Android-smartfondagi Chrome’ni doimo «Inkognito» rejimida ishlaydigan qilamiz

Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usullari haqida batafsil ma’lumot berganmiz. Lekin Google Chrome brauzerini hamisha «Inkognito» rejimida ochiladigan qilish ham mumkin.

Google surat qidiruvi o‘zgarib qolgan – uni avvalgi holiga qaytaramiz

Qidiruv giganti rasmlar izlash xizmatining dizayniga yaqinda o‘zgarish kiritgan. Agarda bunaqa ko‘rinishi sizga ma’qul kelmayotgan, ko‘nikish qiyinroq bo‘lsa, oldingi holiga qaytarish yo‘li bor.

Google va Mozilla vs. Qozog‘iston

Google va Mozilla Qozog‘iston hukumatining internet trafik o‘tkazilishiga aralashishini to‘xtatishga kirishdi.

YouTube interfeysidan ortiqcha narsalarni olib tashlaymiz – resurs, vaqt va megabayt tejaladi!

Mazkur plagin ko‘plab elementlarni bloklashi evaziga, sahifaning yuklanishi ham tezlashadi, yana ularga sarflanadigan kompyuter resurslari va megabayt ham (demak – mablag‘lar ham!) tejaladi.

Google Chrome’ni sahifalarni bir zumdayoq ochishga majburlaymiz

Siz kursorni biror havola ustiga olib borsangiz, kengaytma o‘sha sahifani brauzer keshiga yuklay boshlaydi. Shu sababli, havola ustiga bosishingiz bilan veb-sahifa darhol ochiladi.

Google’ning saxiyligi tutdi: Chrome xatosini topib, 150 ming dollargacha mukofot oling!

Kompaniya topilgan nuqsonlar uchun rag‘batlantiruvchi dasturi bo‘yicha 2010 yildan buyon sakkiz yarim mingdan ziyod maktub olgan va ular uchun jami besh million AQSh dollaridan oshiq mukofot puli to‘lagan.

Chrome’da uzoq kutilgan funksiya ishga tushdi, uni qanday yoqamiz?

Afsuski, Windows uchun chiqarilgan Chrome’da tungi rejimni yoqish unchalik oson emas, shu bois ham uni qanday faollashtirishni qadam-baqadam ko‘rib chiqamiz.

Google Chrome’ga endi qo‘shiladigan reklamasiz mutolaa rejimini hoziroq sinab ko‘rish mumkin!

Yangi funksiya veb-vahifadagi reklama, izohlar va boshqa chalg‘ituvchi elementlarni yashiradi. Foydalanuvchi bunda faqat eng kerakli ma’lumotlar: sarlavhalar, maqola matni va undagi suratlarnigina ko‘radi.

Internetingizni 98 foizgacha tejovchi Google Chrome’ning tezkor yangi versiyasini hoziroq sinab ko‘ring!

Chrome 75 may oyida Windows, Mac, Linux, Chrome OS hamda Android uchun rasman taqdim etiladi. Ammo o‘ta qiziquvchilar uning eksperimental – Canary talqinini hoziroq sinab ko‘rishlari mumkin.

Chrome xavfli ekan, Google uni tezda yangilashingizni tavsiya etyapti!

Ushbu zaiflik Chrome’ning barcha platformalar: Android, iOS, macOS, Linux va Windows uchun ishlab chiqilgan dasturlarida mavjudligi ta’kidlanmoqda.

Google Chrome endi parolingiz o‘g‘irlanganligini tekshirib beradi

Password Checkup kengaytmasi parollarning o‘g‘irlanganlar ro‘yxatida bor-yo‘qligini tekshiradi. Bunda barcha ma’lumotlar shifrlanadi va hatto kompaniyaning o‘zi ham ularni ko‘ra olmaydi.

Google Chrome firibgar saytlarga qarshi urush ochdi: undan qanday foydalanamiz?

«Egizak» sayt degani, masalan – google.com o‘rniga go0gle.com nomli qalbaki saytlardir. Bu soxta saytlarni ochgan firibgarlar esa ularga kirganlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashadi.

Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!

Ushbu jihoz faqat Chrome brauzerining ishlashiga xalaqit berayotgan kengaytmalar va jarayonlarnigina izlaydi, ya’ni u to‘laqonli antivirus emas. Lekin ko‘pgina hollarda undan foydalanish mumkin.

40 dollargacha qilib belgilandi: Android-smartfonlar uchun Google ilovalar paketi narxi

Bundan avval Yevrokomissiyaning talabi bilan Google smartfon va planshet ishlab chiqaruvchilardan Android’da o‘zlarining ilovasi va servislarini qayta o‘rnatgani uchun haq olishni boshlagani haqida xabar berilgandi.

Google Chrome 70 brauzeri: asosiy e’tibor xavfsizlikka qaratildi

Google brauzerning yangi Chrome 70 versiyasini taqdim etdi. Uning asosiy yangiligi xavfsizlikning kuchaytirilgani va eski xatolarni to‘g‘rilagani bo‘ldi.

O‘yinlarni endi kompyuterga ham o‘rnatmasdan, brauzerning o‘zidanoq o‘ynaysiz! (+video)

Google kompaniyasi o‘yinlar uchun o‘z striming servisini taqdim etyapti. Bu – yaqin orada eng kuchli o‘yinlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chrome brauzerining o‘zidanoq ishga tushirish mumkin bo‘ladi

Mobil Chrome’da reklamalardan qutulishning oddiygina yo‘li bor!

Reklamalardan siz ham bezorsiz, ammo ko‘pchilik saytlar shu bilan tirikchilik qilgani bois, sahifalarida ularni joylayveradi. Reklamalardan turli maxsus yo‘llar orqaligina xalos bo‘lish mumkin.

Nohalol kurash: Microsoft ochiqchasiga Google Chrome’ga qarshi chiqa boshladi

Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimiga kutilmagan bitta yangilik kiritdi. Endi foydalanuvchi kompyuteriga Google Chrome brauzerini o‘rnatishga harakat qilsa, tizim uni bu fikridan qaytarishga urinadi.

Har qanday saytni «tungi rejim»ga o‘tkazuvchi kengaytma ko‘zingiz nurini asraydi

Deluminate sozlamalarini barcha saytlar uchun ham, muayyan bir sayt uchun ham qo‘llashingiz mumkin. Istasangiz, har bir sayt uchun alohida ranglar sxemasini yaratish imkoni ham mavjud.

Google Chrome’ni muhim bir funksiyasidan mahrum etishyapti!

Chrome brauzerining 69-talqinidan boshlab, unda HTTPS-saytlar «Himoyalangan» tarzida belgilanmaydigan bo‘ladi. 70-versiyadagi Chrome esa aksincha – xavfsiz bo‘lmagan saytlar haqida ogohlantiradigan bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш