Geekbench yana bir arzon smartfon – Galaxy A02s modelini oshkor etdi

Galaxy A02s modeli 3 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda Android 10 operatsion tizimiga ega. Tabiiyki, bunaqa texnik ko‘rsatkichlarga ega smartfonning narxi ham 100–120 dollar atrofida bo‘ladi.

iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

Avtonomlik testida iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi iPhone 11 va iPhone 11 Pro’larga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Lekin samaradorlik bobida ular zo‘r ekan!

Tez orada chiqadigan Galaxy M02 arzon smartfoni xususiyatlarini Geekbench fosh qildi

Galaxy M02 testda past natija qayd etgan; garchi barcha texnik xususiyatlari buniki bilan bir xil bo‘lsa-da, Galaxy A02 modeli ayni shu benchmarkda bundan 8 baravar yuqori ochko to‘plagan edi.

Narxi 130 dollarga ham bormaydigan Samsung Galaxy A02 hamda Galaxy M02 tayyor!

Samsung Galaxy A02 smartfoni ommabop GeekBench benchmarkida tekshirib ko‘rilgan. Uning ma’lumotlar bazasida aks etishicha, bu model 2/32 gigabaytlik xotiraga va noma’lum Qualcomm protsessoriga ega.

Qarshi oling: Geekbench servisida tezkorlik bo‘yicha yangi qirol!

Mazkur flagman oldingi rekordchilarning ko‘rsatkichlaridan salkam bir yarim baravarga yuqori natija namoyon etdi!

OnePlus’ning yana bitta arzon smartfoni Geekbench’da qo‘lga tushdi!

OnePlus Bengal’dan oldin – sentyabrda esa, «Aslo qotmas» smartfonlar tayyorlovchi xitoylik bu kompaniya atigi 200 dollarga naq 6000 ma/soatlik batareyaga ega OnePlus Clover modelini taqdim etadi!

Flagman protsessorlar jangi: Dimensity 1000+ deyarli barcha benchmarklarda Kirin 990 5G’ni mahv etdi!

Xiaomi’ning yubiley flagmanlari namoyishidan so‘ng mutaxassislar yetakchi chipsozlarning bozorga chiqib ulgurgan flagman protsessorlarini turli benchmarklarda yana sinab ko‘rishdi.

Galaxy S20 seriyasidagi arzon flagman chiqmay turib hafsalani pir qildi

Samsung unda unchalik kuchli bo‘lmagan – 12 + 12 + 8 MPlik kamera qo‘llayapti. Ammo bu ham hali hammasi emas: Galaxy S20 Lite texnik jihatlari nomiga yarasha «yengil» bo‘lsa-da, narxi «og‘ir»roq bo‘lib chiqadi.

Balki ishonmassiz, lekin Galaxy Note 20 birinchi testdayoq Galaxy S20+’ga mag‘lub bo‘ldi!

Samsung yangi fabletlarda Exynos 990’ning oddiy emas, balki kuchaytirilgan versiyasini qo‘llashi, u hatto Snapdragon 865+ chipsetidan ham zo‘rligi aytilgandi. Lekin bu yolg‘onni Geekbench servisi fosh etdi.

«Jonli» test videosi: iPhone avtonomligi va tezkorligiga iOS 14 qanchalik ta’sir ko‘rsatgan?

Blogerlar iOS 14 operatsion tizimining ayfon avtonomligiga qanchalik ta’sir etganini tekshirib ko‘rishdi. Buning uchun iPhone SE 2020 hamda iPhone 11 rusumli ikkita smartfon ustida tajriba o‘tkazib ko‘rishdi.

Arzon «avtonomlik monstri» – Galaxy M31s xususiyatlarini Geekbench fosh etdi

Galaxy M31s yakka yadroli sinovda 347 ball, barcha yadrolarini ishlatganida esa 1256 ballik natija ko‘rsatgan. Nufuzli TÜV Rheinland konserni sertifikatlaganiga qaraganda, uning taqdimoti yaqin.

12 GB «operativka»li Realme X3 taqdimot arafasida GeekBench’da kuchini ko‘rsatdi

Oppo korporatsiyasining arzonchi subbrendi 25 iyun kuni Realme X3 smartfonini namoyish qiladi. Aytish kerakki, u Android 11’gacha birinchi to‘lqindayoq yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxatiga ham kirgan.

Samsung ikkita arzon smartfonini taqdimotdan avval Geekbench’da sinab ko‘rdi

Ikkala smartfonni ham eng so‘nggi – Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etishadi. Bulardan ikkinchisi shu oydayoq rasman namoyish qilinib, 300 dollar atrofidagi narxda sotilishi aytilmoqda.

Galaxy Note 20 Ultra bo‘lmaydi, deyishgandi. Lekin u ilk bor internetga chiqdi!

Gadjet hali taqdim etilmagan Snapdragon 865+ chipiga, naq 16 GBgacha tezkor va 512 GBgacha ichki xotira bilan chiqadi. 6,9 dyuymlik, FullHD+ formatli ekranida kadr yangilanishi 120 gerslik chastotada.

OnePlus 8 turkumidagi eng arzon smartfon Geekbench’da: naq 12 GB «operativka»!

1,8 GGs.lik takt chastotasida ishlovchi Qualcomm protsessorli OnePlus 8 Lite old kamerasi 16 MPlik datchikka ega; 4000 mA/soatlik batareyasi esa 30 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

Huawei’ning «begona» protsessorli ilk smartfoni AnTuTu’da qo‘lga tushdi!

Kompaniya eng arzon 5G-smartfonini 6/128 GBlik xotira va Android 10 bilan ta’minlagan. Samaradorlik testida u 316 000 ballik natijaga erishgan – bu esa taxminan Snapdragon 765G darajasidagi ko‘rsatkich.

Asus ROG Phone 3 ham tayyor – uni Geekbench fosh etdi!

Wi-Fi Alliance saytida ham ROG Phone 3 paydo bo‘lgan: Asus I003DD tavsifiga ko‘ra, u Qualcomm QCA6390 chipsetiga ega, ikki polosali ulanishni hamda Wi-Fi Direct va Miracast standartlarini qo‘llaydi.

Taqdim etilmagan Redmi 9 modeli Xiaomi saytiga, Redmi 10X ikkalasi yana Geekbench’ga ham chiqdi!

Redmi 9 hali namoyish etilmay turib, «Xitoycha Apple» arzonchi brendning o‘ninchi avlod smartfonlarini ham tayyorlab ulgurgan. Redmi 10X 4G modelini ham allaqachon Geekbench’da tekshirib ko‘rishibdi!

Galaxy Note 20 ilk bor Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi!

Galaxy Note 20+ 5G fabletining Geekbench servisidagi tekshiruvi natijasini e’lon qilgan edik. Endi esa unda kutilayotgan Samsung planshetlarining standart modeli – Galaxy Note 20 ham imtihon topshiribdi.

Samsung Galaxy A21s Geekbench'da

Ma’lum bo‘lishicha, smartfon hali taqdim qilinmagan chipda ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш