Egasini rozi qilgan o‘nta smartfon (Antutu reytingi, 2021 yil iyun)

Ro‘yxatda asosan turli kompaniyalarning bulturgi smartfonlari aks etgan. Bu yilgi modellar orasidan ikkitasi esa hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgandik.

Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Ushbu reyting benchmark foydalanuvchilarining o‘z smartfonlari haqida 2021 yil mart oyida bildirgan munosabatlariga asoslangan. Ro‘yxatga faqatgina kamtar bir xitoy kompaniyasidan naq uchta model kirgan.

AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Qizig‘i shundaki, dunyo bo‘yicha yetakchi smartfonsozning eng so‘nggi va eng zo‘r flagmani bu reytingda atigi to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan!

Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Qudratli flagmanlar o‘ntaligiga umuman kirmagan ushbu Xitoy smartfoni mazkur reytingda Samsung va Huawei kabi yetakchi smartfonsozlarning eng zo‘r flagmanlarini ham ortda qoldirib, g‘olib bo‘lgan!

iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Kir yuvish mashinasida «ishlov berilgani»da, birining ekranidagi himoya shishasi biroz darz ketibdi, ikkinchisiga esa umuman shikast yetmabdi! Lekin sizlarga bunaqa usulda sinab ko‘rishni tavsiya etmaymiz...

Huawei flagmanidan olganlarga iPhone 12 sovg‘a qilishyapti!

Aksiya doirasida 26 noyabr kuni tezkor/ichki xotirasi 8/128 GBlik Huawei Mate 40 Pro sotib olganlarga tasodifiy rangdagi, 64 GBlik doimiy xotiraga ega bo‘lgan iPhone 12 sovg‘a tarzida beriladi.

Bryus Li «birinchi raqamli Android-smartfon»ni e’lon qildi

Har kim o‘z didiga, talab va ehtiyojlariga qarab biror modeldagi flagmanni eng zo‘r smartfon, deyishi mumkin. Lekin biror kompaniyaning smartfonini eng zo‘ri, deya aynan shu kompaniya maqtasa – g‘alati holat.

8 soniyada 15 mln dollar – Huawei Mate 40 yutug‘i dronlar yordamida tarixga muhrlandi

JD maydonchasi orqali bu smartfonlar 11 soniya ichidayoq sotib tugatilgan. Ammo sakkizinchi soniyadayoq «buxgalter rekordi» o‘rnatilgan – bu vaqt ichida Mate 40 flagmani 15 million dollarlik sotilgan.

Yangi fotoflagmanlar – Huawei Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ bilan tanishing!

Huawei bu flagmanlarining fotoimkoniyatlariga katta e’tibor qaratgan va bu borada Leica bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Huawei Mate 40 namoyish qilindi – narx va xususiyatlari

AQSh tomonidan qo‘llanayotgan sanksiyalar va taqiqlarga qaramasdan, Huawei kompaniyasi Mate 40 turkumidagi smartfonlarini taqdim etdi. Ular bilan tanishuvni bazaviy – Huawei Mate 40 modelidan boshlaymiz.

Rasmiy video: Huawei Mate 40 teginmasdan boshqariladi!

Masalan, selfi-kamera orqali ishoralar yordamida yangrayotgan qo‘shiq yoki roliklarni o‘tkazish, skrinshotlar olish mumkin bo‘ladi.

Hali chiqmagan iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 Pro flagmanlarini ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Huawei Mate 40 turkumida ham to‘rtta rusumda smartfon chiqadi va ular 15 oktyabrda namoyish qilinadi.

Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Harmony OS tizimidan tashqari, asosiy o‘ziga xosligi – old kamera uchun ekranda kemtik yoki tirqish yo‘q. Faqat displeyning yuqori qismi o‘rtasida bitta kvadrat, ikkita doiracha shakli sal-pal ko‘zga tashlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш