Chrome brauzeri Windows 7'dan voz kechmoqda

Shuningdek, Windows 8.1 ham Google brauzeri bilan xayrlashadi.

Yetakchi veb-brauzerlarning yangi versiyasi internetni buzib qo‘yishi mumkin

Google Chrome va Mozilla Firefox veb-brauzerlarining 100 versiyasi ko‘plab veb-saytlarni ishdan chiqarishi ma’lum bo‘ldi.

Google Chrome sakkiz yil ichida birinchi marta piktogrammasi dizaynini o‘zgartirdi!

Yangi logotip yanada yorqin ranglarda va u barcha platformalarga alohida moslashtiriladi.

23 foizga tezlashgan Google Chrome endi kuniga 17 yillik protsessor umrini tejaydi!

Ushbu ilova 91-versiyaga yangilanganidan so‘ng naq 23 foizga tezlashgan. Bunga esa yangi – Sparkplug kompilyatori hamda qisqa ichki chaqiruvlar tufayli erishilgan.

Dunyo bo‘yicha qaysi brauzerlar eng ommabop? (2021 yil aprel)

StatCounter servisi butun dunyodagi kompyuter brauzerlari bo‘yicha 2021 yil aprel oyi hisobotini taqdim etdi. Shuningdek, unda brauzerlarning barcha tur gadjetlardagi ommabopligi reytingi ham ko‘rsatilgan.

Kutilmaganda mobil Chrome’da juda qulay bir funksiya paydo bo‘ldi!

Chrome mobil versiyasida avvalroq varaqalarni guruhlash funksiyasi ham joriy etilgan edi – unda guruhga birlashtirilgan varaqalarning barini birdaniga yopish mumkin. Endi esa...

Google Chrome’ning yashirin imkoniyatlarini birinchilar qatorida sinab ko‘rish osonlashdi!

Qidiruv giganti o‘zining Chrome dasturiga «Chrome Labs» nomli yangi opsiya qo‘shdi – uning yordamida brauzerning yashirin imkoniyatlarini sinab ko‘rish ancha osonlashgan.

Google Chrome tarixi va boshqa ma’lumotlarini tugmachalar birikmalari yordamida o‘chiramiz

Kompyuteringiz yoki noutbukingizdagi, iPhone yoki iPad’ingizdagi Chrome tarixini tozalash funksiyasini dastur menyusidan izlab o‘tirishga hafsalangiz yo‘qmi? Buning osongina yo‘li bor!

Chrome endi protsessor va akkumulyatorni tejaydigan bo‘ldi!

U endi varaqalarni tezkorroq ochadigan hamda protsessorning resurslarini kamroq sarflaydigan bo‘lgan. Natijada esa noutbuklarning akkumulyatori quvvatini tejashga, avtonomligini oshirishga erishiladi.

Google kompaniyasi Chrome brauzeridan va reklama biznesining bir qismidan ajralishi mumkin

Oktyabr oxiriga kelib, Adliya vazirligi Google’ga qarshi qidiruv natijalari ustidan nazorat, shu jumladan Android tizimida Chrome’ni targ‘ib qilish bilan bog‘liq monopoliyaga qarshi sudga murojaat qiladi.

iPhone va Android-smartfonlar uchun eng zo‘r brauzerlar («Roskachestvo» reytingi)

Har ikkala operatsion tizim uchun eng zo‘r brauzerlar uchligiga bittagina ilova kirgan. Lekin bu ommabop Google Chrome ham, Opera ham, hatto Firefox yoki Safari ham emas...

Smartfoningizga AnTuTu benchmarkini o‘rnatishingizga Google nega qarshi chiqyapti?

AnTuTu ilovasi mart oyida Google Play’dan olib tashlanganida, buni anglashilmovchilik, deb baholashgandi. Biroq vaziyat yanada chigallashdi – negadir Google ushbu benchmarkka qarshilikni oshirdi.

Google Chrome foydali funksiya bilan boyidi (+video)

Ushbu funksiya Windows hamda Android uchun taqdim etilgan Chrome brauzerining 80 va undan keyingi versiyalarida ishlaydi. Undan bahramand bo‘lish uchun brauzeringizning yangilanganligini tekshirib ko‘ring.

Siz kutgan yangilik: Chrome «og‘ir» reklamalarni bloklay boshladi!

Ayni damda bu cheklovlar doirasiga barcha e’lonlarning faqat 0,3 foizi tushadi. Lekin aynan shularga umumiy reklamalarga sarflanadigan trafikning 27 foizi va protsessor kuchining 28 foizi to‘g‘ri kelar ekan!

Chrome foydalanuvchilari yana xavf ostida!

Chrome 81 tarqatila boshlaganidan keyin bir necha kun o‘tib, uning kodida xavfli zaiflik mavjudligini Google tan oldi. Himoyadagi mazkur tirqish ovozni tanish funksiyasiga bog‘liq ekanligi aytilmoqda.

Chrome – eng «ochofat» brauzer, lekin siz uning «nafsini jilovlay» olasiz!

Google brauzeri kompyuteringiz yoki noutbukingizni «og‘irlashtirib» tashlashining oldini olishdagi ikkita samarali usul bilan tanishing. Ikkinchisi sizni hatto og‘ir reklamalardan ham qutqaradi.

Brauzerlar reytingida kutilmagan o‘zgarish yuz berdi!

NetMarketShare resursi 2020 yilning mart oyi yakuni holatida dunyo bo‘yicha turli brauzerlardan foydalanish borasidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.

Maxfiylik bo‘yicha eng kuchli va eng yomon brauzerlar reytingi

Deyarli barcha brauzerlar foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi, ammo ayrimlari bu borada faolroq bo‘lib, ko‘proq joylarga jo‘natadi...

Google Chrome’da jonga teguvchi bildirishnomalarni butkul o‘chirib qo‘yamiz

Biror saytga kirishingiz bilan darhol uning yangiliklariga obuna bo‘lib turishni tavsiya etuvchi bildirishnoma chiqaverib bezor qilib yuboradi, to‘g‘rimi? Endi shundan birato‘la qutulishingiz mumkin!

Google Chrome’dagi beshta maxfiy imkoniyatni faollashtiramiz

Ushbu brauzerning yashirin imkoniyatlari ham bor va ular eksperimental funksiyalar deyiladi. Bugun shulardan beshtasining imkoniyatlarini hamda ularni faollashtirishni ko‘rib chiqamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш