Nufuzli insayder birinchi buklama iPhone haqida xabar berdi

Apple «raskladushka» ayfon chiqarmoqchi ekani, ammo Samsung’dan cho‘chiyotgani ancha avval ma’lum bo‘lgan. Bultur esa u buklama iPhone uchun Samsung’dan qayishqoq displeylar sotib ola boshlagan.

Yarim narxli kambag‘albop buklamafon – Galaxy Fold Lite surati chiqdi

Original Galaxy Fold’dan uning farqi – bosh kamerasi uchta emas, balki ikki modulli; tashqi displeyi ham ixcham tasmacha shaklida. Snapdragon 865 protsessori o‘rnatilsa-da, u 5G tarmog‘ida ishlay olmaydi.

Apple buklama iPhone uchun yangicha – qayishqoq akkumulyator tayyorladi!

Patentda qayishqoq batareyali mobil qurilma tuzilishi bayon qilingan. Alohida bo‘limda esa yangicha akkumulyatorning buklama displeyga integratsiyalanishi ham aytib o‘tilgan.

Galaxy Z Flip kutilganidan arzon narxda taqdim etildi! (+video)

Samsung vakili taqdimotda u haqda: «Siz shishani emas, balki fizika qonunlarini buklaysiz», deya dadil gapirgan.

Samsung kutilmaganda «Oskar» tadbirida Galaxy Z Flip’ni namoyish etdi! (+rasmiy video)

10 fevral kuni o‘tgan yilning eng zo‘r filmlarini taqdirlovchi «Oskar» marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda reklama beruvchilar o‘zlarining muhim mahsulotlarini namoyish etishdi.

Xitoy regulyatorida Xiaomi’ning yana bir – Mi Mix Fold buklamafoni «qo‘lga tushdi»!

Mi Mix Fold ekranining tirqishida qo‘shaloq kamera ko‘zga tashlanadi. Undan smartfon «yoyiq» bo‘lgan holatda ham, «yopilgan» holatdayam foydalansa bo‘ladi – selfi uchun boshqa kameraga ehtiyoj yo‘q.

Galaxy Z Flip buklamafonining narxi haqida xushxabar bor!

Samsung bunchalik arzon sota olishi uchun Galaxy Z Flip’ga o‘tgan yilgi Snapdragon 855 protsessorini o‘rnatgan. Uni 11 fevralda, Galaxy S20 turkumidagi flagman smartfonlari bilan birga ko‘rsatishadi.

11 fevralda chiqayotgan Galaxy Z Flip smartfonini «jonli» rasmda ko‘ramiz

Mish-mishlarga taniqli insayder Ice Universe chek qo‘ydi: uning yozishicha, Galaxy Bloom – innovatsion devaysning shunchaki ishchi nomi ekan. Bozorga esa uni Samsung Galaxy Z Flip nomi ostida chiqarishadi.

CES 2020: Dunyodagi ilk haqiqiy buklama planshetni xitoyliklar namoyish etishdi

Lenovo ThinkPad X1 Fold shu yilning ikkinchi yarmidan, 2499 dollar narxida savdoga qo‘yiladi. Uning jamlanmasiga ko‘tarib qo‘yiluvchi taglikli charm g‘ilof, Mini Fold klaviaturasi hamda stilus ham kiradi.

Samsung «raskladushka»sini ilk «jonli» rasmlarda batafsil tomosha qiling!

Samsung xuddi Motorola RAZR singari – tikkasiga buklanuvchi «raskladushka»dan tashqari, har ikki tomonga bukiluvchi smartfon ham tayyorlamoqda.

Mashhur narkobaronning akasi eng arzon buklamafon taqdim etdi va Apple’ni yakson qilishga so‘z berdi!

Escobar Fold 1 diagonaliga 7,8 dyuymlik AMOLED-displeyga ega. Full HD+ sifatida tasvir uzatishga qodir ekran o‘rtasidan bukiladi. Qo‘shimcha ekrani yo‘qligi boisdan smartfondan ko‘ra ko‘proq planshetga o‘xshaydi.

Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Ikkinchi buklamafon Snapdragon X50 modemli Snapdragon 855 Plus protsessori bazasida ishlaydi. Shuningdek, tashqi elementlarida ham farqlar bor – ular Galaxy Fold’ga nisbatan takomillashtirilgan.

Motorola RAZR izidan: yana ikkita xitoylik smartfonsoz «raskladushka» tayyorlamoqda

Ulardan birinchisi «raskladushka» tayyorlashni hatto Motorola’dan ham avval boshlagan ekan. Yetakchi smartfonsoz esa qiziq – yoyilganida tashqi displeyi yashirinadigan buklamafon ustida ishlamoqda!

Nihoyat, Huawei ham 5G-buklamafonini sota boshladi, lekin kutilganidan ham qimmat!

Mate X 5G’ning ushbu versiyasi Kirin 980 chipsetiga tayanadi, u Huawei’ning o‘z ishlanmasi bo‘lmish 5G-modem – Balong 5000 chipi bilan to‘ldirilgan.

Samsung yana bir buklamafonining taqdimot kunini rasman aytdi!

Taniqli insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) e’lon qilgan rasmiy reklama posteri uning Samsung W20 5G modeli ekanini va namoyish kunini ham ko‘rsatdi.

Yarim yil kutilgan smartfon aytilganidan naq ming dollarga qimmat narxda sotuvga chiqyapti!

Bu – hali Xitoydagi narxi, global bozorda esa uni yanada qimmat sotishlari aniq!

Huawei eng innovatsion smartfonini ertagayoq, tag‘in yarim narxida sotuvga chiqaryapti!

Arzonlashtirilgan Mate X bilan birga, to‘laqonli – eng yangi Kirin 990 protsessorli va to‘liq xotirali versiyasi ham chiqadi. Uni ham dastlab aytganidek 2563 emas, balki arzonroq – 1979 dollardan sotishadi.

RASMAN: Qayishqoq displeyli «raskladushka» – Motorola RAZR namoyish kuni aniq!

Taqdimot tadbiri Los-Anjeles shahrida, «An original unlike any other» («Boshqalardan farqli original») shiori ostida tashkil etiladi.

VIDEO: Huawei Mate X jamlanmasida qanday yoqimli syurprizlar bor?

Mate X rasmiy taqdimot paytida Kirin 980 protsessori bazasiga qurilgan bo‘lsa, hozir uni beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydigan Kirin 990 5G chipsetiga almashtirishgan.

Samsung’ning yangi smartfoni ikki yarim baravarga qimmat – salkam 5000 dollardan sotilyapti!

Shunday bo‘lsa-da, hozircha dunyoda tengi yo‘q bo‘lgan ushbu buklamafonni birinchilar qatorida qo‘lga kiritish uchun ikki yarim baravar pul to‘lashga tayyor xaridorlar topilganiga nima deysiz?!.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш