Natijada xakerning onasi xakerlik jarayonlarini videoga olishga ham erishgan.

Turli gadjetlardagi eng zaif parollar: o‘zingiznikini tekshirib qo‘ying!

F-Secure kompaniyasining kiberxavfsizlik mutaxassislari eng ishonchsiz parollarni e’lon qilishdi. Bular – pochta yoki biror servisdagi akkaunt paroli emas, balki turli devayslarga qo‘yiladigan parollardir.

Ilon Mask barchani Facebook’ni yo‘q qilishga chaqirdi

Aytish kerakki, bu – Facebook’ka qarshi Ilon Maskning birinchi e’tiroz bildirib chiqishi emas. 2018 yili u Tesla kompaniyasining ushbu platformadagi sahifasini o‘chirib tashlagan edi.

Ehtiyot bo‘ling: eng ommabop messenjer orqali fayllaringizni o‘g‘irlash yo‘li topildi!

Xaker messenjerda maxsus xabar jo‘natadi, uning ichida prevyu-havola bo‘ladi. Qabul qilgan tomon havolani bossa, modifikatsiyalangan JavaScript-kod yordamida xaker uning qurilmasiga kira oladi.

Qanday qilib Microsoft’dan 20 000 dollar undirish mumkin?

Microsoft faqat jiddiy kamchiliklarni aniqlaganlarni mukofotlaydi. Deylik, uning serverlarini buzib kirish mumkin bo‘lgan xatolikni aniqladingizmi – korporatsiya buning uchun pulni ayamaydi.

Bu messenjerning xavfidan hatto BMT rahbariyati ham ogohlantirgan!

Bosh kotib rasmiy vakilining o‘rinbosari Farhon Haqning aytishicha, BMT xodimlariga mazkur ilovadan voz kechish bo‘yicha rasmiy buyruq 2019 yilning iyunidayoq berilgan ekan.

Telegram asoschisi: «Bu servis endi rasman sizlarni kuzatish jihoziga aylangan!»

«Sizning shaxsiy xabarlaringizni saqlash uchun undan foydalanadigan (WhatsApp singari) ilovalar ham ushbu muammoning bir qismidir», – deydi Durov.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш