Samsung yana Galaxy Fold uchun buyurtma ola boshladi!

The Investor nashriga ko‘ra, namoyish 18, 19 yoki 20 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni – «ashaddiy raqib»ning yangi avlod iPhone’lari sotila boshlashidan avval.

VIDEO: Dunyodagi ilk buklama smartfonni JerryRigEverything ayovsiz sinab ko‘rsatdi

Royole FlexPai ekrani yoqib ko‘rilganida ko‘pga chidamadi, ammo shikastlanish oddiy OLED-panellardagidan ko‘ra boshqacharoq tus oldi. Smartfonni noto‘g‘ri tomonga buklaganda ham displey lat yegani yo‘q, lekin...

Huawei rahbari aeroportda Mate X bilan «qo‘lga tushdi»!

Richard Yu mazkur smartfonni ishlatayotgan ekan va uni suratga olishlariga ham ruxsat bergan. Keyin uning «jonli» rasmlarini Weibo tarmog‘ida tarqatishgan.

Samsung rasman e’lon qildi: Galaxy Fold sentyabrda sotuvga chiqadi!

Ekranning qo‘shimcha himoyasi uchun Samsung bukiluvchan qismiga maxsus qoplamalar o‘rnatgan. Shuningdek, sharnir va korpus orasini yanada yaqinlashtirgan, ekran muhofazasi uchun qo‘shimcha metall qoplama qo‘shgan.

Samsung amalladi: Galaxy Fold ikki xil versiyada qayta chiqyapti, jiddiy farqlari bor

O‘tgan hafta Samsung Display vitse-prezidenti Kim Son-chxol (Kim Seong-cheol) ushbu smartfondagi muammolar hal etilgani va u bozorga chiqishga tayyor ekanini aytgandi.

Xiaomi ertaga Mi Band 4'dan tashqari yettita qurilmani, shu qatorda "dunyoni o‘zgartiruvchi" sirli mahsulotini ham taqdim qiladi!

Xiaomi barcha davrlarning eng yaxshi startaplaridan biri va ushbu kompaniyaning har bir e’loni boshqa texnogigantlarniki kabi muhim ahamiyatga ega. Ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, tizeriga ko‘ra naq sakkizta qurilma ko‘rsatilishi aytilayotgan namoyish, ayni

Ikkinchi urinish: Samsung Galaxy Fold ham Huawei Mate X bilan bir vaqtda sotuvga chiqadi

Samsung ushbu inqilobiy qurilmasini asosiy raqibi – Huawei Mate X gadjetidan 2-3 oy avval sotuvga chiqarib ustunlikka erishmoqchi edi. Biroq uning ekranidagi muammolar sababli qaytarib olingach...

Tianma kompaniyasi Galaxy Fold’nikidan ham zo‘r buklama displey yaratdi!

Qayishqoq displeylar bozoriga Tianma’ning ham kirib kelishi buklama smartfonlar yaratuvchilar uchun tanlash imkoniyatini yanada kengaytiradi. Tabiiyki, bu raqobat narxga ham ta’sir etadi.

Lenovo qayishqoq ekranli ilk noutbuki – ThinkPad X1 modelini namoyish etdi!

ThinkPad X1 modeli Windows operatsion tizimida bemalol ishlay oladi. To‘laqonli moddiy klaviaturasi yo‘qligi bois u bir qaraganda katta buklama planshetga ham o‘xshab ketadi.

Samsung ham «g‘isht» smartfon tayyorlayapti, tag‘in buklama ekranli!

Mazkur devays bukilgan (aniqrog‘i – o‘ralgan) holida uning to‘rtta tomonidagi ekranlarida turli ma’lumotlar aks etib turishi mumkin. Aftidan, Samsung uni stolga qo‘yib qo‘yishga mo‘ljallagan.

Boy xonimlar uchun: Louis Vuitton qayishqoq AMOLED-displeyli sumkalar namoyish qildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan LV Cruise 2020 ko‘rgazmasida Louis Vuitton ikkita innovatsion sumkani namoyish etgan: ulardan biri bitta, ikkinchisi esa ikkita ekranga ega.

Dunyodagi chinakamiga birinchi buklama smartfon allaqachon sotib tugatildi (+video)

Samsung o‘zining Galaxy Fold modelini qayishqoq ekranli ilk buklama smartfon sifatida reklama qilmoqda. Ammo amalda undan ham avval Royole FlexPai sotuvga chiqib ham ulgurgandi.

«Inqilob» amalga oshmadi: Samsung barcha Galaxy Fold’larini qaytarib olyapti!

Galaxy Fold smartfonlarining eng muhim joyi – ekranida muammo chiqqan: ayrimlarida displeyning ba’zi joylari bo‘rtib qolgan, boshqalarda esa uning sensori teginishlarni to‘g‘ri qabul qilmagan...

Samsung noiloj Galaxy Fold muammolarini rasman tan olib, uzr so‘radi

Samsung marketing maqsadlarida Galaxy Fold modelidan bir nechtasini jurnalistlarga va taniqli kishilarga hadya etib, shuning videolarini ham tarqatgandi. Ammo bu kampaniyaning oxiri boy bo‘ldi...

Galaxy Fold buklama smartfonini Samsung muddatidan avval va negadir yashirin sota boshladi!

XDA Developers hamjamiyati dasturchilaridan biri Samsung’ning saytida shunday sahifani topib oldi – u yerda Galaxy Fold uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridni rasmiylashtirish mumkin!

Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon ijara saytiga chiqdi: «ikki karra buklama displey», 60 MPlik kamera!

Saytdagi ma’lumotga ko‘ra, ushbu flagman «ikki karra buklama ekran»ga ega. Aftidan, bu yerda displeyning har ikki tomonga bukila olishi yoki ikki joyidan buklanishi nazarda tutilgandir.

«Jonli» video: Sharp ham buklama smartfonini namoyish etdi!

Sharp yopiq taqdimotda ushbu qurilmaning yakuniy varianti har ikki tomoniga bukila olishini aytgandi. Ammo videoda ko‘rsatilgan smartfon prototipi faqat bir tomonga buklangan.

Xiaomi yana buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatib maqtandi

Smartfonda sahifani tomosha qilgach, bosh sahifaga qaytish uchun ekranning chap chekkasidan silanadi. Uni buklash ham qulay va tez kechadi, bunda interfeysning ixcham rejimga o‘tishi ham tez sodir bo‘lgan.

Samsung yana ikkita buklama smartfon tayyorlayapti, ulardan biri Huawei Mate X’ga o‘xshaydi

Bittasining displeyi tikkasiga buklanadi, ya’ni klassik «raskladushka» form-faktorida, ikkinchisi esa xuddi Galaxy Fold’ning asosiy raqibi – Huawei Mate X kabi mexanizmga ega bo‘ladi.

«Jonli» video: bitta Mate X narxiga uchta buklama 5G-smartfon – Energizer Power Max P8100S olish mumkin!

Android 9.0 Pie tizimli bu 5G-smartfon Snapdragon 855 chipi, 8/256 GB xotira, 48+12 MPlik bosh va 24 MPlik old kameraga ega. Akkumulyatori esa buklama gadjetlar uchun rekord darajada – 10 000 mA/soatlik!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш