Mayning kompaniyasi ko‘mir chiqindilaridan bitkoin olishni rejalashtirmoqda. Bu nimani anglatadi?

Ta’kidlanishicha, 200 tonna ko‘mir chiqindilarini yoqish bitta bitkoin qazib olish uchun zarur bo‘lgan energiya xarajatlarini qoplashi mumkin.

«Xalq so‘zi»ga hujum qilgan mashhur xakerlar guruhi endi Ilon Maskka qarshi urush ochdi (+video)

Anonymous guruhi e’lon qilgan so‘nggi videorolik Maskka qaratilgan bo‘lib, xakerlar unda tadbirkorning o‘ziga va uning Tesla kompaniyasiga bir qator ayblovlarini ilgari surishgan.

O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

Qaror loyihasiga ko‘ra, amaldagi qonun o‘zgartirilib, O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiqarish yoki aylantirishga ruxsat beriladi.

Ilon Mask Tesla avtomobillarini bitkoinga sotish boshlanganini e’lon qildi

Tesla kompaniyasi 24 mart kuni o‘z mahsulotlari uchun bitkoinlar bilan to‘lash imkoniyatini qo‘shdi.

Bitkoinning yangi rekordi – u bir yilda 15 baravarga qimmatlab, narxi 60 ming dollardan oshdi!

Kriptovalyutaning narxi bo‘yicha avvalgi rekord 21 fevralda qayd etilgan edi – u paytda bitta bitkoin 58 ming dollarga tushdi.

Toshkentda naq 23,4 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar ushlandi

Ular bitkoinni 49 670 dollarga baholab, 0,45 bitkoinga o‘zining 5% ustama foydasini qo‘shib hisoblab, 0,45 bitkoinni kelishilgan «elektron hamyon»ga o‘tkazib berib, evaziga dollar olayotganda qo‘lga tushgan.

Tesla bir yillik elektrokar savdosidan ko‘ra bir oyda bitkoinda ko‘proq daromad oldi!

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, butun boshli 2020 yil mobaynida bu kompaniyaning elektrokar sotishdan topgan daromadi «atigi» 721 million dollarni tashkil etadi.

Bitkoin kursi 50 ming dollardan oshib rekord o‘rnatdi

Tesla tomonidan 1,5 milliard dollarga bitkoinlar sotib olingani haqidagi yangiliklar fonida kriptovalyuta qiymati yangi rekordlarni o‘rnatishda davom etmoqda.

Bitkoin narxi salkam $48 000 ga yetdi – bu rekordga Tesla sababchi!

Tesla bitkoin uchun naq 1,5 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Shuningdek, u kelajakda o‘z elektrokarlariga kriptovalyuta bilan to‘lov qilish imkoniyatini ham yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini e’lon qilgan.

Dunyodagi eng boy odam bitkoin borasidagi afsusini bildirdi

Milliarder dekabr oyida o‘z tvitterida Tesla kompaniyasining balansini to‘liq bitkoinga o‘tkazish mumkinmi-yo‘qligiga qiziqish bildirgan. Holbuki, bungacha u eng ommabop kiriptovalyutani yerga urib kelgandi.

Ilon Mask bitta tviti bilan bitkoin narxini yana $5000 ga ko‘tarib yubordi!

Shu paytda deyarli 32 ming AQSh dollari bo‘lib turgan bitkoin narxi Maskning ushbu tvitidan keyin 37 ming dollarga chiqib ketgan!

«Real» sobiq hujumchisi bitkoinga sotilgan ilk futbolchi bo‘ldi

37 yoshli futbolchi Ispaniya uchinchi ligasining «Internasonal» klubi safiga qo‘shildi. Shartnoma qiymati ma’lum qilinmagan.

Bitkoin narxi tarixiy maksimal darajani yangiladi

Ushbu kriptovalyuta 2020 yil dekabr oyining ikkinchi yarmidan qimmatlashni boshladi. 16 dekabrda bitkoin 20 ming dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tib, rekord qayd etgandi. Shundan beri u o‘sishda davom etyapti.

Bitkoin bir kunda naq 2 ming dollarga arzonlashdi!

Umuman olganda, 2020 yil mobaynida bitkoin narxi deyarli to‘rt baravarga oshgan – bahorda bittasi 5 ming dollarga baholangan ushbu kriptopul qiymati noyabrda 19 ming dollarlik chegaradan o‘tgan.

PayPal orqali endi kriptovalyuta olish va sotish ham mumkin

Bu tizimda kriptovalyuta saqlangani uchun to‘lov olinmaydi va 2020 yil 31 dekabrgacha tizim kriptovalyutani sotib olish yoki sotishda hech qanday komissiya olmaydi.

Poytaxtimizda bitkoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar ushlandi (+video)

Tadbir yakunida T.T.dan 402 071 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan. Bir necha kishiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Apple asoschisi bitkoin mojarosi sababli YouTube’ni sudga berdi

Apple asoschisi fikricha, servis nafaqat firibgarlik lavhalarining joylanishiga yo‘l ochib beradi, balki ularni o‘zi targ‘ib qilib, foydasiga ham sherik bo‘lyapti.

«Ahmadboycha» firibgarlik: Twitter’ni buzib kirgan xakerlar Apple, Ilon Mask va boshqalar akkauntlaridan bitkoin o‘g‘irlashdi!

Xakerlar turli eng mashhur akkauntlar nomidan bir xil post chiqarishgan: ularda bitkoin-hamyonga pul o‘tkazishni so‘rashgan va keyinchalik uni ikki baravar qilib qaytarishga va’da berishgan.

Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi va 190-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Apple xodimi hali chiqmagan iOS 14 tizimli iPhone’ni ikki bitkoinga sotdi! (+«jonli» video)

Mazkur ma’lumotni e’lon qilgan insayder Ben Geskin ham ushbu postini o‘chirib tashlagan, lekin foydalanuvchilarda uning skrinshoti saqlanib qolgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш