Rossiyada o'q o'tmas iPhone chiqarildi

Smartfon, hatto, to'g'ridan to'g'ri otilgan Kalashnikov o'qiga ham chidamli qilib yaratilgan.

Wylsacom allaqachon Galaxy Z Fold 3’ni mentolli Coca-Cola’ga solib sinab ko‘rdi («jonli» video)

Samsung’ning yangi buklamafoni bilan birga, Valentin kolali stakanga o‘zining suvdan himoyali iPhone’ini ham solib sinab ko‘rgan.

VIDEO: Nokia’ning ilk «o‘lmas» smartfonini «ichak-chovog‘ini ag‘darib» ko‘rsatishdi

HMD Global o‘tgan oyda mustahkam muhofazali birinchi smartfoni – Nokia XR20 rusumli qurilmasini taqdim etgan edi. U naq Android 14 talqinigacha yangilanishi bilan ham e’tiborga tushgan. Endi esa...

Nokia naq Android 14’gacha yangilanuvchi «o‘lmas» 5G-smartfon chiqardi!

Nokia XR20 smartfonining texnik xususiyatlari o‘rtacha, ammo u beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. HMD Global buning uchun uni Qualcomm Snapdragon 480 5G protsessori bazasida tayyorlagan.

Ulefone Power Armor 13 – rekord akkumulyatorli «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon! (+video)

Batareyasidan tashqari, Power Armor 13 modelining korpusi ham baquvvat: IP69K sertifikatidan tashqari, uni AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra ham himoyalashgan.

Harbiy himoya va NFC modulli «o‘lmas» smartfon atigi 170 dollardan sotuvga chiqdi (video)

Korpusi IP69K darajasida va AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra himoyalangan smartfon suv, chang va zarbaga chidamli. U na qattiq yerga tushib ketishdan, na suv, na muz va na loydan qo‘rqmaydi.

Samsung yangi «o‘lmas» smartfonini sertifikatladi, lekin...

Galaxy XCover 5 suratini Evan Blass e’lon qildi. Bluetooth SIG ma’lumotlar bazasidagi qaydlarga ko‘ra, uning oddiy va ikkita SIM-kartali versiyalari bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik kutayotgan jihat unda yo‘q!

Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

Ulefone Armor 11 5G modeli Dimensity 800 5G chipi asosida tayyorlangan bo‘lib, korpusi IP68/IP69K standartlaridagi himoyadan tashqari, AQShning harbiy MIL-STD-810G standarti talablariga ham javob beradi.

Pentakamera va «tungi nigoh»li, «o‘ldirib bo‘lmas» ilk 5G-smartfon chiqdi! (+video)

Armor 11 5G smartfoni NFC chipi bilan jihozlangan; korpusi IP68/IP69K standartlaridagi himoyadan tashqari, AQShning harbiy MIL-STD-810G standarti talablariga ham javob beradi.

200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Blackview BV6600 korpusi AQShning MIL-STD-810G harbiy standarti, shuningdek, IP69K darajasidagi himoyaga ham ega. Kutish rejimida uning avtonomligi salkam 800 soatga (ya’ni – 33 kunga!) boradi.

OUKITEL F150 chiqdi: 8000 mAs batareyali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon – atigi 110 dollar! (+video)

Bu gadjet sozlanuvchi tugmacha va NFC moduli bilan jihozlangan, daktiloskopi esa korpusning yon qirrasiga o‘rnatilgan. Zarbaga chidamli plastik korpusi IP68/69K standartiga ko‘ra suvdan ham himoyalangan.

Quvvati 32 kunga yetuvchi, kvadrokamerali va «o‘ldirib bo‘lmas» bu smartfonni tekinga ham olish mumkin!

Naq 10 050 mA/soatlik batareyaga ega Doogee S59 Pro smartfonini Aliexpress orqali 199 dollarga olish mumkin, lekin kompaniyaning rasmiy saytida undan uchtasi yutuqli o‘yinga ham qo‘yilgan.

Samsung birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfonini tayyorladi

Galaxy Xcover 5 o‘rta narx toifasiga mansub bo‘ladi; Samsung uning uchun o‘zining Exynos 880 protsessorini yoki amerikalik chipsozning Snapdragon 765 yoxud Snapdragon 690 chipsetini tanlashi kutilmoqda.

Korpusi kuchli himoyalangan Galaxy Tab Active 3 plansheti taqdim qilindi

Galaxy Tab Active 3 korpusi MIL-STD-810H harbiy standartiga ko‘ra zarbadan muhofaza etilgan. Yana u IP68 standartidagi himoyaga ham ega, ya’ni 1,5 metrgacha suv tubida yarim soatgacha «jon saqlay» oladi.

Atigi 130 dollarga batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqdi! (+video)

Oukitel WP5 Pro smartfonining korpusi AQShning harbiy standarti – MIL-STD-810G talablariga javob bera oladi. Shuningdek, u IP69K darajasida ham himoyaga ega.

Samsung «o‘ldirib bo‘lmas» Galaxy S20 taqdim etdi, lekin uni hech kim sotib ololmaydi! (+video)

Galaxy S20 Tactical Edition maxsus g‘ilof va dasturiy ta’minot, ikki bosqichli shifrlash va «josus» rejimiga ega. U qadoqdanoq harbiy taktik radioaloqaga va missiyalarni boshqarish tizimlariga ulana oladi.

LG atigi 150 dollarga uchtalik kamerali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqardi! (+«jonli» video)

Smartfon MIL-STD-810G harbiy standartiga ega, ya’ni nafaqat suv va changdan, balki zarbalardan ham himoyalangan. Uning 4000 mA/soatlik akkumulyatori zamonaviy USB Type-C porti orqali quvvatlanadi.

Xiaomi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon tayyorlabdi: Comet ilk «jonli» rasmlarda!

Korpusi IP68 standartiga ko‘ra suvdan muhofaza etilgan «Kometa» texnik xususiyatlari haqida ko‘plab «jonli» fotosuratlar va ishonchli insayderlar ma’lumotlar bermoqda.

Samsung yangi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon taqdim etdi

Ekstremal sharoitlarda uzoq muddatli ishlatishga mo‘ljallangan Galaxy Xcover Pro ham AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga mos keladi. Shuningdek, u IP68 standartiga ko‘ra suv va changdan ham himoyalangan.

Birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfon eng kuchli protsessorga ham ega!

Himoyalangan telefonlar ishlab chiqaruvchi Ulefone kompaniyasi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfonlar taqdim eta boshlaydi. Ulardan birinchisi MediaTek Dimensity 1000 chipsetiga ega bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш